Ko‟rgazmali-amaliy san‟at. Bu san‘at turiga turli materiallardan turmushda foydalanish maqsadida
yaratilgan, lekin bir paytning o‘zida estetik ehtiyojni ham qondiradigan, go‘zallik ruhini ufurib turadigan, bezaklilik
xususiyatiga ega narsalar dunyosi kiradi. Narsalar dunyosi deyishimizning sababi shundaki, ko‘rgazmali-amaliy
san‘at mohir zargar ishlagan jajji uzukdan tortib, Xiva gilami-yu, ulkan devoriy rasmlar – pannolargacha xilma-xil
hajm va shakllarda kompozistiya, ritm, ranginlik orqali in‘ikos etgan go‘zallikni o‘z ichiga oladi.
Bu san‘at turining ko‘rinishlari shu qadar xilma-xilki, ularni sanab chiqishning o‘zi juda ko‘p vaqtni oladi.
Ayni paytda bu ko‘rinishlar aslo bir-birining o‘rnini bosolmaydi, bir-birini takrorlaydi ham.
Ko‘rgazmali-amaliy san‘at qadimdan, mehnat qurollari, hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan
kundalik turmush ehtiyoji uchun qo‘llaniladigan ash‘yolarni bezash, me‘morlik inshootlarini turli naqshlar va
koshinlar vositasida go‘zallashtirish orqali estetik telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san‘at turida
hunarmandchilikning san‘atga aylanishi ro‘y beradi. M., aytib o‘tganimizdek, XVIII-XIX asrlardagi Buxoro-Qo‘qon
uslubida naqshlangan go‘zal mis qumg‘onlar dastlab faqat o‘zining muayyan maqsadga xizmat qilishi bilan diqqatga
sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san‘at namunasi, misgar ustaning san‘atkorlik mahorati
tajassum topgan ma‘naviy qadriyat tarzida idrok etiladi. Yoki yog‘och o‘ymakorligini olaylik, uni biz hozirgi paytda
hunar emas, san‘at mahsuli tarzida qabul qilamiz.
Ko‘rgazmali-amaliy san‘at turi deganda, yuqorida atganimizdek, biz faqat xalq amaliy san‘atini
tushunmasligimiz kerak. Qadimlardan bizgacha etib kelgan devoriy rasmlarni ham unutmasligimiz lozim.
Xalchayon, Fayoztepa, Bolalik tepa, Afrosiyobdan topilgan devoriy tasviriy san‘at namunalari o‘zining
monumentalligi bilan hanuzgacha kishini hayratga soladi. Ana shunday an‘anaviy san‘at namunalarini hozir
zamonaviy binolarga tatbiq etish yaxshi natijalar berayotgani bizga ma‘lum. M.,CHingiz Ahmarovning Navoiy
teatri foyesi devorlariga ishlagan, B.Jalolovning «Bahor» konstert zali devorlariga ishlagan monumental ponnolari
shunday go‘zal va ulug‘vor san‘at asarlaridir.
Shunday qilib, bu qadimiy va doimo navqiron san‘at turi atrofimizda, shaharsozlikda, oilaviy muhitimizda
gulzoru manzaralar, gulchin peshtoqlar, o‘ymakor ustunlar, devoriy rasmlar, me‘moriy releflar, uzuklaru sirg‘alar
197
Qarang: Zоhidоv P. Mе‘mоr оlami. T., Qоmus, 1996, 128 b.
v.h. shaklida namoyon bo‘lib, o‘zining xilma-xil estetik ko‘rinishlari bilan kundalik hayotimizni go‘zallashtirishga,
badiiy-estetik didimizning yuksalishiga hissa qo‘shib turadi.
H aykaltaroshlik. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o‘z maqeini
yo‘qotmay kelayotgan san‘at turlaridan biri. Haykaltaroshlik materiali bo‘lib, yumshoq (ganch) va qattiq (tosh,
yog‘och) substrat xizmat qiladi. Lekin haykalning tayyor holatida yumshoq materiallarning ham qattiqlashganini
ko‘ramiz. M., ganch, eritilgan mis, brinj avval suyuq (yumshoq holida bo‘lib, zarur qoliplarga) solgandan keyin
qattiqlashadi.
Bu san‘atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san‘at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng
muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde‘dodni talab qiladi. Zero o‘sha tanlangan
oniy harakt bizga avvalgi haraktlar haqida estetik tasavvur beradi va bo‘lajak harakatlarga ishora qiladi. Shu uch –
(o‘tgan, hozirgi, kelasi) zamondagi harakat ifodasi joy, nur va soyaning o‘rin almashishi bilan o‘zgaradi, ya‘ni
haykal ma‘lum ma‘noda o‘zgacha tovlanish kasb etadi. Boshqacha qilib aytganda, haykal nur va soya o‘yini bilan
idrok etuvchini maftun qiladi. Unda estetik hissiyot uyg‘otadi.
Haykaltaroshlik monumental san‘at deyiladi. Chunki ko‘pincha u katta hajmli haykallar yoki majmularni o‘z
ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos bo‘lgan holda muayyan yuzalikda shakllar
uyg‘unligini tashkil etadigan ko‘rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni
egallagan va har hil rakkursda tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi. Unga qadimgi Yunonistonning Rodost
oralidan chiqqan san‘atkorlar Agesandr, Atenador va Polidor yaratgan mashhur «Lokon» haykallar majmui misol
bo‘la oladi. Ikkinchi hil haykaltaroshlik releflarda, peshtoqlar va devorlarni bezab turuvchi bo‘rtma shakllarda,
asosan me‘morlik san‘atiga singishib ketgan holda namoyon bo‘ladi. Masalan, buddhachilik davriga oid «Ayritom
musiqachilari» deb shartli nomlanadigan bo‘rtma haykallar guruhi shular jumlasidan.
Haykaltaroshlik hayvonlarni, o‘simliklarni ham tas‘virlaydi. Lekin uning asosiy mazmuni – inson va uning
ruhiyati. Haykaltarosh, sumba, iskana, qolib yoki lo‘mboz vositasida bizga toshdagi, yog‘ochdagi, (bironza) birinch
yoki ganchdagi inson qiyofasini taqdim etadi. Badiiy qiyofa qanchalik jonli chiqsa, uni turli nuqtadan tomosha qilish
imkoni qancha keng bo‘lsa, o‘sha asar haqiqiy san‘at namunasi deb qabul qilinadi. Haykallar san‘at asari sifatida
bir-birini takrorlamasligi kerak. Shu bois sho‘rolar davrida bir qolipda quyilgan, har bir maydonga, guzarlarga,
davlat idoralari oldiga o‘rnatilgan ulug‘ rahbarning qiyofasi, bir qolipda quyilgan «dohiylar» haykallari hech qachon
san‘at asari bo‘lolmaydi.
Ko‘pgina san‘at turlarida bo‘lganidek, haykaltaroshlik ham deyarli barcha estetik xususiyatlarni namoyon
etadi. M., poytaxtdagi Motamsaro Ona haykali fojeaviylikni, D.Qutimurodov yog‘ochdan ishlagan «Qoraqalpoq
qizi» go‘zallikni, Toshkent zilzilasiga bag‘ishlangan me‘morial – ulug‘vorlikni o‘zida in‘ikos ettiradi.
Baxshilik san‟ati. Odatda baxshilikni estetikada sa‘nat turiga kiritish qabul qilinmagan va xalq og‘zaki
adabiy ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida ―bunday kamsitish‖ning sababi o‘zbek
estetikasida shu paytgacha Yevropaga, to‘g‘rirog‘i, ruslarga taqlidning nihoyatda kuchli bo‘lganida. SHunday qilib,
biz uni to‘laqonli san‘at turi deb bilamiz va buni isbotlashga harakat qilamiz.
Baxshilik san‘ati asosan Sharq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan bog‘liq,
sanskritchadagi ―bhikshu‖ (qalandar, darvesh) so‘ziga borib taqaladi. Keyinchalik,‖baxshi‖, ―baxsha‖, ―baxshi‖, va
boshqa shakllarda Sharq xalqlarining ko‘pchiligida ustoz, ma‘rifatchi degan ma‘nolarda qo‘llanilgan. G‘arbda uni
faqat qadimgi yunonlar madaniyatida ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi Hindiston ta‘sirida bo‘lsa kerak, baxshilar
ularda dastlab,‖aedlar‖(qo‘shiqchilar), keyinroq ―rapsodlar‖(qo‘shiq to‘quvchilar) deb atalgan, ular ―Iliada‖,
―Odessiya‖ kabi yirik epik dostonlarni torli soz jo‘rligida kuylaganlar.
Bizda baxshilik san‘ati qadimdan mashhur bo‘lib kelgan. Ilmiy farazlarga ko‘ra (V.Jarmunskiy, H.Zarif
v.b.), ―Alpomish‖ dostonining idlizlari Homer eposlari bilan tutashib ketgani qayd etiladi. ―Alpomish‖ ham, boshqa
alohida dostonlar ham, dostonlar turkumlari ham mintaqamizda, do‘mbira, qo‘biz va dutor jo‘rligida kuylanadi.
Baxshi, xalq dostonlarini yodda saqlovchi, meyoriga etkazib kuylovchi, ularning o‘ziga xos variantlarini,
versiyalarini yaratuvchi san‘atkor. U, bir tomondan, shoirlik iste‘dodiga ega bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan,
mahorat bilan kuylay bilishi, ―Xudo bergan ovozga‖ ega bo‘lishi lozim.
Baxshilik san‘ati ibtidodan bizda sof og‘zaki ijod bo‘lib kelgan, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab,
baxshilar madrasalarda tahsil ko‘rib, ba‘zi asarlarini yozma holda ham qoldirganlar. Lekin, asosan folklorshunoslar
tomonidan dostonlar va termalar yozib olingan, hozir ham bu an‘ana ma‘lum ma‘noda davom etmoqda. Shuningdek,
bu san‘atning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, unda ustoz – shogirdlik an‘anasi qat‘iy tarzda o‘rnatilgan, doimo
shunga amal qilib kelinadi. Natijada biz baxshilik san‘atining bir necha o‘ziga xos maktablariga egamiz.
M.Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi, Bulung‘ur dostonchilik maktabi, Xorazm maktabi shular jumlasidan. O‘zbek
baxshilik san‘atida ikki yo‘l bilan dostonlar kuylanadi. Biri – Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand yo‘li, unda
doston yo terma do‘mbira jo‘rligida, ichki g‘arg‘ara ovoz bilan, ikkinchisi – Xorazm yo‘li, unda oddiy, ochiq ovoz
orqali ijro etiladi. Baxshilik san‘atining Ergash Jumanbulbul, o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir kabi ulug‘
namoyandalari xalq dostonchiligi namunalarini yaratganlar. Ular an‘anaviy syujet asosida o‘ziga xos go‘zal asarlar
ijod etdilar.
Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik ko‘p hollarda mubolag‘aga va alliterastiyaga asoslanadi, natijada
badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo‘‘jizaviylashtirilgan tarzda gavdalan-tiriladi. Masalan, ―Go‘ro‘g‘li‖ turkumi
dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko‘lbar bir to‘yning oshini eb to‘ymaydi, murtining ichiga kalamushlar in
qurib tashlagan v.h. YOki Amin baxshining o‘zbek bahodirlariga chaqiriqday yangraydigan mana bu mubolag‘a
satrlarini olaylik:
Ariq tubinda indiz,
Daryo tubinda Qunduz,
Tog‘larni osmonga oting,
Tutday to‘kilsin yulduz
.
Dostonlarda ot ham asosiy qahramonlardan biri. ―Alpomish‖da Boychibor, ―Go‘ro‘g‘li‖ turkumi dostonlarida
G‘irot xuddi odamlarday tasvirlanadi. Ayni paytda ularning uchqurligi favqulodda va rang-barang o‘xshatishlar
vositasida ta‘riflanadi. Masalan, G‘irot ―qulog‘ini qalam, dumini alam qilib‖ elib boradi. Ya‘ni G‘irot –muqaddas ot,
uning qulog‘i insoniyat uchun muqaddas bo‘lgan, uchi uchlangan adl qamish qalamga, dumi qadimiy popukli
muqaddas bayroqqa o‘xshatiladi. Dostonlarda turli badiiy vositalarning qo‘llanishi, baxshining ovozi va
do‘mbiraning ohanglari uyg‘unlashib ketadi. Natijada uchqur otning yo‘l bosishini tinglovchi nihoyatda yaqqol
tarzda idrok etadi. Ergash Jumanbulbul kuylagan ―Ravshan‖ dostonidagi mana bu parchaga e‘tibor qiling:
Qulon yurmas erlardan
Quvib o‘tib boradi.
Bulon yurmas erlardan
Buvib o‘tib boradi.
Qarsoq yurmas erlardan
Qalqib o‘tib boradi.
Bo‘ri yurmas erlardan
Bo‘zlab ketib boradi...
198
Bu tasvirdagi alliterastiyalar (ohangdosh tovushlar) soz va ovoz vositasida ot bilan yaxlitlashib ketgan
chavondoz qiyofasi haqida tasavvur beradi.
Baxshilik san‘atida nasr, nazm shakllari, barmoq vaznining turli ko‘rinishlari o‘z aksini topadi. Ular
go‘zallik, ulg‘vorlik, mo‘‘jizaviylik, kulgililik kabi estetik xususiyatlarning yanada bo‘rtib ko‘zga tashlanishini
ta‘minlaydi. Ayni paytda bu san‘at turi maqol, matal va hikmatlarga boyligi bilan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan ―Alpomish‖ dostonidagi Boysari tilidan aytilgan mana bu satrlarni haqiqiy
hikmat namunasi desak Yanglishmaymiz: Davlat ko‘nsa bir chibining boshiga,
Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga
199
Baxshilik so‘z va ijro san‘atining uyg‘unligi sifatida hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. XIX-XX
asrlarda ustoz borliqlarining an‘analarini davom ettirgan va davom ettirayotgan ulkan san‘atkorlar etishib chiqdi.
Xorazmlik Bola baxshi, qashqadaryolik Qodir baxshi, surxandaryolik SHoberdi baxshilar shular jumlasidan.
Rassomlik san‟ati. Bu san‘at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh
asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov hayvonlari va inson tasviri
berilgan. Keyinchalik tasvirda tabiat ko‘rinishlari ham aks ettira boshlangan. Dastlab ular bir yo‘lda – rangli va oq-
qora rang tasvir sifatida Sharqda (Xitoy, Hindiston, musulmon mintaqasida) xattotlik, kitobat bezagi sifatida
taraqqiy topgan, biz ularni hozirgi zamon tili bilan minatyuralar deb ataymiz. Minatyuralar odatda rangli bo‘lgan va
ko‘pincha tabiat (daraxtlar, cho‘llar, butoqlar) fanidagi inson, qushlar, xayvonlar tasvirini o‘z ichiga olgan holda
kitobdagi mazmunning bir qismini ifodalagan, boshqacha qilib aytganda, bosma texnikasi qo‘llanila boshlangunga
qadar ular grafika – kitobiy rasmlar vazifasini bajargan.
Rassomlik san‘atining yana bir ko‘rinishi qadimda saroy devorlariga ishlangan katta hajmli rangli tasvirlar
bilan bog‘liq. Ularni hozirgi davr pannolarining ibtidosi deyish mumkin. M., Afrosiyobdagi to‘y marosimini aks
ettirgan yoki Varaxshadagi hayvonlar bilan olishayotgan bahodirning tasvirlari (VII-VIII asrlar) shular jumlasidan.
Keyingi paytlarda bosma texnikasining vujudga kelishi va san‘at turlarining taraqqiy topib borishi
natijasida rassomlik uch turga bo‘lindi: devoriy rasmlar (ko‘rgazmali-amaliy san‘at), rangtasvir va grafika – kitob
bezash san‘ati. Ko‘rgazmali-amaliy san‘at turini ko‘rib o‘tganimiz uchun rangtasviri to‘xtalamiz.
Rangtasvir voqelikning san‘atkor tanlagan nuqtayi nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar vositasida muayyan
tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, bo‘yoq tanlashdagi mahorati, nur va
soyalar o‘yini Yangicha kompozistion yondashuv kabi san‘atkor iste‘dodini belgilaydigan jihatlar muhim
ahamiyatga ega. Aynan ana shular tufayli rassom tabiat, jamiyat, shaxs hayotidagi voqea-hodisalarning
takrorlanmas serjilo manzaralarini bizga etkazib beradi, voqelikdagi estetik xususiyatlarni rang vositasida
tasvirlaydi. Rassom bularning hammasini faqat rasm yo‘li bilangina emas, balki rasmga o‘xshash lekin aslida rasm
bo‘lmagan havo, nur, tuman v.h. singari asarning estetik ruhini belgilab beradigan chiziq tasvirlar vositasida in‘ikos
ettiradi. Buning yorqin misoli sifatida iste‘dodli o‘zbek rassomi V. Oxunovning ―Tashlandiq odam‖asarini
ko‘rastish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo‘yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan
kunda bir olam, bosh o‘zi bir olam. Diqqat bilan kuzastangiz, qaysi rankkursdan qaramang, kundaga qo‘yilgan
olamni ko‘rasiz va ekzitenstiyachilar ta‘biri yodingizga tushadi, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan olamdagi tashlandiq
odam. Tasvirning nochiziqligi, ranglarning kontrastlikka asoslangan tarzda qorishuvi, ko‘zi yumilgan bosh va
Bulbul tarоnalari. 5-tоmlik, 5-tоm. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1973, 110-b.
198
Bulbul tarоnalari. 2-tоm, 534 b.
199
Alpоmish. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1979 y., 13-b.
hilpirashini hohlagan, lekin hilpirashga majoli yo‘q sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojeaviylik
ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz, seskanganingizni ham, ho‘rsinganingizni ham sezmay qolasiz.
200
Biz zamonaviy rangtasvir haqida mulohaza yuritdik. Mumtoz rangtasvir namunalarini esa muzeylarda ko‘p
uchratgansiz. Rembrand, Rubens, Rafael, Botichelli, Bryullov, Surikov, Levitan, Tansiqboev, Ahmedov, Choriyev
va boshqa ulug‘ rassomlar asarlari shular jumlasidan.
Rassomlik san‘atining yana bir ko‘rinishi bu grafikadir – ham rasm, ham bosma badiiy asa. M., taniqli
rassomimiz M.Reyx tomonidan V. Yanning ―Chingizxon‖ romaniga ishlangan rasmlari, mashhur rus haykaltaroshi
va rassomi V.Favorskiyning Robert Byorns asarlariga yog‘ochdan o‘yib ishlagan gravyuralari har ikkisi grafik
asarlaridir. Grafika rangtasvirga yaqin, lekin ayni paytda qat‘iy chiziqlilik xususiyati egaligi va rangga ko‘ra
voqelikning muayyan tasvirini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ayni paytda u doimo rangtasvirdagi asarlarga
nisbatan hajman kichik bo‘ladi. Chunki grafika eng avvalo kitobda nashr etishi uchun mo‘ljallanadi. SHu bois
undagi rangtasvir unsurlari bosma texnikasiga moslangan bo‘ladi. O‘zbek rassomlari grafikaning nihoyatda go‘zal
namunalarini yaratganlar. CH.Ahmarovning ―Ravshan‖ dostoniga, V. Kaydalovning o‘zbek xalq dostonlariga,
I.Ikromovning Navoiy va Pushkin asarlari muqovalariga ishlagan rasm hamda bezaklari shular jumlasidan.
Rassomlik san‘atida qadimgi minatyura yana tiklanganligini ham ko‘rish mumkin. Bunga iste‘dodli grafik
rassom T. Muhamedovning o‘zbek halq ertaklariga ishlangan rasmlari, Sh.Muxammadjonovning ‖Mahmud
Qoshg‘ariy‖, ―Chilangar Kova qo‘zg‘aloni‖ kabi asarlarni misol bo‘la oladi. T.Muhamedov minatyuralarida asosan
takrorlanmas grafika san‘atini ko‘ramiz, Sh. Muhammadjonovni rangtasvir, usulida zamonaviy minatyurani
boyitayotganiga guvoh bo‘lamiz. T.Muhamedov asosan kulgilikka, Sh.Muhammadjonov esa ko‘proq go‘zallik va
ulug‘vorlikka e‘tiborni qaratadi.
Xullas, rassomlik ―qarimaydigan‖ san‘at turi sifatida har bir zamonda o‘z imkoniyatlarini kengaytirib
borayotgan katta tarbiyaviy ahamiyatini susaytirmagan faol estetik faoliyatdir.
Musiqa. Agar rassomlik san‘atida deylik uning manzara janridagi Levitanning mashhur ―Qarag‘ayzor‖
asari ko‘z oldimizda muayyan ma‘noda tugallangan rangtasvir sifatida namoyon bo‘lsa, musiqa asari, m.,
Betxovenning ―Oydin sonata‖si yoki Hoji Abdulazizning ―Guluzorim‖ kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida
chizilayotgan rangtasvirdir. Ya‘ni rangtasvir badiiy mazmundagi markazni in‘ikos ettirgan holda ibtido bilan
intihonni tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho asarning o‘zida mujassam bo‘ladi. SHu
bois rassomlik san‘atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri deyish mumkin. Ayni paytda musiqa
rassomlikdagi yoki badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan tasvirlash imkoniga ega emas, lekin u ohangdor tovush
orqali inson qalbiga kuchli ta‘sir ko‘rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan
unga teng keladigan san‘at turi yo‘q. Shu sababli musiqadagi ―musiqiylik‖ tushunchasi barcha san‘at turlari uchun
yuksak mahorat ma‘nosini anglatadi. M., she‘riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me‘morlik – qotib qolgan
musiqa, ranglar musiqasi v.h.
Musiqa san‘ati keskin farqlanadigan milliylik va mintaqaviylik xususiyatiga ega. Xususan, G‘arb bilan
Sharq musiqasida intonastiya, ohang, ijro uslublari va usullari, musiqiy asboblarning xar xilligi yaqqol ko‘zga
tashlanadi. To‘g‘ri, g‘arbliklar va Sharqliklar odam sifatida bir-biriga (ichki dunyosi nuqtayi nazaridan) muayyan
o‘xshashliklarga ega bo‘lganidek, ularning musiqasida, ijro asboblarida qay ma‘nodadir umumiylik bor. M., ba‘zi
franstuz, olmon xalq qo‘shiqlari bilan o‘zbek xalq qo‘shiqlari orasida intanastion o‘xshash jihatlarni, fortapiyano
bilan chang, g‘ichchak bilan skripka, nay bilan fleyta v.b. musiqiy asboblarda umumiy tomonlarni uchratamiz.
Lekin, ayni paytda biz Mostart asarlari bilan Hoji Abdulaziz asarlari orasidagi katta farqni darhol anglab
etmasligimiz mumkin emas. Chunki musiqa pardalar pastu balandligiga asoslangan, oddiy tovushga qaraganda
uzoq davom etadigan ohangdor tovush vositasida inson ichki dunyosini ifodalaydi. Eng avvalo ana shu ichki dunyo
inson millatini, mentalitetini belgilaydi, uning tashqi ko‘rinishidagi farqlar ham ayni o‘sha ichki dunyo bilan
bog‘liq. Shu sababli musiqani millatning qalbi deb atashlari bejiz emas. M. F.Verdinelning ―Jiz‖ operasini tomosha
qilib o‘tirgan oddiy o‘zbek dehqoni ―Nima bu oddiy gapni qo‘shiqqa o‘xshatib, uning ustiga juda baland ovozda
aytadi‖, deb hayron bo‘ladi va uni rasmona estetik idrok eta olmaydi. Ammo o‘sha dehqon Sulaymon YUdakovning
―Maysaraning ishi» operasini har gal Toshkentga kelganda jon qulog‘i bilan, maza qilib eshitib, tomosha qiladi.
Unga oddiy gapni qo‘shiq qilib aytilishi ham, ovozlardagi intonastiya ham erish tuyulmaydi, bularni u sezmaydi
ham asarni estetik zavq bilan idrok etadi. Chunki ―Jizel‖ – Yevropa mentalitetining italyan kishisining qalbiga,
‖Maysaraning ishi‖ o‘zbekning qalbiga mos milliy ohanglar uyg‘unligi bilan murojaat qiladi.
Biroq, musiqa mohiyatan umuminsoniy tabiatga ega, qaysi millatga taalluqli bo‘lishidan qat‘i nazar,
musiqa tarjima qilinmaydi, rassomlik san‘atiga o‘xshab, uning tili – bitta. Faqat o‘sha tilni tushunish uchun har bir
millat o‘z estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko‘tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim.
Nima uchun Muhiddin Qoriyoqubov XX asrning 30-yillarida, Munojot Yo‘lchieva 90-yillarida Parij konstert
zallarida bergan konstertlariga ko‘pchilikka chipta etishmagan, zalga kirganlar esa ularni bir mo‘‘jizaday
tinglashgan, konstert so‘ngida deyarli yarim soat tik turib qarsaklar bilan olqishlashgan. Demak, hali bizning estetik
tarbiyamiz, didimiz franstuzlarga qaraganda ancha past. SHuning uchun ham biz Yevropa musiqa san‘at durdonasini
ham rosmana idrok etolmaymiz. Vaholanki, jahonda barcha sohada integrastiyalashuv jarayoni jadal sur‘atlar bilan
bormoqda. O‘zbek estetikasining vazifasi ana shu jarayonda millatimizning to‘laqonli ishtirokini ta‘minlashga
xizmat qilishdir.
200
Qarang. ―San‘at‖jurnali, 1991 y, 5-sоnidagi zarvaraq.
Musiqa san‘atida qo‘shiq janrining o‘rni alohida uni ba‘zan qo‘shiqchilik san‘ati ham deb atashadi. Chunki
aynan qo‘shiq, ohangdor inson ovozi musiqaning vujudga kelishida ulkan rol o‘ynagan. Aynan qo‘shiq ohangga
solingan so‘zlar orqali millat tarix-dn, xalqning ijodiylik qobiliyatidan bizga xabar beradi. Eng go‘zal, eng badiiy
yuksak xalq she‘rlari qo‘shiqlar matni sifatida yuzaga kelgan. Masalan:
Andijonda o‘t yoqsam,
O‘shda tutun.
Bu dunyoda bormikan
Bag‘ri butun.
Bu dunyoda bo‘lsa agar
Bag‘ri butun,
Qog‘ozdan hazon yasang,
Guldan – o‘tin.
Bu satrlardagi o‘xshatishlarni, majoziylikni, ohangga solingan inson qismatining badiiy qiyofasini hech bir
buyuk san‘atkorda uchratolmaysiz. Buni faqat xalq dahosigina yaratishi mumkin. Ayni paytda muayyan shoirning
sheoriy matniga bastakorlar tomonidan maxsus kuy bastalash asosida ham qo‘shiqlar vujudga keladi. Ularning eng
yaxshilari mumtozlik maqomini oladi. Qo‘shiq janri ko‘rinishlarga boyligi bilan ham alohida ajralib turadi: tarixiy
qo‘shiqlar, marosim qo‘shiqlari, laparlar, lirik qo‘shiqlar siyosiy qo‘shiqlar, ariyalar, intermeststolar. v.h.
Musiqaning turlari va janrlari juda ko‘p: xalq musiqasi, mumtoz musiqa, simfonik musiqa, vokal, musiqa
v.h. Biroq u qaysi janrda bo‘lmasin, Y.Baxning organ uchun yozilgan xorallarimi, «CHo‘li Iroq» kuyimi,
SHopenning etyudimi, Tarkanning qo‘shig‘imi – hammasi inson hissiyotlarini tarbiyalashda, ularni hayvonlikdan
insoniylikka ko‘tarishda va bu hissiyotlarni noziklashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zero musiqa inson qalbini
hilmlashtiruvchi, yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir.
Dostları ilə paylaş: |