Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi



Yüklə 278,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix25.08.2023
ölçüsü278,76 Kb.
#140447
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish mexanizmi.

Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi 
va hayot 
kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan 
iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy 
va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning 
o‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular 
iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-
kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va 
h. k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-
ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur 
predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum 
ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch 
oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan 
bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar 
moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy 


22 
saviyasini oshirish, malaka- mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand 
bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va 
birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi 
ob’ektlar xususiyatiga bog‘liq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli 
shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda
hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat 
turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, 
sog‘liqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngil 
ochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir. 
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. 
Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab 
chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, 
butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir 
yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga 
xizmat qiladi. 
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va 
iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi. 
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: 
-
ja
miyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan 
mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab 
rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi; 
-
ja
miyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti 
tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, 
mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta 
farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va 
xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun 
juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; 


23 
-
tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga 
ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga 
qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, 
uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi; 
-
tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va 
diniy marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga 
xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi; 
-
aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar; 
-
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, 
ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi. 
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq 
qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash 
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga 
ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, 
og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-
biridan tubdan farq qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. 
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va 
bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib 
boradi. 

Yüklə 278,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin