Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "



Yüklə 278,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix25.08.2023
ölçüsü278,76 Kb.
#140447
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish mexanizmi.

Umumiylashtirish 
iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki 
iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy printsiplarni 
muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul 
qilish mumkin. 


33 
Xulosa 
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy 
operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda 
zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan yigirma ikki yil davomida esa aynan 
shu shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi ma’ruzasida ham bunga to’xtalib o’tilgan: “Biz oddiy bir haqiqatni 
doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishni 
va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni 
investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 2013-yilda moliya sohasini rivojlantirish 
va investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar 
qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012-yilga nisbatan 11,3 foizga 
ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, 
ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar - korxonalar va aholining shaxsiy mablag‘lari 
tashkil etgani alohida e’tiborga 
loyiqdir. 
Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi - 70 foizdan ortig‘i, birinchi 
navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy 
uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil 
etdi. 
Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish va 
moliyalashtirish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi” 
Jahon tajribasidan malumki, ko’pgina mamlakatlar bozor munosabatlari 
ma’lum darajada shakllanib, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan bosqichga 
etganidagini milliy valyuta konvertatsiyasiga erishishgan. Ushbu davlatlarda 
amalga oshirilgan barcha islohotlar asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy 
aloqalarda ham o’z mamlakati manfaatlari ko’zda tutilgan. Agarda ulardagi 
islohotlar jarayoni hamda XVF Nizomining 8-moddasini qabul qilish vaqtiga 
e’tibor qaratsak, ushbu fikrimiz yana bir bor o’z tasdig’ini topadi. 
Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi 
respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustaxkamlaydi, inflyatsion 
jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, 
bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi. 
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish joizki, valyuta rejimining 
erkinlashtirilishi nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, balki aholi uchun ham 
xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga keng 
imkoniyatlar ochib beradi. 


34 
Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga 
yo’naltirilgan tarmoqlarini raq’batlantirishda muxim turtki bo’ladi. Bu esa o’z 
navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan 
eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta byuiznes korxonalarining tashqi 
bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor konйyunkturasiga 
moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YAIMdagi salmoq’ining 
ortishiga olib keladi. 
Nihoyat milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq- 
ovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun 
yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur 
bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xomashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish 
uchun valyuta mablaq’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa 
ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifatli iste’mol mahsulotlari bilan 
to’ldirishga olib keladi. 
Bir so’z bilan aytganda, valyuta rejimining erkinlashtirilishi 
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, 
mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy 
investitsiyalarni raq’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish 
hamda maxalliy ishlab chiqaruvchilarni raq’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga 
salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
So‘m davlatimizning Bayroq, Gerb, Madhiya kabi ramzlari qatori milliy 
iftixorimiz timsollaridandir. So‘m biz uchun nafaqat to‘lov vositasi, balki 
xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, buyuk bunyodkorlik salohiyatini o‘zida aks 
ettirgan ma’naviy vosita sifatida ham qadrlidir. Samarqanddagi Registon maydoni, 
Tillakori, Sherdor madrasalari, Go‘ri Amir maqbarasi, Buxorodagi Chashmai 
Ayyub ansambli kabi tarixiy obidalar, poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat 
muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri
“Istiqlol” san’at saroyi, shuningdek, shavkatli sohibqiron bobomiz Amir Temurga 
o‘rnatilgan 
muazzam 
haykal 
tasviri 
tushirilgan 
kupuralar 
nafaqat 
mamlakatimizning iqtisodiy qudrati, balki xalqimiz ma’naviy salohiyatining 
yanada yuksalishiga ham xizmat qilmoqda. Qo‘liga o‘zbek so‘mini olgan har bir 
yurtdoshimizning qalbida unda aks etgan tasvirlar ta’sirida Vatani, bunyodkor 
xalqi, ajdodlar merosi bilan faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urishi shubhasiz. 


35 

Yüklə 278,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin