Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "



Yüklə 278,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix25.08.2023
ölçüsü278,76 Kb.
#140447
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish mexanizmi.

Iqtisodiy kategoriyalar. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy 
qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida 
tomonlarini tavsiflaydigan kategoriyalarning mazmunini ham ochib 
beradi. 
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy 
jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy- nazariy 
tushunchadir. 
Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda 
etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko‘p va 
xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, 
kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la 
oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning 
mazmunini ifoda etadi. Iqtisodiy printsiplar va modellar omillardan faqatgina Pepsi 
ichimligin narxigina iqtisodiy baholashni tahlil qilishda va iqtisodiyotni qanday 


21 
ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir 
bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida 
kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi. Ular haridor va ishlab 
chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi. 
Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni 
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish 
hisoblanadi. 
Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak 
bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb 
ataladi. 
Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat 
ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy 
bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning 
ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari 
(iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy- iqtisodiy 
ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. 

Yüklə 278,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin