17
Iqtisodiyot nazariyasi ‘redmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor
tizimi to’g’risidagi
marjinalizm
deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U
inglizcha so’zdan olingan bo’lib, oxirgi, qo’shilgan degan ma’noni beradi. Uning
asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon
Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan
tovar
nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining ‘asayib borish qonuni
degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga
bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda
keng qo’llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi
neoklassik
, ya’ni yangi klassik deb
nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo’lib, u
iqtisodiy jarayonning funkstional bog’lanishi va funkstional nisbatlarini ishlab
chiqishga
harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va
taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyondalaridan biri
Shveystariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u
umumiy iqtisodiy muvozanat
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shum’eter 1912 yilda yozgan
“Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar
o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini
ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga
keltiruvchi asosiy kuch
tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va
‘ulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy
daromad, ka’ital
xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil
qilib, investistiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil to’ishi
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni
Dostları ilə paylaş: