Ijtimoiy pedagogning bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi bo’yicha
faoliyati dasturi.
Maqsadi: internat muassasi sharoitlarida shaxs rivojlanishi uchun
ijtimoiy pedagogik sharoitlar yaratish.
Faoliyat ob’ekti: tarbiyalanuvchilar.
Vazifalari:
1. Dezadaptatsiya qilingan bolalarni aniqlash.
2. Bolalarning ijtimoiy dezadaptatsiyasi manbalari va sabablann aniqlash.
3. Maktab va oilaviy nizolarni engib o ’tish bo’yicha ijtimoiy pedagogik
reabilitatsiyasi dasturlarini ishlab chiqish va ta ’minlash, bolalar xulq-atvorlaniii
tuzatish, ularni o ’quv faoliyati su b ’ekti sifatidagi maqomlarini tiklash.
4. Reabilitatsion chora-tadbirlaming davomiyligi.
5. Bola mikromuhitida inqirozli holatni bartaraf etishda maslahat yoki
boshqa yordam berish.
6. Bolalarning keyingi taqdirini hal qilishda bu masala bilan qiziqqnn
shaxslar bilan hamkorlik o ’rnatish, ularning keyingi tarbiyalarining optimal
variantini ishlab chiqish.
Kutilayotgan natija: shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi sifatida
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasi.
XULOSA
Ijtimoiy pedagogik faoliyat — o‘z ichiga pedagogik faoliyatni xam qamrab olgan ijtimoiy mexnat bo‘lib, bola (o‘smir)ga o‘zini va ruxiy xolatini shakllantirishda yordam berish, oila, maktab va jamiyatda normal munosabatlar o‘rnatishiga yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy pedagog faoliyati keng qamrovlidir. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi muxim yo‘nalish — bu BMT konvensiyasida e’lon qilingan bolaning yashashga, sog‘lom shakllanishga, ta’lim olishga, o‘z qarashlarini erkin ifoda etishga, kamsitishning xar qanday turidan ximoyalashga qaratilgan xuquqlarini ximoya qilishdir.
Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi yana bir yo‘nalish — bu bolani shakllanishiga ko‘maklashuvchi ijtimoiy loyixalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab chiqishda ishtirok etishdir.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki,mehribonlik uyi tarbiyalanuvchlarini mehribonlik uylarida davlat tomonidan ta`lim va tarbiya berilib, ularni xaqiqiy xayotga tayyorlash va ularning ilmli, ziyoli insonlar bo`lib, mustaqil xayotda boshqa insonlar qatori bahtiyor va farovon yashashi –bu davlatmizning oliy maqsadidir.
Dostları ilə paylaş: |