Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kattalar tomonidan e ’tibor
qaratilmasligi jid d iy muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik
qilishga intilish etarli rivojlanmagan. Bolalami kattalar bilan muloqotga
kirishishiga undovchi sabab shuki, ulami katta odamning o ’zi jalb qiladi,
bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul qilishadi. Bu aloqalaming barchasi
kattalaming e ’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi.
Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari
orasida ayniqsa shaxsiy muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak b o ’ladi.
Buning sababi-bolalar uyida bola bilan kattalaming muloqot qilishi oiladagidan
kamroqdir. Bolalar uyida bolaga kattalar kamroq e ’tibor qaratishadi, aniqrog’i
ularning e ’tiborlari bir guruh bolalarga qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi
kattalar o ’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi kuzatiladi. Va nihoyat bolalar
uyidagi bolalar va kattalar muloqatining emotsional boyligi darajasi oilanikidan
pastdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyachilari uchunbolalar
uyidagi kundalik faoliyati, u erda yashash rejimini bajarish bilan bevosita
bog’liq sabablar yorqin namoyon b o ’lishi xosdir. Bu yoshdagi bolalaming
oiladagi sabablari esa ancha sermahsuldir. Motivatsion sohaning bunday
cheklanganligi bolalar uyida bolalaming yashash sharoitlari va ularning kattalar
bilan etarli muloqot qilmasliklariga bog’liq. Bu jih a t turli nizoli vaziyatlarda,
ayniqsa yorqin ifodasini topadi.
2.2.O`SMIR YOSHDAGI BOLALARNI O`RGANISH VA KATTA XAYOTGA TAYYORLASH. O’smirlik yoshida bu sabablar o ’smiming tengdoshlari orasida o ’mini
topishga, o ’z “men” ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tu g ’diradi.
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining aqliy, xulq-atvor va motivatsion
tavsiflariga bola sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham q o ’shiladi. Aslida
bolalar uylarida to ’liq sog’-salomat bolaning o ’zi y o ’q-aksar bolalar yuqumli
kasalliklarga ega. Ular orasida nogironlar ham uchrab turadi. Bolalar uvlnH
tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya, narkomaniya kabi holatlar xosdir.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar-tarbiyailnlni,
psixologlar, shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ijtimoiy
pedagog faoliyatining maqsadi - bolalar uylari tarbiyalanuvchilarimng
ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi:
3-jadvaI.