Kimyoviy xossalari. Xlor molekulasi ikki atomdan tarkib topgan, unda bog‘lanish qutbsiz kovalent xususiyatga ega:
Xlor bilan yodning eng yuqori musbat valentligi yetti E2O7 (Cl2O7; I2O7; HClO4), bromniki besh NaBrO3 bo‘lishi mumkin.
Xlor atomining elektron tuzilishi ushbu sxema bilan ifodalanadi:
Xlor atomining 3p-pog‘onachasida bitta juftlashmagan elektroni bor va odatdagi (qo‘zg‘almagan) holatda xlor bir valentli bo‘ladi.
Lekin xlor III davrda joylashganligi sababli uning 3d- pog‘onachasida yana beshta bo‘sh orbital bor va ularga qo‘zg‘algan elektronlar joylashishi mumkin.
Suyuqlantirilgan natriy, xlor yig’ilgan idishga tushirilsa, natriy yonib, natriy xlorid tuzini hosil qiladi.
2Na + Cl2 = 2NaCl
Kukun holdagi temimi qizdirib, xlorli idishga tushirsak, temir yonib, temir (III) xlorid tuzini hosil qiladi:
2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 Agar maydalangan surma kukunini xlorli idishga sepsak, surma ko‘zni qamashtiradigan alanga chiqarib yonadi va idish ichi og‘ir oq tutunga to‘ladi:
2Sb + 3Cl2 = 2SbCl3 Ingichka mis simni qijdirib, xlor yig‘ilgan idishga tushirsak, mis sim yonib, mis (II) xlorid tuzini hosil qiladi:
Cu+Cl2 =CuCl2
Og‘ir metallar xlor bilan juda sust birikadi. Sekin bo‘lsa ham xlor, hatto, oltin bilan ham reaksiyaga kirishadi:
2Au + 3Cl2 = 2AuCl3 Xlor ko‘pchilik metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan: Qizdirilgan fosfor xlorda yonib, fosfor (III) xlorid va fosfor
(V) xlorid hosil qiladi:
2P + 3Cl2 = 2PCl3 2P + 5Cl2 = 2PCl5 Xlor vodorod bilan o‘ziga xos reaksiyaga kirishadi. Qorong‘ida xlor bilan vodorod aralashtirilsa, reaksiyaga kirishmaydi. Lekin ultrabinafsha nur bilan yoritilganda reaksiya juda tez, gugurt chaqilsa yoki quyosh nuri ta’sir qilsa portlash bilan sodir bo‘ladi:
Cl2 + H2 = 2HCl
Tekshirishlar ko‘rsatishicha, bu reaksiya haqiqatda ancha murakkab ketadi. Cl2 molekulasi yorug‘lik kvantini hv yutadi va erkin atomlarga (radikallarga) ajraladi. Cl2 + hv = Cl∙ + Cl∙ Atom radikallaridan har biri vodorod molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi:
Cl∙ + H2 = HCl + H∙
H∙ + Cl2 = HCl + Cl∙ va h.
Dastlabki qo‘zg‘atish ketma-ket sodir bo‘ladigan reaksiyalar zanjirini vujudga keltirdi. Bunday reaksiyalar zanjirreaksiyalardeyiladi. Xlorning vodorod bilan zanjir reaksiyasi oqibatida vodorod xlorid olinadi.
Xlor suv bilan reaksiyaga kirishib, ikkita kislota — xlorid (kuchli kislota) va gipoxlorit (kuchsiz kislota) kislota hosil qiladi.
Cl2 + H2O ↔ HCl + HClO
Xlor, kislorod, azot va ko‘mir bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi (ularning birikmalari bilvosita yo‘l bilan olinadi). Namlik yo‘g‘ida xlor temir bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bu hol xlorni po‘lat ballon va sisternalarda saqlashga imkon beradi.
Xlorningboshqahossalari: 3Cl2 + 2M = 2MCl3 (M =20 °C Sb, Cu; 250 °C Fe, )
2Cl2 + 2H2O = 4HCl + O2 (yorug’likda yoki qaynash.). Cl2 + H2O + H2SO3 = H2SO4 + 2HCl
Cl2 + 2NaOH(sovuq.) = NaCl + NaClO + H2O.
3Cl2 + 6NaOH = 5NaCl + NaClO3 + 3H2O (qaynash.). 3Cl2 + 6KOH = 5KCI + KClO3 + 3H2O
Cl2 + 2KOH = KCI + KClO + H2O (javel hosil bo’ldi) Cl2 + Ca(OH)2 = Ca(OCl)Cl + H2O (Xlorli ohak.) Cl2(suyul.)+2NaJ(sovuq)=2NaCl+J2↓, 3Cl2(kons.) + NaI(issiq) + 3H2O = 6HCl + NaIO3.