Ftor hossalari:
F2 + H2 = 2HF (– 250 °C dan 20 °C gacha, qorong’ida).
5F2 + E2 = 2EF5 (E = Cl ва Br, 200 °C; E = I, 20 °C).
3F2 + S = SF6 (20 °C).
5F2 + 2P(qizil) = 2PF5 (20 °C).
F2 + 2Na = 2NaF, 3F2 + 2Sb = 2SbF3 (20 °C).
2F2 + SiO2 = SiF4 + O2 (20 °C).
F2 + H2O(muz) = HOF + HF (t ≤ 0 °C).
XLOR.
F2 + 2NaCl = 2NaF + Cl2.
Xlorni birinchi bolib 1774-yilda Sheyelye topgan. Xlorning eng muhim tabiiy birikmasi osh tuzi, boshqacha aytganda, natriy xloriddir, bu tuz xlorning boshqa birikmalarini hosil qilishda asosiy xomashyodir. Bu tuzning asosiy qismi dengiz va okean suvlarida bo‘ladi, bunday suvlarda 3,5% atrofida tuz bor. Suvi oqmaydigan ba’zi ko‘llarda tuz miqdori to ‘yinish darajasiga yetadi (ko’llarda 26% atrofida bo‘ladi) va tuz ko‘l tubiga cho‘kib qoladi.
Tuz qattiq holda ham uchraydi va Yer qobig‘ining ba’zi joylarida qalin qatlamlar hosil qiladi, bu tuz tosh tuz deb ataladi. Rossiyada Don havzasidan va Uralning janubidagi Orenburg viloyati yaqinidan juda toza tuz olinadi, bu yerlardagi tuz qatlamining qalinligi 100 m dan ham ortadi. Tuz konlari Zakavkazye, Qozog‘iston va Sibirda, Qoraqalpog‘istonda bor. Xlorning, osh tuzidan tashqari, boshqa birikmalari ham tabiatda ko‘p miqdorda uchraydi, masalan,
silvin KCl, silvinit KCl∙NaCl, bishofit MgCl2∙6H2O,
karnallit KCl∙MgCl∙6H2O, kainit KCl∙MgSO4∙3H2O
minerallari holidagi kaliy xlorid, dengiz suvida bo‘ladigan va unga taxir maza beradigan magniy xlorid va boshqalar ana shunday birikmalardir.
Fizik xossalari. Oddiy sharoitda xlor och sabzarangli (sarg‘ish-yashil), o’tkir hidli va zaharli gaz. Xlor nafas yo‘llarini yallig‘lantiradi, ko‘p miqdorda xlor bilan nafas olib bo‘g‘ilish o‘limga olib kelishi mumkin. Xlor havodan 2,5 marta og’ir, 1 litr xlorning normal sharoitdagi massasi 3,21 g.
Atmosfera bosimida sovitilganda xlor −34 °C da, 4 atm bosimda esa 0
°C da suyuq holatga o‘tadi. Suyuq xlor bosim ostida po’lat ballonlarda saqlanadi. Suyuq xlorning solishtirma og’irligi d = 1,47 g/sm3, suyuq xlor −34 °C da qaynab, −101 °C da qotadi. 1 hajm suvda uy temperaturasida 3 hajm gaz holdagi xlor eriydi. Xlorning suvdagi eritmasi xlorli suv deyiladi. Agar bu eritma −8 °C gacha sovitilsa, Cl2∙8H2O tarkibli rangsiz kristallar ajralib chiqadi, Xlor organik moddalarda, ayniqsa, uglerod (IV) xloridda yaxshi eriydi.
Xlorning oltita izotopi bor: tabiiy xlor Cl35 (75,5%) va Cl37 (24,5%) dan iborat. Qolgan izotoplari suni olingan bo’lib Cl36, Cl38, Cl39, Cl40 lar radioaktivdir.
Xlor. Laboratoriya sharoitida xlor xlorid kislotaga marganes (IV) oksid ta’sir ettirish bilan olinadi. Reaksiya qizdirilganda boradi:
4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O
Bu reaksiya ikki bosqichda boradi:
MnO2 + 4HCl = MnCl4 + 2H2O
MnCl4 − beqaror modda bo’lganligi uchun darhol parchalanadi:
MnCl4 = MnCl2 + Cl2
Bu oksidlanish-qaytarilish jarayonidir, unda HCl, xlorid-ion Cl− qaytaruvchi; MnO2−oksidlovchi.
Oksidlovchi MnO2 o‘rniga boshqa kuchli oksidlovchilarni ishlatish ham mumkin.
2KMnO4 + 16HCl = 2KCl + 2MnCl2 + 5Cl2 + 8H2O KСlO3 + 6HCl = KCl + 3Cl2 + 3H2O
K2Cr2O7 + 14HCl = 2KCl + 2CrCl3 + 3Cl3 + 7H2O
2KMnO4 + 10NaCl + 8H2SO4 = K2SO4 + 5Na2SO4 + 2MnSO4 + 5Cl2 + 8H2O
Sanoatda xlor natriy xloridning konsentrlangan eritmasini elektroliz qilish bilan olinadi. Xlor anodda ajralib chiqadi. Bunda vodorod (katodda ajralib chiqadi) va natriy gidroksid (eritmada qoladi) ham hosil bo‘ladi.
2NaCl + 2H 2O = 2NaOH + H 2 + Cl 2
5 | G R A N D
Suyuqlikka aylantirilgan xlor (xona temperaturasida 600 kPa bosimda suyuqlikka aylanadi) po‘lat ballonlarda saqlanadi va ishlatish joyiga shu holda tashiladi.
Dostları ilə paylaş: |