HClO3 ning boshqa hossalari: HClO3(kons.) + 5HCl(kons.) = 3Cl2↑ + 3H2O HClO3 + NaOH(suyul.) = NaClO3 + H2O, HClO3(kons.) + HClO2 = 2ClO2 + H2O.
2HClO3(kons.) + I2 = Cl2↑ + 2HIO3. HClO3 + 3SO2 + 3H2O = HCl + 3H2SO4,
2HClO3(kons.) + 3C(grafit) = 2HCl + 3CO2↑.
Xlor (VII) oksid (perxlorat angidrid) Cl2O7. Xorning boshqa oksidlariga nisbatan barqaror bo'lib, rangsiz, moysimon suyuqlikdir. U faqat silkitilganda, qattiq urilganda, kuchli isitilganda portlaydi. Cl2O7 suv bilan birikib, perxlorat kislota hosil qiladi:
Cl2O7 + H2O = 2HClO4
Perxlorat kislota KClO4 ga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
KClO4 + H2SO4 = KHSO4 + HClO4
Cl2O7 ning boshqa hossalari:
Cl2O7 + H2O
2HClO4.
Cl2O7 + 2NaOH(suyul.) = 2NaClO4 + H2O.
HClO4 − perxlorat kislota. Perxlorat kislota eng kuchli kislotadir: Suyultirilgan eritmasining oksidlash xossasi unchalik kuchli emas, lekin 40% li eritmasi juda kuchli oksidlovchi.
Xlorning kislorodli kislotalari ichida HClO dan HClO4 ga tomon oksidlash xossasi kamayib, kislotaning barqarorligi va kuchi ortib
13 | G R A N D
boradi. Demak, xlorning valentligi ortishi bilan kislotalarning kuchi ham ortib boradi.
Xlorat kislotaning kaliyli tuzi − Bertolle tuzi
~400°C da ikki yo’nalish bo’yicha parchalanadi:
Birinchi yo’nalish katalizatorlar (masalan, MnO2) ishtirokida osonroq boradi, bu usuldan laboratoriyada kislorod olishda foydalaniladi. Ikkinchi yo’nalish, asosan, katalizatorsiz sharoitda va yuqoriroq temperaturada sodir bo’ladi.
KClO4 ga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib rangsiz, havoda tutaydigan suyuq holdagi kislotani ajratib
2KClO4 + H2SO4 = K2SO4 + 2НСlO4
Suvsiz HClO4 ga past bosimda suvni yutadigan P2O5 ta’sir ettirilsa, o’zining angidridiga aylanishi mumkin.
2HClO4 + P2O5 = 2HPO3 + Cl2O7
Dostları ilə paylaş: |