Anorganik kimyo ii



Yüklə 406,07 Kb.
səhifə6/12
tarix24.05.2023
ölçüsü406,07 Kb.
#121456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xlorid kislotaning ishlatilishi. Xlorid kislota xloridlar olishda, yelim ishlab chiqarishda, karbonat angidrid olishda, bo‘yoqlar tayyorlashda, laboratoriyada xlor olishda, tibbiyotda, kimyo laboratoriyalarida, ko'nchilik sanoatida (xom teriga ishlov berishda), metallarning sirtini oksid pardadan tozalashda, oziq-ovqat sanoatida glukoza olishda ishlatiladi.
Xlorid kislota gummirlangan, ya’ni ichki yuzasiga kislotabardosh rezina qoplangan sisterna va bochkalarda, shuningdek, shisha va polietilen idishlarda saqlanadi hamda tashiladi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi. Xloridlarning ko'pchiligi suvda eriydi, kumush xlorid AgCl, mis (I) xlorid CuCl, simob (I) xlorid Hg2Cl2 suvda erimaydi. Qo‘rg‘oshin xlorid PbCl2 juda oz eriydi. Lekin issiq suvda yaxshi eriydi. Xloridlar orasida eng yomon eriydigani kumush xloriddir. Shuning uchun xlorid kislotani va xloridlarni (ya’ni Cl ionini) topishda AgNO3 reaktiv sifatida
ishlatiladi:

HCl + AgNO3 = AgCl↓ + HNO3

9 | G R A N D



FeCl3 + 3AgNO3 = Fe(NO3)3 + 3AgCl↓
Xloridlarning eng muhimlari quyidagilardir:
Natriy xlorid ( (boshqa nomlari: osh tuzi, toshtuz, oshtuz, galit) NaCl tabiatda eng ko‘p tarqalgan tuzlardan biri, qaynash temperaturasi 1413 °C, suyuqlanish temperaturasi = 800,4 °C, solishtirma massasi 2,16 ga teng. 100 g suvda 0 °C da 35,6 g NaCl eriydi.
Osh tuzi xlor olishda, natriy ishqori, natriy metali, vodorod xlorid, soda ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi, bo'yoqchilikda. sovun pishirishda va boshqa sohalarda ham ishlatiladi. Kaliy xlorid KCl − qimmatli kaliyli o‘g‘it, va potash ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryo viloyatining Tubokat va Surxondaryo viloyatining
Xo‘jaikon konlarida qazib olinadi.

Yüklə 406,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin