Anorganik kimyo ii



Yüklə 406,07 Kb.
səhifə8/12
tarix24.05.2023
ölçüsü406,07 Kb.
#121456
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xlor (IV) oksid СlO2 sabzi rangli, o‘tkir hidli beqaror gaz, u yonuvchi moddalarga tegib ketsa, darhol portlaydi. ClO2 disporsiyalanish reaksiyalariga moyil suv bilan birikib, xlorit kislota HClO2 bilan xlorat kislota HClO3 hosil qiladi, KOH bilan birik xlorit va xloratlarni hosil qiladi
2ClO2 + H2O(sovuq) = HClO2 + HClO3 (yorug’likda), 6ClO2 + 3H2O(issiq) = HCl + 5HClO3.
2СlO2 + 2KОН = KСlO3 + KСlO2 + Н2O
Xlorit kislota nihoyatda beqaror va kuchli oksidlovchi modda, u faqat suyultirilgan eritma holidagina ma'lum. Tuzlari olingan, ammo ular zarba ta’sir etganida va isitilganda portlaydi. Xloritlarda ham oksidlovchilik xossalari bor.

СlO2 ning boshqa hossalari:


ClO2 + 2NaOH(sovuq) = NaClO2 + NaClO3 + H2O, 8ClO2 + 8NaOH(issiq) = 3NaCl + 5NaClO4 + 4H2O.
2ClO2 + 8HCl(kons.) = 5Cl2 + 4H2O.
2ClO2 + 10HI(kons.) = 2HCl + 5I2↓ + 4H2O.
2ClO2 + Na2CO3 = NaClO2 + NaClO3 + CO2↑.
Xlor (VI) oksid Cl2O6 havoda tutaydigan to‘q qizil suyuqlik. Yonuvchi moddalarga tegsa, darhol portlaydi. Cl2O6 ga muvofiq kislota ma’lum emas, ammo u suv bilan birikib, xlorat HClO3 va perxlorat HClO4 kislotalarini hosil

qiladi:

Cl2O6 + H2O = HClO4 + HClO3


3Cl2 + 6KOH = 5KCI + KClO3 + 3H2O
2ClO3 + 2NaOH(suyul.) = NaClO3 + NaClO4 + H2O.
HClO2 xlorit kislota nihoyatda beqaror, faqat suyultirilgan eritmalardagina mavjud. Kuchli oksidlovchidir. Tuzlari beqaror, zarb ta’sirida portlaydi.

HClO2 ning hossalari:
HClO2 + 3HCl(kons.) = 2Cl2↑ + 2H2O, HClO2 + 4HI(kons.) = HCl + 2I2↓ + 2H2O.
HClO2 + NaOH(suyul., sovuq) = NaClO2 + H2O. HClO2 + HClO = HCl + HClO3.
5HClO2 + 3H2SO4(suyul.) + 2KMnO4 = 5HClO3 + 2MnSO4 + K2SO4 + 3H2O

HClO3 xlorat kislota beqaror modda bo‘lib, eritmadagina mavjud. Xlorat kislota va uning tuzlari − xloratlar ham oksidlovchilardir. Xlorat kislota ham faqat eritmada ma’lum, uning 40% li eritmasini tayyorlash mumkin.
Eritmaning konsentratsiyasi 40% dan yuqori bo’lsa, portlab parchalanadi. Xlorat kislotaga paxta, qog'oz tegsa, o’t olib ketadi. Xlorat kislota va uning tuzlari oksidlovchilardir. Uning tuzlari odatdagi temperaturada barqaror boladi. Qaynoq ishqorlarga xlor yuborib, xlorat kislota tuzlari olinadi:
6KOH + 3Cl2 = KClO3 + 5KCl + 3H2O
KClO3 − bertole tuzi gugurt sanoatida, portlovchi moddalar, bo‘yoqlar, signal raketalari tayyorlashda, kimyo laboratoriyalarida kislorod olishda ishlatiladi.

Yüklə 406,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin