Fanga “galogen” tushunchasini 1811- yilda nemis kimyogari I. Shveyger kiritgan bo‘lib, lotinchada “ tuz” va “hosil qiluvchi yoki tuz tug’diruvchi” degan ma’nolarni bildiradi.
Galogenlar gruppasidagi ftor, xlor, brom, yod tabiatda uchraydi. Astat esa tabiatda uchramaydi. U faqat sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi. Astatning 19 izotopi ma’lum, lekin hammasi ham beqaror, radioaktiv. Eng barqarori astatning 210-izotopidir. 210At ning yarim yemirilish davri 8,3 soat. Astat oz miqdorda olingani uchun hali to‘liq o‘rganilmagan.
Galogenlar D.I. Mendeleyev davriy sistemasining VII
gruppasidagi p- elementlardir. Galogenlar atomining tashqi qavatida yettitadan elektron (s2p5 elektronlar) bor, barqaror elektron qavat hosil qilishi uchun bitta elektron yetishmaydi. Ularning xossalarida umumiylik borligiga sabab ana shudir.
Galogenlarning Umumiy hossalari.
Hamma galogenlar juda o‘tkir hidli bo‘ladi. Hatto oz miqdordagi galogen bilan nafas olish ham nafas yo‘llarining qattiq ta’sirlanishiga va tomoq bilan burun shilliq qavatining yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Ko‘proq miqdor galogen organizmning qattiq zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
HF→HCl→HBr→HI qatorda kislotalarning kuchi ortib boradi, bunga sabab HG ning (bunda G − galogen) bog‘lanish energiyasi xuddi shu yo‘nalishda kamayib borishidir. Bu qatorda ftorid kislota boshqalaridan kuchsizroq, chunki qatorda H−F bog‘lanish energiyasi eng kattadir. HG molekulasining mustahkamligi ham xuddi shu tartibda kamayib boradi, bunga sabab yadrolararo masofaning kattalashuvidir. Kam eriydigan tuzlarning eruvchanligi AgCl→AgBr→AgI qatorda kamayib boradi; ulardan farqli ravishda AgF suvda yaxshi eriydi.
Boshqa galogenlarga qaraganda ftor elektronlarini mahkam tutib turadi, uning bitta (−1) oksidlanish darajasi bor. Ftor suv bilan xlorga qaraganda boshqacharoq reaksiyaga kirishadi: suvni parchalab, vodorod ftorid, kislorod (II) ftorid, vodorod peroksid, kislorod va ozon hosil qiladi:
F2 + H2O = 2HF + O; 2O = O2; 3O = O3; O + F2 = OF2 ; H2O + O = H2O2.
Atom radiusi kattalashib, ionlanish energiyasi kamayib borganligi sababli F→At qatorda metallmaslik xossalari kamayib boradi. Metallmaslik xossalari ftorda eng kuchli ifodalangan. Ftordan astatga o'tgan sari galogenlarning oksidlovchilik xossasi kamayib, qaytaruvchilik xossasi ortib boradi.
Galogenlarning reaksiyaga kirishish xususiyati F→Cl→Br→I qatorda pasayib boradi. Shu sababli oldingi element keyingisini HG tipidagi (G-galogen) kislotalardan va ularning tuzlaridan siqib chiqaradi. Bu holda aktivlikni quyidagi tartibda yozish mumkin:
F2→Cl2→Br→I2 Ftor barcha birikmalardan xlor, brom, yodning (HI, KJ kabi) vodorodli birikmalaridan va metall tuzlaridan siqib chiqaradi. Xlor esa bromni hamda yodni, brom yodni siqib chiqaradi.
F2 + 2Cl− = 2F− + Cl2 Cl2 + 2Br−= 2Cl−+ Br2 Br2 + 2J−= 2Br−+ J2 J2 + 2ClO3−= 2JO3−+ Cl2
FTOR
Ftor tabiatda flyuorit CaF2 (plavik shpati), kriolit Na3[AlF6] va ftorapatit Ca3(PO4)2CaF2 ko'rinishida uchraydi. Ftor birikmalari suvda, o‘simliklar tarkibida, odam va hayvon tishlarining emali va suyak tarkibida uchraydi. Agar ftor yetishmasa yoki keragidan ortiq bo‘lsa, tish yemirila boshlaydi va suyaklarga zarar yetadi. Ftor ko‘kimtir sariq rangli, qo‘lansa, o'tkir
hidli zaharli gaz. Ftorning suyuqlanish temperaturasi −223 °C,
qaynash temperaturasi −187 °C. Ftorni suvda eritib bo'lmaydi, chunki suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib ketadi, u benzol, xloroform kabi erituvchilarda eriydi.
Ftor 217 °C da suyuqlanadigan tuz − KF∙2HF suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi.
Ftor eng faol metallmas, eng kuchli oksidlovchidir. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Kislorod va azot bilan ftor bevosita birikmaydi, qolgan barcha elementlar bilan ma’lum sharoitda birika oladi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda xlor, kripton va ksenon bilan birikadi:
Xe + F2 = XeF2 + Q (400 °C, p)
Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi. Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi:
SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q
Ftor birikmalaridan ko’proq HF ishlatiladi, undagi ftor boshqa elementlar bilan bog’lanish imkoniyati oson va bunday reaktsiyalar osoyishta sodir bo’ladi:
SiO2 + 4HF = SiF4𝗍 + 2Н2O
Vodorod ftoridni H2 ning F2bilan reaktsiyasi ork,ali olish noqulay, bu ikki modtsa reaktsiyasi krronguda va −200°C da portlash bilan sodir bo’ladi, uni osongina tabiiy birikmasidan olish qulay:
CaF2 + H2SO4 = CaSO4 + 2HF𝗍
Gidroftorid rangsiz, harakatchan va oson bug’lanuvchan, suv bilan oson aralashadigan suyuqlik. HF ning suvli eritmasi —
3 | G R A N D
vodorod ftorid kislota kuchsiz, bir asosli kislota disoblanadi, savdoda 40%li eritma dolida xarid etiladi.
Ftor eng elektrmanfiy element bo‘lganligi sababli bitta elektronni 2p- pog‘onachasiga biriktirib olishi mumkin, xolos. Uning bitta juftlashmagan elektroni bor, shu sababli ftor faqat bir valentli, uning oksidlanish darajasi esa −1 bo‘ladi.
Ftor − organik birikmalar tayyorlash uchun, zamonaviy sovitgichlarda sovuq muhit hosil qilish uchun ammiak NH3 o‘rnida freon (CF2Cl2), xladon ishlatilmoqda. Yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar vinil ftorid va tetraftor etilen (teflon), sun’iy polimerlar olishda, raketa yoqilg‘isining oksidlovchisi sifatida, ftorning ayrim birikmalari meditsinada ishlatiladi