Ruxxlorid ZnCl2 dan yog‘ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish uchun foydalaniladi; kavsharlashda metall sirtini ho‘llash uchun ishlatiladi (bunda metall sirtidagi oksid parda yo‘qoladi va kavshar metallga yaxshi yopishadi); ZnCl2∙nH2O tarkibli kristallgidratlari ma’lum.
Bariyxlorid BaCl2 − zaharli modda, qishloq xo‘jaligi zararku- nandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.
KalsiyxloridCaCl2 − nihoyatda o‘ch bo'lganligi uchun laboratoriyalarda gazlarni, har xil organik moddalami quritish uchun ishlatiladi. Bu vaqtda kristallgidrat CaCl2∙6H2O hosil bo'ladi. Tibbiyotda keng ko‘lamda ishlatiladi.
AluminiyxloridAlCl3 (suvsiz) ko‘pincha organik sintezlarda katalizator sifatida foydalaniladi.
Simob (II) xlorid, boshqacha aytganda, sulema HgCl2 − kuchli zahar; bu tuzning juda suyultirilgan eritmalari kuchli ta’sir etuvchi dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi; urug‘larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda ham foydalaniladi.
Xlorning kislorodli birikmalari Xlor kislorod bilan bevosita birikmaydi. Xlor bilan kislorod
birikmalari bilvosita usulda olinadi.
Xlorning to'rtta oksidi olingan:
Cl2O − xlor (I) oksid (gipoxlorit angidrid); ClO2 − xlor (IV) oksid;
Cl2O6 − xlor (VI) oksid;
Cl2O7 − xlor (VII) oksid (perxlorat angidrid).
Xlor (I) oksid Cl2O. Sarg'ish-jigarrang, qoiansa hidli gaz, suyuqlanish temperaturasi = 116
°C, qaynash temperaturasi −4 °C. Portlovchi modda.
U sal isitilsa yoki bir idishdan ikkinchi idishga quyilsa portlaydi:
2Cl2O = 2Cl2 + O2 Xlor (I) oksid simob (II) oksidga xlor ta’sir ettirib olinadi: 2Cl2 + HgO = HgCl2 + Cl2O
Cl2O suvda erib gipoxlorit kislota HClO ni hosil qiladi. Xlor suvda eriganda ham gipoxlorit kislota hosil bo'ladi. HClO beqaror hatto karbonat kislotadan ham zaif bo'lib, faqat suyultirilgan eritmadagina mavjud. Xlorning kislorodli kislotalari kuchli oksidlovchilardir. Ular orasida HClO eng kuchli oksidlovchi, buning asosiy sababi beqaror kislota bo'lganligi uchun asta-sekin parchalanib, atom holidagi kislorod ajratib chiqarishidir: qorong'ida ham asta-sekin parchalanadi:
НСlO = HCl + О
Aslida bu jarayon uchta paralel reaksiya bilan boradi.
Uchala reatsiya bir vaqtning o’zida bir-biriga aloqasi bo’lmagan holda turlicha tezlikda sodir bo’ladi. Ularning birinchisi quyosh nuri ta’sirida va kislorodni biriktirib oluvchi modda ishtirokida tezlashadi. Hatto eritmadan kislorod mayda pufakchalar holida chiqishini ko'rish mumkin.
Gipoxlorit kislotaning tuzlari ishqorlarga xlor ta’sir ettirib olinadi:
Cl2 + 2KOH = KCl+KClO+H2О Reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar Javel suvi deyiladi. Bu suv kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Buning sababi Javel suvi havodan CO2 ni yutishi natijasida HClO hosil qiladi:
KClO + СО2 + Н2О = KНСО3 + HClO
Gipoxlorit kislotaning eng muhim tuzlaridan yana biri kalsiygipoxlorit −xlorli ohakdir. U so’ndirilgan ohakga xlor ta’sir ettirib olinadi:
Ca(OH)2 + Cl2 = Cl−Ca−O−Cl + H2O (CaOCl2)
Xlorli ohakdan kuchli oksidlovchi, oqartuvchi, dezinfeksiyalovchi modda sifatida foydalaniladi, chunki u quyidagi reaksiyalarga kirisha oladi:
CaOCl2 + CO2 = CaCO3 + Cl2 11 | G R A N D
2CaOCl2 + H2O + CO2 = CaCl2 + CaCO3 + 2HClO HClO = HCl + О