Aralash Fungsiyali Birikmalar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə5/22
tarix30.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
aRALASH FUNGSIYALI BIRIKMALAR

3-Jadval
Ligandalr va ularning elektron donor atomlari

Liganddagi
elektron
donor
atomlar

Molekulyar turdagi ligandlar

Ion turdagi ligandlar

monodentat

polidentat

monodentat

polidentat

H, F, Cl, Br, I

-

-

H-, F-, Cl-,
Br-, I-

-

C

CO, C2H4

C6H6

CN-

-

N

NH3, C5H5N,
RCN, RNH2

NH2(CH2)2-NH2

NO2-, N3-,
SCN-

-

O

H2O

R-CO-CH2-CO-R

O-2, OH-

CO3-2, SO42-,
RCOO-, C2O4-2

S

R2S

R-CHSH-CH2-CHSH-R

SCN, S-2

-

O yoki N

-



ONO-



H2NCH3COO-



O va N

-

EDTA

-

-

S va N




-





-

-




1.3. Koordinasion birikmalarni nomlanishi

Dastlab kompleks birikmalarni nomlashda ba’zan ularni rangidan yoki shu moddani kashf etgan olim nomidan foydalanilgan. A. Verner komleks birikmalarni nomlash uchun ”Ratsional nomenklatura” yaratdi. Ratsional nomenklatura komplekslarning tarkibi va tuzilishlarini aks ettirishi kerak edi. Ya’ni kompleks birikmaning nomi uning tabiatiga monand bo’lmog’i zarur edi. Tuzsimon koordinasion birikmalarni ikki so’z bilan, noionogen birikmalarni bir so’z bilan atash taklif qilingan [14].


Shuningdik ammiak- ,,amin”, suv-,,akvo” oltingugurt -,,tio”, OH- guruhi bo’lsa ,,gidrokso”,-O-O-guruhi esa, ,,perokso”, kompleks birikma tarkibidagi xlor esa ,,xloro”, ftor bo’lsa ,,ftoro” kabi so’zlar bilan ataladigan bo’ldi. Masalan: K4[Fe(CN)6] kaliy geksasiono temir(II).
1963-yildan boshlab, taklif qilingan nomenklatura xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi termin komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.
1. Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan keyin anion ataladi. Masalan: [Ag(NH3)2]Br - diamminargento (I) bromid
K2[CuCl3] - kaliytrixloro mis (I)
2. Anionli kompleks birikmalarni nomlashda avval kation, anion so’ngra neytral ionlar va undan keyin markaziy ion nomi ataladi (ular orasiga chiziqcha qo’yilmaydi). Masalan: K2[Pt(NO2)2Cl2] - kaliydixlorodinitroplatinat (II).
3. Legandlar sonini ifodalashda di-, tri-, tetra-, penta-, geksa- va hokazo qo’shimchalar ishlatiladigan bo’ldi. Masalan: K4[Fe(CN)6] - kaliy geksasianoferrat (II), K3[Fe(CN)6]-kaliy geksasianoferrat (III), [Al(H2O)6]Cl3 - geksaakvoalyuminiy
xlorid.
4. Markaziy ionning oksidlanish darajasini nomlashda; markaziy ionning oksidlanish darajasi qavs ichida lotincha raqamlar bilan ifodalanadi. Masalan: [Cu(NH3)2].(OH)- diammin mis (I) gidroksid.
5. Ko’prik vazifasini o’tovchi gruppalarni nomlashda bir koordinatsion markaz, ikkinchisi bilan bog’lab turuvchi ko’prik vazifasini bajarayotganda, gruppalarni atashda, ularning oldiga μ harfi quyiladi. Masalan:

di- μ -gidroksooktaakvoditemir (II) xlorid yoki

di- μ -gidroksotetraoksalatodixromat (III) xlorid.
6. Geometrik izomerlarni nomlashda ularning ,,raqam” belgilaridan yoki ,,sis” va ,,trans” termenlaridan foydalaniladi:

Transdixlordiammin palladiy (II) yoki 1,3-dixlordiammin palladiy.
Oktoedrik kompleks birikmalarni nomlashda ham ,,raqam” belgilaridan va ,,trans”, ,,sis” terminlaridan foydalaniladi. Masalan: sis-dibromotetraamminrodiy (III) yoki 1,2-dibromo-3,4,5,6-tetraammin rodiy(III) ioni deb nomlash mumkin.

Kompleks birikmalarda struktura izomeriya va sterso izomeriyalari bor. Bularning birinchisida birorta legand ba’zi hollarda metal bilan koordinatsion bog’ orqali to’g’ridan-to’g’ri bog’langan bo’lsa, boshqalarida u kristal tuzining koordinatsion ta’sir doirasidan tashqarida bo’ladi. Uning quyidagi kompleks birikma [CrCl3(H2O)6] misolida tushuntirish mumkin [15].
[Cr(H2O)6]Cl3-binafsha rangli modda bo’lib, [Cr(H2O)5Cl]Cl2.H2O va [Cr(H2O)4Cl2]Cl.2H2O kompleks birikmalari esa, ko’k rangli moddalardir.
Lekin fazoda joylashuvi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Quyidagi ,,sis” va ,,trans” kompleks birikmada xlor ligandlar bilan yonma-yon holda yoki qarama-qarshi tomonlarga joylashishi mumkin.
Koordinasion sferada donor atomlarini turlicha joylashuvi hisobiga vujudga keladigan izomerya geometrik yoki sis va trans izomerya deyiladi.Yuqorida Pt(NH3)2Cl2 kompleks birikmadagi geometrik izomerlarning ko’rinishi tasvirlangan: a) sis-izomer va b)trans-izomerlar.
Bir-birining aksini ifodalovchi izomerlar optik izomerlar turiga kiradi. Optik izomeriya deb molekulalari simmetriya markaziga yoki simmetriya tekisligiga ega bo’lmagan va molekulyar massasi teng bo’lgan moddalarga aytiladi.
Optik faol birikmalar molekulalari simmetriya markaziga va simmetriya tekisligiga ega bo’lmaydi. Optik faollikning sababi sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1. Markaziy ion assimmetriya xususiyatiga ega bo’lishi.
2. Molekulaning ligandlari polidentat xususiyatiga ega bo’lishi sababli assimmetriya paydo bo’ladi.
3. Ligand atomlaridan birining assimmetriyaga ega bo’lishi (masalan, optik faol aminokislota koordinatsiyada qatnashgan holda) yoki koordinatsiyalangan atomda yangi bog’ paydo bo’lishi tufayli assimmetriya holati paydo bo’ladi [16].
Optik izomeriya hodisasi koordinatsion ionnong fazoda turlicha joylanishidan kelib chiqadi. Ayni koordinatsion birikmaning ikkala shakli bir xil molekulyar elektr o’tkazuvchanlik va kislota-asoslik xossalarga ega bo’ladi. Lekin ular boshqa optik faol moddalar bilan reaksiyaga kirishishi va birikishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, [Coen3]Br3 koordinatsion birikmaning l-shakli l-kvadratga, d-shakli esa d-kvadratga birikadi [17].
Optik izomeriya ham koordinatsion birikma tarkibidagi atomlarning fazoda boshqa-boshqa tarzda joylashishi natijasida hosil bo’ladi. To’rtta ligandi bir-biridan farq qiladigan tetraedik tipdagi kompleks [M(ABSD)] ni ko’rib chiqaylik. Bu shakllarning biri ikkinchisi ustiga qo’yilganida ularning ayrim o’xshash nuqtalari bir-birini qoplamaydi. M(ABSD) tarkibli tetraedrik koordinatsion birikma ichki simmetriya tekisligi mavjud emas. Bu koordinatsion birikmaning markazini kesib o’tgan tekislikning ikkala yon tomonida ham ikktadan turli xil ligandlar joylashgan bo’ladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin