Tarkibida metall atomi va gidroksil gruppalari tutgan murakkab moddalar gidroksidlar deyiladi (ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi). Ularning umumiy formulasi Me(OH)n bo‘lib, Me - metall atomi, n —gidroksil gruppalar soni (metalining valentligi).
Gidroksidlar suvda eruvchanligiga ko‘ra ishqorlar va asoslarga bo'linadi. Amfoter gidroksidlar ham mavjud. Asoslar tarkibidagi gidroksoguruhlar soni metall atomining valentligiga son jihatdan teng bo‘ladi, chunki gidroksoguruh shartli ravishda bir valentli.
Nomlanishi. Xalqaro nomenklaturaga muvofiq asoslarning nomi metall nomi bilan gidroksid so‘zidan hosil qilinadi. Masalan, NaOH— natriy gidroksid, KOH — kaliy gidroksid, Ca(OH)2 — kalsiy gidroksid. Agar element bir necha asos hosil qiladigan bo‘lsa, u holda asosning nomida gidroksid gruppalarining soni bilan ko‘rsatiladi. Fe(OH)2 — temir (II) gidroksid, Fe(OH)3 — temir (III) gidroksid. Bu nomlardan tashqari, ba’zi eng muhim asoslar uchun odat bo‘lib qolgan nomlar ham ishlatiladi. Masalan, natriy gidroksid NaOH— o‘yuvchi natriy, kaliy gidroksid KOH — o‘yuvchi kaliy, kalsiy gidroksid Ca(OH)2 — so‘ndirilgan ohak,bariy gidroksid Ba(OH)2 — o‘yuvchi bariydeyiladi.
ISHQORLAR deb, suvda yaxshi erib, kuchli dissotsilanuvchi gidroksidlarga aytiladi. Ularga: NaOH, LiOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2 lar kiradi. Ishqor - “o‘yuvchi” , “yemiruvchi” ma’nosini bildiradi. Ishqorlarning asosiy xususiyatlari suvda yaxshi erib, suvli eritmada deyarli to ‘liq ionlanishidir:
NaOH = Na++ OH- KOH = K++ OH-Ca(OH)2 = Ca(OH)++ OH- Ca(OH)+= Ca+2+ OH-
ASOSLAR — suvda kam eriydigan va juda kam dissotsilanuvchi gidroksidlardir. Asoslarga: Mg(OH)2; Fe(OH)2; Mn(OH)2; Cu(OH)2; Hg(OH)2 misol bo‘ladi. NH4OH — ammoniy gidroksidi, metall atomi bo‘lmagan yagona gidroksid ham asoslar qatoriga kiradi. Asoslar suvda oz eriydi, juda oz ionlanadi:
Fe(OH)2 = Fe(OH)++ OH-; Cu(OH)2=Cu(OH)++ OH-