Boshlang‘ich kimyo
|
II– BOB
|
I –QISM
|
ANORGANIK MODDALARNING ENG MUHIM SINFLARI
|
→∴ Parchalab bo‘lmaydigan moddani oddiy modda deb ataladi. Masalan, natriy, xlor, vodorod, kislorod.
→∴ Oddiy moddalar xossalariga ko‘ra metallar va metallmaslarga
bo‘linadi.
→∴ Metallar metall kimyoviy elementlarining atomlari dan tashkil topadi: masalan, mis Cu , natriy Na, kaliy K, temir Fe, magniy Mg, kumush Ag va b.
→∴ Metallmaslar metallmas kimyoviy elementlarining atomlaridan tashkil topadi: masalan, xlor Cl2, kislorod O2, ozon O3, oltingugurt S8, fosfor P4, azot N2 va b.
→∴ Metallar va metallmaslar ko‘pincha qarama-qarshi bo‘lgan turlicha fizik va kimyoviy xossalarga egadirlar (bu ularning atomlarining elektron tuzilishi turlichaligi bilan izohlanadi).
Davriy sistemadagi 118 elementning 97 tasi metallardir. I, II, III guruhning barcha elementlari (H va B dan tashqari) metallar. IV guruh bosh guruhchasida C va Si dan tashqari barcha elementlar metallar. V guruh bosh guruhchasida ikkita metall Sb va Bi. VI guruh bosh guruhchasida bitta metall Po. IV, V, VI, VII, VIII guruhlarning yonaki guruhchalarida barcha elementlari metallardir.
Qadimdan malum: 7 dona = oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo‘rg‘oshin, simob.
Faol metallar tuzlar holida uchraydi, o’rta faol metallar oksidlar, sulfidlar va sulfatlar holida uchraydi, passiv metallar erkin holatda uchraydi.
Metallar va metallmaslar ko‘pincha qarama-qarshi bo‘lgan turlicha fizik va kimyoviy xossalarga egadirlar (bu ularning atomlarining elektron tuzilishi turlichaligi bilan izohlanadi).
Ageregat holati: Hg va Fr dan boshqa barcha metallar qattiq. Metall yaltiroqligi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, plastiklik, cho‘ziluvchanlik hossalariga ega. Kristall panjara turi metall. Bog’ turi metall.
Metallmaslar. Ageregat holati: Qattiq (oltingugurt S8, fosfor P4, yod J2 va b.) Suyuq (brom Br2), Gazsimon (xlor Cl2, kislorod O2, ozon O3, vodorod H2, azot N2). Metall yaltiroqligi yo‘q, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi yomon yoki yo‘q. Kristall panjara turi: atom (olmos, bor), molekular (qattiq xlor, azot, kislorod uchun). Bog’ turi qutbsiz kovalent.
Dostları ilə paylaş: |