III BOB.Kremniy asosidagi AIIBVI binar birikmali fotopryomniklar
AIIIBV binar birikmalarning spektral bog’liqligiga qo’shimcha qizdirish(kuydirish)ning ta’siri
ZnSe binar birikmali kremniy asosidagi fotopryomnik tayyorlash.
Foydalanilgan material sifatida KDB 0.5 (n=4·1016 sm-3) materiali olindi, uni 10x8 mm2 o’lchamda namuna qirqib olindi. Undan so’ng namunaga mexanik ishlov (sayqallash(шлифовка))berildi. Tayyor bo’lgan namunani kukunli suvda 10÷15 minut vaqt davomida qaynatildi (sirt qismidagi yog’larni ketkazish uchun), shundan so’ng UVR-3M rusumli qurilma yordamida namuna yuziga alyuminiy kukunlari uchiriladi.
Tayyor bo’lgan namunani alyuminiy uchirilgan tomoniga suyuq fosfor eritmasi surtiladi shundan so’ng diffuzion pechka yordamida past xaroratli legirlash usulida 1100 0C xaroratda 1 soat mobaynida ochiq xavoda diffuziya qilindi. Diffuziyadan chiqqan namunani metal ustida sovutilib, HF (plavit kislota) yordamida namuna sirti kremniy oksididan kimyoviy tozalandi.[44]
Namunani to’rt tomonidan 15÷20 mkm olinib uni ikki tomonini tiplari termozond qurilmasi yordamida n-tip ekanligi aniqlandi. Namunani bir tomonidan 5÷7 mkm olingandan so’ng p-tip chiqdi, va namunada p-n o’tish xosil qilindi.
3.2 IK spektr sohasida ishlaydigan kremniy materiali asosida AIIBVI binar birikmali fotopryomniklarni tayyorlash texnalogiyasi
Bizda ishlab chiqilgan past haroratli diffuziyaning mohiyati quyidagilarni o’z ichiga oladi. O’rganilayotgan na‘munalar va diffuziya – kvars ampulasining hajmiga nisbatan massasi aniqlangan toza metal Rux va Selen moddalari va o’rganilayotgan na’munalar, ichidagi havosi so’rib olingan kvars ampulaga (ampuladagi bosm 10-6mm.sim ust.) joylashtirilgandan so’ng, ampula xona temperaturasida (T=300 K) SOUL-4 diffuziya pechkasiga joylashtiriladi. Avvaldan o’rganilgan diffuziya pechkasining harorati, ichida joylashtirilgan kvars ampulaning harorati bilan birgalikda 5 grad/minut tezlik bilan bosqichma – bosqich ko’tariladi. Na’munalar T=1200 ºC haroratga chiqqanidan so’ng xudi shu haroratda na’munalar t=2 soat vaqt davomida ushlab turiladi. [45]
Diffuziya pechkasining harorati T=1200 ºC haroratgacha 150÷200ºC/min etarlicha tezlik bilan 3 soat davomida ko’tariladi. So’ngra na’munalar joytashgan kvars ampula diffuziya pechkasi ichidan 200 ºC/sekund ega bo’lan tezlik bilan sovutiladi.
Olingan namunalar yuzasidagi har xil kirlarni tozalash uchun HF kislotaga solinadi va tozalanadi.Namunalarda qisqa tutashuv toki bo’lmasligi uchun yon taraflari tekislab olinadi.
Diffuziyadan olingan namunalarda p-n o’tish hosil qilinadi.Hosil bo’lgan namunalarni qisqa tutashuv toki va salt yurish kuchlanishi qiymatlari o’lchab olinadi va namular yuzasiga omik kantakt olinadi.
So’ngra namunalarni IKS-12 spektrometriga joylashtiriladi.
IKS-12 spektrometri har xil to’lqin uzunlikka ega bo’lgan nurlarni namunalar yuzasiga tushurilganda tok kuchi qiymatini ko’rsatib beradi. Bu qiymatlardan biz tok kuchini namuna yuzasiga tushayotgan hν (eV) energiya va λ (mkm) to’lqin uzunligiga bog’liqligini bilib olishimiz mumkin.[46]
P-n o’tish xosil qilingandan so’ng namunani parametrlari, Ikz, Vxx va spektral xarakteristikalari aniqlanadi.
Quyidagi jadvalda tarkibida ZnSe va Selen namunanlarini omik kontaktsiz
Iтем , Iкз , Uxx larni qiymatlari keltirilgan:
3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |