Mahalliy xalq bilimlari
Mahalliy xalq bilimlari va tajribasi - jamiyat hayoti yoki madaniyat sohasida yig'ilgan noyob bilimlar to'plamidir. Bu tushunchani ifodalash uchun «mahalliy tajriba», «tarixiy tajriba», «xalq tajribasi», «an'anaviy donolik» yoki «an'anaviy bilim» kabi terminlar ham qo'llaniladi. Bu tajriba odatda og'zaki adabiyot va madaniy marosimlar orqali avloddan avlodga o'tgan va qishloq xo'jaligini yuritish, ovqat tayyorlash, davolash, ta'lim, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va boshqa ko'plab sohalarda ishlatilgan hamda dunyoning turli burchaklaridagi jamoalarning barqarorligini saqlashga ko'maklashgan.
Mahalliy xalqlar (tubjoy elatlar)
Mahalliy xalqlar (shuningdek, «tubjoy xalqlar», «tubjoy aholi», «avvaldan yashaydigan aholi») har bir qit'ada va deyarli barcha mamlakatlarda bor. Barcha tubjoy xalqlar yer, suv va yovvoyi tabiat bilan chambarchas bog'liqlikda yashaydi. Ular barqaror hayot tarziga ega, atrofdagi tabiatni asrab, unga ehtiyotkor munosabatda bo'ladilar. Aksariyat tubjoy aholi hozirgi kunda ular huquqlarini tan olmaslik sharoitida, butunlay qirilib ketish xavfi ostida yashamoqda. Tubjoy aholi g'oyaviy tadbirlar bilan ustun madaniyat tarziga jalb etilmoqda.
Mahalliy o'simliklar
Muayyan hududda yoki biomda qadimdan o'sib kelayotgan o'simliklar, lekin ekzotik (masalan, inson tomonidan ko'paytirilgan yoki olib kelingan) o'simliklar emas.
Mahalliy hokimiyat organlari
Tuman, okrug, viloyat yoki shahar hududini kundalik faoliyati uchun mas'ul hukumat organlari. Mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga ko'pincha jamoat transporti va jamoat dam olish joylari (bog'lar, parklar, fontanlar, attarktsionlar va h.k.)ni ishlashini ta'minlash hamda tabiatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishni nazorati kiradi.
Militarizatsiya (qurollanish)
Ko'plab harbiy tuzilmalar(qismlar)ni tashkillashtirish hamda qurollarni takomillashtirish va qo'llash jarayoni.
Moddiy kapital
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun zarur narsalar, ya'ni jihozlar, asboblar, binolar, inshootlar va h.k. Kapital va insoniy kapitalga ham qarang.
Dostları ilə paylaş: |