Atrof muhit



Yüklə 119 Kb.
səhifə19/25
tarix12.11.2022
ölçüsü119 Kb.
#68784
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Atrof muhit

Turizm (sayyohlik)
Boshqa mamlakatlar yoki mintaqalardan keluvchilarni jalb qiluvchi sayohatlar va turlarni o'tkazish. Turizm sohasi dunyoda yetakchi mavqega ega bo'lmoqda, dunyodagi har 16 ishlovchidan bittasi shu sohada faoliyat ko'rsatmoqda. Turizmdan olinadigan foydalar tez orada neft savdosidan keladigan foyda miqdoridan ortishi mumkin.
Turmush sifati
Inson o'zini qulay his qiladigan hayot kechirish (turmush) darajasi. Turmush sifati bizning hayotimizni qulay va yoqimli qiladigan moddiy ne'matlar bilangina aniqlanmaydi. Shuningdek, u atrof muhit holati, boshqa insonlar bilan muloqotdan qoniqish, maqbul ishni ham qamrab oladi.
Tug'ilish darajasi
Bir yilda 1000 kishi hisobiga tug'ilgan chaqaloqlar soni.
To'yib ovqat yemaslik va noto'g'ri ovqatlanish
Inson sog'lig'ini va normal jismoniy faolligini ta'minlash uchun zarur oziq-ovqat miqdori va uning kundalik yemishi orasidagi nomutanosiblik tufayli yuzaga kelgan holat. Bu so'z asosan ovqat yetishmasligi sababli «yomon ovqatlanadigan» ma'nosini bildiradi, lekin diyetaga haddan ortiq berilish yoki oziq-ovqatlar (oqsillar, yog'lar, uglevodlar) nisbatini noto'g'ri tanlashni ham bildirishi mumkin. Diyetadagi bir yoki bir nechta mineral moddalar, vitaminlar yoki biofaol komponentlarning yetishmasligi (yoki ortiqligi) ovqatni yetarli darajada hazm qila olmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Noto'g'ri ovqatlanadigan odamlarning sog'lig'i yomon va ular infeksiyalar va kasalliklarga moyil bo'ladilar. Qashshoqlik - rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi to'yib ovqat yemaslikning asosiy sababidir.
To'g'onlar
To'g'onlar daryolar va daryo irmoqlari (daryo suvlari) tabiiy oqimini turli maqsadlarda boshqarish uchun quriladi. Bu maqsadlar: kemalar yurishi uchun suv sathini ko'tarish; sug'orish va sanoatni suv bilan ta'minlash uchun suvni to'plash; elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yuqori bosim manbasini yaratishdir. Shuningdek, ular jiddiy muammolarning sababchisi bo'lishi mumkin: yashash joylarini yo'qotish va mahalliy aholining o'rgangan joylaridan ko'chishi (to'g'onlar qurish vaqtida pasttekislik joylarni suv bosishi); daryoning quyi qismida joylashgan ekosistemalar yaxlitligini buzilishi; baliq ovlash hajmining kamayishi; to'g'onning qimmatli ozuqa elementlar va loyqalarni tutib qolishi - loyqa zarrachalarining daryoning quyi qismiga o'tmasligi u yerdagi tuproq unumdorligini pasayishiga sabab bo'ladi; qirg'oq eroziyasini kuchayishi.

Uglerod dioksid (karbonat angidrid)
Atmosfera havosi tarkibiga kiruvchi gazlar umumiy miqdorining 0,4% ni tashkil qiladi. Uglerod dioksid tirik organizmlarning hayot faoliyatida faol ishtirok etadi: u nafas olish jarayonida ajratiladi, o'simliklardagi fotosintez jarayonida hamda dengiz suvida erishi natijasida atmosferadan yutiladi. Uglerod dioksid eng muhim «issiqxona gazi» bo'lib, hozirgi vaqtda uning atmosferadagi miqdori dunyo miqyosida organik yoqilg'ini (ko'mir, neft va neft mahsulotlarini) yoqish hisobiga ortdi, bu esa o'z navbatida «issiqxona effekti»ni kuchayishiga olib kelmoqda. 
Uysiz
Uysizning ikkita umumiy ta'rifi bor: boshpanasi yo'q va ko'chada uxlashga majbur odam; yoki suvsiz, elektr energiyasiz va sanitariya sharoitlarisiz yomon maishiy sharoitlarda yashovchi odamlar. Boshpanaga ega bo'lish huquqi Inson huquqlari deklaratsiyasida belgilab qo'yilgan. Shunga qaramay, dunyoda 1 milliarddan ortiq odam zarur sharoitlarsiz yashamoqda. Ulardan 100 million odam umuman boshpanaga ega emas. Bu dunyo miqyosidagi muammo bo'lib, u rivojlanayotgan mamlakatlarda juda dolzarbdir.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin