Umrning uzunligi
Insonning kutilayotgan umr uzunligi (yillar). U insonning hozirgi paytdagi sog'lig'iga asoslanib, bashoratlanadi. Bu ko'rsatkich muayyan mamlakatdagi atrof muhit holatini, aholining sog'lig'ini, sog'liqni saqlashning sifatini va aholining turmush sharoitlarini aks ettiradi.
Unumdorligi past (unumsiz) tuproqlar
Unumdor qatlam(gumus)ning yetishmasligi, qurg'oqchilik yoki eroziyaga uchraganligi sababli qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish uchun sifati yomon va yaroqsiz tuproqlar. Unumdorligi past yerlar qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalanilayotgan bo'lsa, unumdorligini yanada kamayishiga, degradatsiyaga va hatto cho'llanishga uchrashi mumkin. Biroq, Yer sharining ko'p joylarida shunday yerlar va boshqa «mo'rt» hududlardan foydalanish kuchaymoqda, chunki ko'payib borayotgan aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yoki harbiy harakatlar natijasida mavjud haydaladigan yerlarning mahsuldorligining pasayishi sababli bunday yerlar o'zlashtirilmoqda.
Urbanizatsiya
Mamlakat aholisining shaharlarda yashaydigan qismini ko'payishi, shaharlar va sanoat hududlarining kengayishi. Bu holat odamlarning yashash va ishlash uchun yaxshi sharoitlarini izlab qishloqdan shaharga ko'chib ketishi bilan bog'liq.
Vabo
Inson yoki uy hayvonlarining o'tkir yuqumli kasalligi, odatda oshqozon-ichak faoliyatini buzilishi va organizmni suvsizlanishi sifatida boshlanadi.
Vetlandlar/namlangan yerlar Botqoqlik, balchiqzor, qirg'oqbo'yi turidagi botqoqlashgan yerlar. Ular eng unumdor va mahsuldor yerlar hisoblanadi. Vetlandlar Yer yuzasining 6%ni tashkil qiladi va barcha mamlakatlarda va har qanday iqlimda uchraydi. Ular baliqlar va boshqa jonzotlarni ko'payishi uchun bebaho joy hisoblanadi. Vetlandlar global gidrologik siklda ishtirok etadi, filtrlovchi tizimga o'xshab ifloslangan suvni tozalaydi, o'simliklar o'sishiga ko'maklashadi va suv sifatini yaxshilaydi. Vetlandlar maxsus xalqaro bitim - Ramsar Konvensiyasiga ko'ra muhofaza qilinadigan yagona ekosistemadir.