Atrof muhit



Yüklə 119 Kb.
səhifə24/25
tarix12.11.2022
ölçüsü119 Kb.
#68784
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Atrof muhit

O'rmonsizlanish
O'rmonni qayta tiklash tadbirlarini yo'qligi sharoitida o'rmon maydonlaridagi daraxtlarni yo'qotish (kesish). Daraxtlarning ildiz sistemasi tuproqni mustahkamlaganligi sababli o'rmonsizlanish tuproq eroziyasiga sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, daraxtlarni yo'qotish global isishni kuchaytiradi, chunki daraxtlar atmosferadagi «issiqxona gazlari» miqdorini kamaytiradi.
O'sish tezligi
Vaqt davomida biror ko'rsatkichning o'zgarishini boshlang'ich qiymatiga nisbatan foizlarda ifodalangan miqdori. O'sish tezligi bir necha xil ma'lumot berishi mumkin:
. o'zgarish bor-yo'qligi;
. o'zgarish qaysi yo'nalishda bormoqda (ortish yoki kamayish);
. bu o'zgarish qanday qilib bormoqda?
O'tish
Bu termin tug'ilish va o'lim darajasi past bo'lgan mamlakatlarda yuz berayotgan demografik o'zgarishlarga nisbatan qo'llanilmoqda. Bunday o'tishga ko'pgina omillar ko'maklashadi, jumladan: tibbiy xizmatni yaxshilash, erkin ta'lim imkoniyati, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash. Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlarning bir nechtasi o'tishning so'nggi pog'onalarida turibdi, shu vaqtda ko'pgina Afrika davlatlari o'tishning dastlabki bosqichlarida turibdi. Tug'ilish darajasi rivojlangan davlatlardagidek barqaror darajaga erishganda demografik o'tish yakunlanadi.
O'quv dasturi
Muayyan (tasdiqlangan) ta'lim kursi - fan yoki kursni o'rganish uchun zarur bilimlar mazmuni va hajmi. Rasmiy ta'limda o'quv dasturi rasmiy tashkilot, masalan, Ta'lim Vazirligi yoki Boshqarmasi tomonidan belgilanadi. O'quv rejasiga qarang.
O'quv rejasi
Muayyan fan yoki bilimlar sohasiga o'qitishda foydalaniladigan asosiy maqsadlar, mazmunlar, o'quv amaliyoti, resurslar va baholash strategiyasini qisqa shakldagi ifodasi. O'quv dasturiga qarang.

Chaqaloqlar o'limi darajasi
Yil davomida tug'ilgan 1000 chaqaloqqa nisbatan bir yoshga yetmay nobud bo'lgan chaqaloqlar soni. Sog'liqni saqlash yuqori sifatli va hammabop bo'lgan mamlakatlarda chaqaloqlarning tug'ruq vaqtida nobud bo'lishi kam kuzatiladi.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin