Yer osti suvlari Tuproqqa singadigan va sekin-asta yerning suv saqlaydigan qatlamlariga o'tadigan suv. Yer osti suvlaridan Yer sharining turli qismlarida foydalaniladi, lekin uning dunyo miqyosidagi zahiralari tugamoqda va kuchli ifloslangan. Yer osti suvlarining miqdori va sifatini o'zgarishi ular zahiralaridan haddan ortiq foydalanish, o'rmonsizlanish, pestitsidlarni ko'p ishlatilishi, ifloslantiruvchi moddalarni tog' jinslaridan yuvilish jarayonlari bilan bog'liq.
Yerlar degradatsiyasi (buzilishi) Yerlar sifatini yomonlashuvini ifodalovchi termin; u bir qator sabablar, jumladan eroziya, sho'rlanish, og'ir metallar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, cho'llanish natijasida ro'y berishi mumkin.
Yomg'ir suvi oqimini drenajlash tizimi Yo'l bo'yidagi kanallar, chuqurlar va ariqlardan iborat shahar infratuzilmasi; u yer osti kanallari tizimi bilan birlashtirilgan va ko'chalar, parklar, ko'lmaklar va uylar tomlaridan atmosfera yog'inlari (yomg'ir, erigan qor suvlari)ni yig'adi va yaqindagi suv havzasiga yo'naltiradi. Bu suv odatda tozalanmaydi, shu sababli odamlar o'z uylarini ta'mirlashda bo'yoqlar va boshqa kimyoviy moddalardan ehtiyot bo'lib foydalanishlari zarur, chunki bu moddalar yomg'ir suvini drenajlash tizimiga tushishi, va oqibatda yaqindagi suv havzasini (daryoni) ifloslantirishi mumkin. Suv sifatiga qarang.
Yog'och yoqilg'i Ovqat tayyorlash va suv isitish uchun ishlatiladigan o'tin. Aksariyat kambag'al qishloq jamoalarida yashovchi ko'p odamlar energiyaning boshqa manbalariga etisha olmaganliklari sababli o'rmondan asosiy energiya manbai sifatida foydalaniladilar. O'rmon resurslari zahiralarini kamayishi aholi sonining ko'payishi, sotish uchun yog'och tayyorlash tufayli o'rmon maydonlarining kamayishi hamda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanish uchun daraxtlarni kesib yer ochish sababli yuz bermoqda. Yog'och yoqilg'isidan keng foydalanish aholi sog'lig'i uchun ham xavf tug'diradi, chunki yog'ochni yoqish va o'rmon yong'inlari tutuni turli nafas yo'llari kasalliklariga sabab bo'ladi.
O'lim darajasi Bir yilda 1000 kishi hisobiga o'limlar soni.