Xlorftoruglevodorodlar (XFU)Vorislikning patriarxal udumi Uglerod, xlor va ftor atomlaridan tashkil topgan organik birikmalar. Xlorftoruglevodorodlar muzlatgichlar va havoni sovutgichlarda sovutuvchi modda sifatida hamda ba'zi bir polimerlarni olishda ishlatiladi. Ular ozon teshigi paydo bo'lishining potensial manbasi hisoblanadi va hozirgi vaqtda ulardan foydalanish kamayib bormoqda. Ozon qatlamini buzuvchi moddalar, Monreal Protokoli, ozon qatlami, global isish ga ham qarang.
Xolizm - hayot va jonsiz muhitning yaxlitligi falsafasi Yaxlit butun uni tashkil qiluvchi qismlar yig'indisidan kattaroq ekanligi haqidagi g'oya. Bu terminning atrof muhitga qo'llash - qaror qabul qilinayotganda barcha omillar: biofizik, ijtimoiy, siyosiy, geologik, ma'naviy va h.k. ni hisobga olishni bildiradi.
Xomashyo (xomashyo mahsulotlari) Foydalaniladigan yoki sotiladigan tabiiy tovarlar, masalan, temir rudasi, olmoslar, bug'doy, mis, neft, kofe va h.k. Ular iste'mol mollari deb ham ataladi.
Yakuniy baho Baholashning bu turi o'quv jarayonini oxirida o'quvchi erishgan darajani bilish uchun o'tkaziladi. U ko'pincha keyingi o'qish yoki ish uchun yaroqlilik haqida qaror qabul qilish uchun ishlatiladi. Joriy bahoga qarang.
Yashash joylarini yo'qotish Tabiiy ekosistemaning o'zgarishi jarayoni bo'lib, uning natijasida ekosistema degradatsiyaga uchraydi va u o'zining dastlabki holatini saqlay olmaydi. Hayvonlarning yashash va o'simliklarning o'sish joylarini yo'qotish ko'pincha inson faoliyati bilan bog'liqdir.
YMD (Yalpi milliy daromad) Mamlakatning tovarlar va xizmatlar bo'yicha yillik mahsuloti. YMD miqdori mamalakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun sarflangan xarajatlarni qo'shib yoki mamlakat barcha fuqarolarining daromadlarini (chet elda olinganlarini ham) qo'shib aniqlanadi. U yil davomida iste'mol uchun tayyorlangan barcha tovarlar va xizmatlarning to'liq bozor qiymati. Odatda xalqaro miqyosda solishtirish uchun AQSh dollarlarida hisoblanadi.