Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish


Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish. ahamiyati va zaruriyati



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə2/9
tarix01.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#121829
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arraboyev Sh Auditda boshqa auditorlarning ishi

1.Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish. ahamiyati va zaruriyati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida auditning ahamiyati barqaror o'sib bormoqda. Bu amaliy zaruriyat bilan bog'liq. Asosan barcha manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etilgan korxonaning yillik hisobotining ishonchliligini tasdiqlashdan manfaatdor bo'lgan korxona. Auditning iqtisodiy boshqaruvining boshqa shakllari bilan o'zaro yaqinligiga qaramay, ular o'rtasida tub farqlar mavjud.
Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keying bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi.
Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy ma’nosiga ancha yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa o’quvchilarga nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham atashgan. Shu toifadagi o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday bajarayotganligini, bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana shu holatdan ko’rinib turibdiki, auditorni mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirib, uning ishonchini qozonadigan shaxs desa ham bo’ladi.
Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy xalqalardan biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliyaxo’jalik faoliyatida muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Auditorlik tashkilotlari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Evropa va Amerika mamlakatlarida auditorlik faoliyati ko’p asrlik tajribaga ega. Audit rivojlangan huquqiy iqtisodiyot va zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Evropada shakllangan.
Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi tegishli tadqiqotlar va keng ommaviy muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada, hozirgi davrga kelib auditning mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil shakllari ishlab chiqildi, auditorlar uchun keng ko’lamdagi uslubiy materiallar nashr qilinmoqda va doimiy ravishda to’ldirib borilmoqda. Ularda auditorlik faoliyatining asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va turkumlangan.
Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan tajribalarini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro tajribani hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditning xalqaro standarti (AXS)3 ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda.
Xorijiy olimlar auditning dastavval G’arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini tekshirish va tasdiqlashdan iborat faoliyat sifatida shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj fikricha, auditorlik faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchi - tasdiqlovchi audit; ikkinchi - sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat so’nggisi, uchinchisi - riskka asoslangan audit.
Xorijda auditorlik faoliyati rivojlanish bosqichlariga ko’ra quyidagi
turlarga bo’linadi:


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin