Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish


-rasm. Auditor axborot almashinuvi tizimini o'ganishi10



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə6/9
tarix01.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#121829
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arraboyev Sh Auditda boshqa auditorlarning ishi

6-rasm. Auditor axborot almashinuvi tizimini o'ganishi10
Tashqi auditor va ichki auditorlar o‘rtasida axborot almashinuvi ichki auditorlar tashqi auditorlar bilan ochiq aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda va quyidagilarga rioya qilingan holda ayniqsa samarali bo‘lishi mumkin:
- Uchrashuvlar butun davr mobaynida tegishli oraliqlar bilan o‘tkazilgan;
- Tashqi auditorga tushuntirishlar berilgan va tegishli ichki auditorlik hujjatlari bilan tanishish uchun imkoniyatlar yaratilgan, ichki auditorlar e’tiborini tortgan har qanday muhim masalalar, agar ular tashqi auditorning ishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, unga xabar qilingan;
- Tashqi auditor ichki audit xizmatining ishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday muhim masalalar to‘g‘risida ichki auditorlarga xabar bergan.
Tashqi auditor tartib-taomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari yoki ularning ko‘lamiga ichki auditorlar ishining rejalashtirilayotgan ishiga ta'sir qiladi.
Agar ichki auditorlar ishi tashqi auditor tartib-taomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari yoki ularning ko‘lamini aniqlashda omil sifatida qaraladigan bo‘lsa, quyidagi masalalarni ichki auditorlar bilan oldindan kelishish foydali bo‘lishi mumkin:
- Mazkur ishni bajarish muddatlari;
- Audit ko‘lami;
- Moliyaviy hisobot uchun muhimlik darajasi (va, vaziyatga qarab, operatsiyalar, schyotlar qoldiqlari yoki ochib beriladigan ma’lumotning ayrim turkumlari uchun muhimlik darajasi yoki darajalari) va muhimlik chegarasi;
- Taklif qilinayotgan moddalarni tanlab olish usullari;
- Bajarilgan ishni hujjatlashtirish;
- Tekshirish va hisobotlarni taqdim etish tartib-taomillari
Ichki auditorlarning muayyan ishiga nisbatan bajariladigan auditorlik tartibtaomillari xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lami muhim buzib ko‘rsatishlar risklariga tashqi auditor tomonidan berilgan bahoga, ichki audit xizmatining ishiga berilgan bahoga va ichki auditorlarning muayyan ishiga berilgan bahoga bog‘liq bo‘ladi.
Bunday auditorlik tartib-taomillari, masalan, quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin