Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish


Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/9
tarix01.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#121829
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arraboyev Sh Auditda boshqa auditorlarning ishi

2. Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish.
Ichki auditorlarning muayyan ishidan foydalanish uchun tashqi auditor mazkur ishni baholashi va uning tashqi auditor maqsadlariga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlash uchun unga nisbatan auditorlik tartib taomillarini bajarishi lozim.
Ichki audit xizmatining maqsadlari tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati tomonidan va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar tomonidan belgilanadi. Ichki audit xizmati va tashqi auditorning maqsadlari har xilligiga qaramay, ichki audit xizmati va tashqi auditor o‘zlarining tegishli maqsadlariga erishish uchun qo‘llaydigan ayrim usullar o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Ichki audit xizmatining mustaqilligi va xolisligi darajasidan qat’i nazar, mazkur xizmat tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan moliyaviy hisobot xususida fikr bildirishda tashqi auditor uchun talab etilgandek mustaqil hisoblanmaydi. Tashqi auditor faqat bildirilayotgan auditorlik fikri uchun javobgar bo‘ladi va bu javobgarlik tashqi auditor ichki auditorlar ishidan foydalanganda kamaymaydi.

4-rasm.Ichki audit xizmati mavjud bo’lgan holda tashqi Auditorning maqsadlari.7

Tashqi auditor ichki auditorlar ishining zarurligi va undan foydalanish darajasini aniqlashi zarur.



5-rasm.Tashqi auditorni ichki audit xizmati mavjud qiladigan vazifalari8
Ichki auditorlar ishining audit maqsadlariga mosligini aniqlashda tashqi
auditor quyidagilarni baholashi lozim:
- Ichki audit xizmatining xolisligi darajasini;
- Ichki auditorlarning texnik kompetentligi darajasini;
- Ichki auditorlar ishi professional jihatdan qay darajada puxta
bajarilayotganini;
- Ichki auditorlar va tashqi auditor o‘rtasida samarali axborot almashinuvi o‘rnatilishi imkoniyatini.
Tashqi auditor tartib-taomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari yoki ularning ko‘lamiga ichki auditorlar ishining rejalashtirilayotgan ta’sirini aniqlashda tashqi auditor quyidagilarni ko‘rib chiqishi lozim. Birinchidan, ichki auditorlar tomonidan bajarilgan yoki bajariladigan muayyan
ishning xususiyati va ko‘lamini tekshirish.Ikkinchidan , operatsiyalar, schyotlar qoldiqlari yoki ochib beriladigan ma’lumotning
ayrim turkumlari uchun taqdimnomalar darajasida baholangan muhim buzib ko‘rsatishlar risklarini tekshirish.Uchinchidan, ichki auditorlar tegishli taqdimnomalarni tasdiqlash uchun to‘plagan auditorlik dalillarini baholashda mavjud sub’ektivlik darajasini.
Ichki auditorlarning muayyan ishidan foydalanish uchun tashqi auditor mazkur ishni baholashi va uning tashqi auditor maqsadlariga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlash uchun unga nisbatan auditorlik tartibtaomillarini bajarishi lozim
Ichki auditorlar tomonidan bajarilgan muayyan ishning tashqi auditor maqsadlariga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlash uchun tashqi auditor quyidagilarni baholashi lozim:
- Ish tegishli texnik ta’limni olgan va professional tajribaga ega bo‘lgan ichki auditorlar tomonidan bajarilganmi;
- Mazkur ishga nisbatan tegishli nazorat, ko‘rib chiqish va hujjatlashtirish amalga oshirilganmi;
- Ichki auditorlarga asoslantirilgan xulosalar chiqarish imkonini
beradigan tegishli auditorlik dalillari olinganmi;
- Olingan xulosalar mazkur sharoitlarda tegishli xususiyatga egami va
ichki auditorlar tomonidan tayyorlangan hisobotlar bajarilgan ish natijalari bilan mos keladimi;
- Ichki auditorlar tomonidan aniqlangan og‘ishlar yoki g‘ayrioddiy masalalar tegishli ravishda hal qilinganmi.
Agar tashqi auditor ichki auditorlarning muayyan ishidan foydalanayotgan
bo‘lsa, u auditorlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirgan ichki auditorlar ishini baholash va ularga nisbatan bajargan auditorlik tartibtaomillari xususida chiqarilgan xulosalarni kiritishi lozim.9
Auditning Xalqaro Standartlarining 610-standartiga muvofiq tadbirkorlik sub’ekti ichki audit xizmatining ishi audit uchun o‘rinli hisoblanadi, basharti ichki audit xizmatining faoliyati va vazifalari tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish bilan bog‘liq, auditor esa bajarish talab etiladigan auditorlik tartib-taomillari xususiyati yoki ularni bajarish muddatlarini o‘zgartirish yoinki ularning ko‘lamini qisqartirish maqsadida ichki auditorlar ishidan foydalanishni mo‘ljallayotgan bo‘lsa
Ushbu AXSga muvofiq tartib-taomillarni bajarish tashqi auditor muhim buzib ko‘rsatishlar riskiga bergan o‘z bahosini qayta ko‘rishiga turtki berishi mumkin. Binobarin, bu tashqi auditor tomonidan ichki audit xizmati ishining audit uchun o‘rinliligini aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashqi auditor ichki auditorlarning ishidan tashqi auditor tartibtaomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari yoki ularning ko‘lamiga ta’sir ko‘rsatish uchun boshqacha tarzda foydalanmaslikka qaror qilishi ham mumkin. Bunday vaziyatda tashqi auditor tomonidan ushbu AXSni keyinchalik qo‘llash talab etilmasligi mumkin .
Tashqi auditorning ichki auditorlar ishi audit maqsadlariga mos kelishi yoki mos kelmasligi to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarga quyidagilar kiradi:
Xolislik

  1. Ichki audit xizmatining tadbirkorlik sub’ekti doirasidagi maqomi va bu maqomning ichki auditorlar qobiliyatiga ta’siri obyektiv bo‘lishi lozim.

  2. Ichki audit xizmati boshqaruv yuklatilgan shaxslar yoki tegishli vakolatga ega bo‘lgan mansabdor shaxs oldida hisobot beradimi va ichki auditorlar boshqaruv yuklatilgan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etish imkoniyatiga egami.

  3. Ichki auditorlar bir-biriga zid keladigan biron-bir vazifalarga ega emasmi.

  4. Boshqaruv yuklatilgan shaxslar ichki audit xizmati bilan bog‘liq ishga joylashtirish xususidagi qarorlar ustidan nazoratni amalga oshiradimi.

  5. Tadbirkorlik sub’ektining ijrochi rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslar ichki audit xizmatiga biron-bir shartlar yoki cheklashlar belgilaganmi.

  6. Tadbirkorlik sub’ektining ijrochi rahbariyati ichki audit xizmatining tavsiyalariga amal qiladimi (agar amal qilsa, qay darajada) va buning qanday dalillari mavjud.

Ichki auditorlar tegishli professional tashkilotlarning (uyushmalarning) a’zolari hisoblanishi muhim.Ichki auditorlar tegishli texnik ma’lumotga va ichki auditorlar sifatida professional tajribaga egambo'lishi kerak. Ichki auditorlarni tanlab olish va ularga ta’lim berishga oid siyosatning belgilangan qoidalari mavjud ekaligi muhim.
Tashqi auditor tomonidan tegishli professional puxtalik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ichki audit xizmatining harakatlarini tegishli ravishda rejalashtirish, nazorat qilish, tekshirish va hujjatlashtirish amalga oshirilganligi tekshiriladi hamda audit bo‘yicha qo‘llanmalar yoki boshqa shunga o‘xshash hujjatlar, ish dasturlari va ichki auditorlik hujjatlarining mavjudligi va tegishli xususiyatini bilish.
Auditor axborot almashinuvi tizimini o'ganishi kerak.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin