Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish


-rasm.Auditor ekspert ishidan foydalanilganda omillar



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə8/9
tarix01.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#121829
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arraboyev Sh Auditda boshqa auditorlarning ishi

8-rasm.Auditor ekspert ishidan foydalanilganda omillar.18
- Ma’lumotlarning kelib chiqishini tasdiqlash, shu jumladan tasavvur hosil qilish va mazkur ma’lumotlarga nisbatan ichki nazoratlarini testlash (agar bu usulni qo‘llash mumkin bo‘lsa) va, vaziyatga qarab, ularni ekspertga topshirish.
- Ma’lumotlarni ularning to‘liqligi va ichki izchilligini nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.
Aksariyat hollarda boshlang‘ich ma’lumotlarni auditor testlashi mumkin.
Biroq, ayrim hollarda, auditor tomonidan jalb qilingan ekspert foydalanayotgan ma’lumotlar o‘z xususiyatiga ko‘ra ekspertning bilimlari sohasiga nisbatan yuksak texnikaviy hisoblanganda, boshlang‘ich ma’lumotlar shu ekspert tomonidan testlanishi mumkin. Agar boshlang‘ich ma’lumotlarni testlashni auditor tomonidan jalb qilingan ekspert amalga oshirgan bo‘lsa, auditor tomonidan jalb qilingan ekspert rasmiy so‘rov yuborish yoki mazkur ekspert testlarini ko‘rib chiqish ushbu ma’lumotlarning o‘rinliligi, to‘liqligi va aniqligini auditor tomonidan baholashning tegishli usuli bo‘lishi mumkin.
Agar auditor auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishi auditorning maqsadlariga mos kelmaydi, degan xulosaga kelgan bo‘lsa va auditor mazkur masalani 13-bandga muvofiq talab etiladigan, ham ekspert, ham auditor tomonidan qo‘shimcha ish bajarilishini talab qilishi yoki boshqa ekspertni yollash yoki jalb etishni talab qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha auditorlik tartib-taomillari yordamida hal qila olmasa, bu AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)da modifikatsiyalangan fikr bildirishni talab qilishi mumkin, chunki auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olmagan.
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da auditor tomonidan jalb qilingan ekspertga havola etish.Ayrim hollarda qonun yoki me’yoriy hujjat, masalan, davlat sektorida shaffoflikni ta’minlash maqsadida auditor tomonidan jalb qilingan ekspertga havola etishni talab qilishi mumkin. Ayrim hollarda modifikatsiyalangan fikr bildirilgan auditorlik hisobotida modifikatsiyaning tabiatini tushuntirib berish uchun auditor tomonidan jalb qilingan ekspertga havola etish o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda auditor tegishli havola etishni amalga oshirishdan oldin auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ruxsatini olishi talab etilishi mumkin.
Auditor bilan auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert o‘rtasida kelishiladigan masalalar.Auditor auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert bilan tuziladigan har qanday bitimga kiritish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan masalalar sanab o‘tiladi. Quyida keltirilgan ro‘yxat namunaviy bo‘lib, uzilkesil xususiyatga ega emas; u faqat ushbu AXSda ko‘rib chiqilgan masalalar bilan birga foydalanilishi mumkin bo‘lgan qo‘llanma sifatida ishlab chiqilgan. Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert bilan tuziladigan bitimga muayyan masalalarni kiritish to‘g‘risidagi qaror audit kelishuvining holatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ro‘yxat auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspert bilan tuziladigan bitimga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda ham foydali bo‘lishi mumkin.
Xulosa
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqqan holda ko'rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy, huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi ekanligi ko'zga tashlanmoqda.
Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etish va o'tkazish uslubiyati auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyoti va tajribasiga asoslanadi. Ammo auditni samarali tashkil etishda faqatgina audit uslubiyati emas, balki auditning huquqiy asoslari ham juda muhim rol o'ynaydi. Republikamizda auditorlik faoliyatini meyoriy tartibga solish asoslari takomillashib bormoqda. Kurs ishining yakunida xulosa qilib aytish mumkinki, standartlar asosida auditorlar boshqa auditorlar ishidan foydalanish sifat nuqtayi nazaridan baholanadi.
Standartlar audit tekshiruviga umumiy yondashuvni, tekshiruv ko'lamini, xulosa turini, te shiruv uslubiyatini va bu soha va illari amal qilishlari lozim bo‘lgan qonuniyatlarni belgilab beradi.Shu bilan birga, iqtisodiy muhitning o'zgarishi asosida umumiy standartlarga tuzatishlar, qo'shimchalar kiritilishi mumkin. Auditorlik faoliyati xalqaro standartlarining mohiyati va zarurligi ham shundaki, agar auditor tekshiruv davomida bu standartlardan chetlashsa, buning sabablarini asoslab bera olishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy integratsiyasiga asta-sekin qo’shila borishi barcha sohada bo’lgani kabi auditorli faoliyatida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda.
Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda.Ma'lumki, respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda o’zimizga hos va o’zimizga mos yo’lni tanlaganmiz. Shu boisdan barcha faoliyat turlarida qonuniy asoslarni barpo etar ekanmiz, avvalo, mana shu jihatni inobatga olishimiz lozim. Bu boradagi ishlarni yoritib berish maqsadida audit ishi sifatini nazorat qilishga bag’ishlangan xalqaro standartlarning farqli va o’xshash tomonlarini solishtirib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Xalqaro tajribani o’rganish maqsadida, shuningde uni O’zbekistonda auditorlik faoliyatiga tatbiq qilish sababli xalqaro standartlarning talablarini qiyoslash juda muhimdir. Auditning xalqaro standartlarda bayon qilingan maqsadlar bilan birga oshkora bajariladigan vazifalardan eng muhimi bu auditni amalga oshirish davomida auditorlik tashkilotlari hodimlarining burchlarini aniqlashdan iborat.
Chunki auditorli faoliyatida uchraydigan baxslarga sabab bo’ladigan savollar va muammolar ba’zida yechimsiz qolib etadi. Bu standartni oriy qilibgina qolmay, uni ma’lum bir muddatlarda yengilab, ta omillashtirib turish zarur. Shu bilan bir qatorda xalqaro auditorlik standartlaridan 240-sonli “Aldash va xato” deb nomlanuvchi standartni ham milliy standartlarimiz qatoriga qo’shishni taklif qilaman. Unda auditorli te shiruvlari vaqtida auditor duch kelishi mumkin bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyekt yoki biror bir tashkilot rahbari tomonidan qilingan xato yoki aldashli vaziyatlarga engroq to’xtalib o’tilish kerak. Bu auditorlik faoliyatining kelgusi davrlarda puxta va oson bajarilishiga zamin yaratadi.Odatda, guruh auditorlari tarkibiga kirishi mumkin bo'lgan tarkibiy auditorlarning yordamiga muhtoj bo'ladi va ular turli mamlakatlar va turli firmalardan bo'lishi mumkin. Erta va puxta rejalashtirish, har tomonlama guruh va tarkibiy auditorlar o'rtasidagi aloqa va samarali loyihani boshqarish hamda aniq va ishonchli hujjatlarni to'plash juda muhimdir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin