Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish


Auditorlar tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə7/9
tarix01.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#121829
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arraboyev Sh Auditda boshqa auditorlarning ishi

3. Auditorlar tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish.
Auditor bildirilgan auditorlik fikri uchun mutlaq mas’uldir va bu mas’uliyat auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanilgan holda ham pasaymaydi. Shunga qaramay, agar jalb qilingan ekspert ishidan
foydalanayotgan auditor ushbu AXS talablarini bajargach, auditor tomonidan jalb qilingan mazkur ekspertning ishi auditor maqsadlariga mos keladi, degan xulosaga kelgan bo‘lsa, u ish natijalarini yoki ekspertning o‘z sohasidagi xulosalarini tegishli auditorlik dalillari sifatida qabul qilishi mumkin

7-rasm. Auditorning ekspert ishlaridan foydalanish maqsadi.11
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert – Buxgalteriya hisobi yoki auditdan boshqa sohada kasbiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lgan, ishidan auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olishning yordamchi vositasi sifatida foydalanadigan jismoniy shaxs yoki tashkilot. Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert yo auditor tomonidan jalb qilingan (auditorlik tashkiloti yoki tarmoq firmasining partnyori yoki xodimi, shu jumladan vaqtinchalik yollangan xodimi bo‘ladigan) ichki ekspert, yo auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlarini tayyorlashda tadbirkorlik sub’ekti ular ishlaridan yordam sifatida foydalanadigan buxgalteriya hisobi yoki auditdan boshqa sohada kasbiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs yoki tashkilot.
Agar etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun buxgalteriya hisobi yoki auditdan boshqa biron-bir sohada kasbiy bilimlar va tajriba talab etilayotgan bo‘lsa, auditor auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish zaruratini aniqlashi lozim.
620-son AXS talablariga muvofiq bajariladigan auditorlik tartib-taomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lami vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur tartib-taomillar xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lamini belgilashda auditor ayrim, shu jumladan quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishi lozim12:
- Mazkur ekspertning ishi taalluqli bo‘lgan masalaning xususiyati;
- Mazkur ekspertning ishi taalluqli bo‘lgan masalada muhim buzib ko‘rsatishlar risklari;
- Audit nuqtai nazaridan mazkur ekspert ishining ahamiyati;
- Mazkur ekspert ilgari bajargan ish haqida auditorning bilimi va tajribasi;
- Auditorlik tashkilotida qabul qilingan sifat nazorati siyosati va tartibtaomillari ekspertning ishiga tatbiq etiladimi.
Auditor auditor tomonidan jalb qilingan ekspert auditorning maqsadlari uchun zarur bo‘lgan kompetentlik, qobiliyatlar va xolislikka ega yoki ega emasligini baholashi lozim. Auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert bilan bog‘liq holda, xolislikni baholash mazkur ekspertning ob’ektivligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan manfaatlar va munosabatlar mavjudligi xususida rasmiy so‘rov yuborishni o‘z ichiga olishi mumkin.
Auditor modifikatsiyalanmagan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti
(xulosasi)da auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishiga havola etishi mumkin emas, qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar shuni talab qilgan hollar
bundan mustasno. Agar bunday havola etish qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, auditor auditorlik hisoboti (xulosasi)da havola auditorning auditorlik fikrini bildirish uchun mas’uliyatini kamaytirmasligini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Agar auditor auditorlik hisoboti (xulosasi)da auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishiga havola etishni bunday havola auditorlik fikri modifikatsiyasini tushunish uchun o‘rinli bo‘lgani bois amalga oshirayotgan bo‘lsa, auditor auditorlik hisoboti (xulosasi)da bunday havola auditorning mazkur fikrni bildirish uchun mas’uliyatini kamaytirmasligini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishi auditorga quyidagi jihatlardan biri yoki bir nechtasida yordam uchun talab etilishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti va uning muhiti, shu jumladan uning ichki nazorat tizimi haqida tasavvur hosil qilish. Muhim buzib ko‘rsatishlar risklarini aniqlash va baholash. Moliyaviy hisobot darajasida baholangan risklarga nisbatan umumiy javob harakatlarini belgilash va amalga oshirish. Taqdimnomalar darajasida baholangan risklarga javoban bo‘lg‘usi auditorlik tartib-taomillarini ishlab chiqish va bajarish, shu jumladan nazoratlar testlarini o‘tkazish yoki mohiyati bo‘yicha tekshirish tartib-taomillarini bajarish. Moliyaviy hisobotlar bo‘yicha fikr hosil qilishda olingan auditorlik
dalillarining etarlicha tegishli xususiyatini baholash.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatiga buxgalteriya hisobi yoki auditdan boshqa biron-bir sohada kasbiy bilimlar va tajriba talab etilgan holda (masalan, bu ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi yoki tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati mazkur sohada kasbiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lmasligi mumkin) muhim buzib ko‘rsatishlar risklari oshishi mumkin. Agar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati zaruriy kasbiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lmasa, ushbu risklarni ko‘rib chiqishda tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanilishi mumkin. Tegishli nazorat vositalari, shu jumladan tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan jalb qilingan ekspert ishiga taalluqli nazorat vositalari ham (agar ular mavjud bo‘lsa) muhim buzib ko‘rsatishlar risklarini pasaytirishi mumkin.
Agar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda buxgalteriya hisobi yoki auditdan boshqa biron-bir sohada kasbiy bilimlar va tajribadan foydalanilayotgan bo‘lsa, buxgalteriya hisobi va audit sohasida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan auditor mazkur moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazish uchun zarur kasbiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lmasligi mumkin. Kelishuv partnyori kelishuv jamoasi va auditor tomonidan jalb qilingan, kelishuv jamoasi tarkibiga kirmaydigan har qanday ekspertlar jamuljam holda audit kelishuvini bajarish uchun tegili kompetentlik va qobiliyatlarga ega
ekanligiga ishonch hosil qilishi shart.13 Shundan keyin auditor kelishuv xususiyati, uni bajarish muddatlarini va kelishuvni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslar ko‘lamini aniqlashi lozim.14
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish talab etiladimi, agar talab etilsa, qachon va qay darajada foydalanish zarur, degan masalalarning hal etilishi auditorga bu talablarni bajarishga yordam beradi. Audit o‘tkazilishiga qarab yoki vaziyat o‘zgargan taqdirda, auditordan auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rish talab etilishi mumkin.
Shunga qaramay, buxgalteriya hisobi yoki auditdan boshqa tegishli sohada mutaxassis hisoblanmaydigan auditor mazkur soha haqida ekspertni jalb qilmasdan audit o‘tkazish uchun etarli tasavvur hosil qilishga qodir bo‘lishi mumkin. Bunday tasavvurni, masalan, quyidagilar yordamida hosil qilish mumkin:
- O‘z moliyaviy hisobotlarini tayyorlashda bunday kasbiy bilimlar va tajriba talab etiladigan tadbirkorlik sub’ektlari auditini o‘tkazish tajribasi.
- Muayyan sohada ta’lim olish yoki kasbiy rivojlanish. Bu, masalan, o‘quv kurslarini yoki auditorning tegishli sohadagi masalalar bilan ishlash qobiliyatini yaxshilash maqsadida mazkur sohada kasbiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lgan shaxslar bilan o‘tkaziladigan masalalar muhokamasini o‘z ichiga oladi. Bunday muhokama auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kelishuvni bajarish paytida yuzaga kelgan muayyan vaziyatlar to‘plami xususidagi maslahatlaridan farq qiladi, zero bunda mazkur ekspertga muayyan masala bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslangan tavsiyalar berish
uchun imkoniyat yaratadigan barcha tegishli faktlar taqdim etiladi.15
- Bunday kelishuvlarni bajargan auditorlar bilan masalalarni muhokama qilish. Biroq, boshqa hollarda auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun yordamchi vosita sifatida auditor tomonidan jalb qilingan ekspert
ishidan foydalanishni zarur deb hisoblashi yoki bu haqda qaror qabul qilishi mumkin. Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar, masalan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda o‘zi jalb qilgan ekspert ishidan foydalangani yoki foydalanmagani to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.
- Mazkur masalaning xususiyati va ahamiyati, shu jumladan uning murakkabligi darajasi.
- Mazkur masalada muhim buzib ko‘rsatishlar risklari.
- Aniqlangan risklarga javoban bajariladigan tartib-taomillarning kutilayotgan xususiyati, shu jumladan: auditorning bilimi va bunday masalalar borasida ekspertlar bilan ishlash tajribasi; shuningdek auditorlik dalillari muqobil manbalarining mavjudligi.
620-son AXSning talablarini bajarish uchun bajariladigan auditorlik tartib-taomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lami vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, quyidagi omillar boshqa holda talab etilganidan kengroq yoki boshqa auditorlik tartib-taomillarini bajarishni talab qilishi mumkin:
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishi sub’ektiv va keng ko‘lamli mulohazalar chiqarishni nazarda tutadigan ahamiyatli masalaga tegishli.
- Auditor ilgari jalb qilingan ekspert ishidan foydalanmagan va auditor
tomonidan jalb qilingan mazkur ekspertning kompetentligi, qobiliyatlari va ob’ektivligi haqida hech qanday tasavvurga ega emas.
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ayrim masala yuzasidan tavsiyalar berish uchun maslahatlashish o‘rniga auditning ajralmas qismi hisoblanuvchi tartib-taomillarni bajaradi.
- Ekspert auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert hisoblanadi va, binobarin, uning ishiga firmada qabul qilingan sifatni nazorat qilish siyosati va bu boradagi tartib-taomillar tatbiq etilmaydi.
Auditorlik tashkilotining sifatni nazorat qilish siyosati va bu boradagi tartib taomillari. Auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspert auditorlik tashkilotining partnyori yoki xodimi, shu jumladan vaqtinchalik xodimi bo‘lishi mumkin va, binobarin, mazkur tashkilotning Sifatni nazoratining xalqaro standarti yoki u bilan teng darajada qattiq bo‘lgan milliy talablarga mos keladigan sifatni nazorat qilish siyosati va bu boradagi tartib-taomillariga rioya qilishi shart.
Muqobil ravishda, auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspert tarmoq firmasining partnyori yoki xodimi, shu jumladan vaqtinchalik xodimi bo‘lishi mumkin va mazkur tarmoq firmasi sifatni nazorat qilish bo‘yicha auditorlik tashkiloti bilan umumiy siyosat va tartibtaomillarga ega bo‘lishi mumkin.
Auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert kelishuv jamoasi a’zosi hisoblanmaydi va sifatni nazorat qilish siyosati va bu boradagi tartib-taomillarga rioya qilishga majbur emas. Biroq, ayrim
yurisdiksiyalarda qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert kelishuv jamoasi a’zosi sifatida baholanishini talab qilishi mumkin va, binobarin, u tegishli axloqiy talablarga, shu jumladan mustaqillikka tegishli bo‘lgan talablarga va mazkur qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarga muvofiq boshqa professional talablarga rioya qilishga majbur bo‘lishi mumkin.
Kelishuv jamoalari, agar auditorlik tashkiloti (firma) yoki boshqa tomonlar
taqdim etgan axborot buning aksini talab qilmasa, auditorlik tashkiloti (firma)ning sifatni nazorat qilish tizimiga tayanishga haqli. Kelishuv jamoalari bunday tizimga qay darajada tayanishlari vaziyatga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi masalalarga nisbatan auditorlik tartib-taomillari xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lamiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
- Xodimlarni va ta’lim dasturlarini tanlab olish yo‘li bilan erishilgan kompetentlik darajasi va qobiliyatlar.
- Xolislik. Auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspertlar tegishli axloqiy talablarni, shu jumladan mustaqillikka qo‘yiladigan talablarni bajarishlari shart.
- Jalb qilingan ekspert ishining muvofiqligini auditor tomonidan baholash. Masalan, auditorlik tashkiloti (firma)ning ta’lim dasturlari auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspertlarga ularning kasbiy bilimlari va tajribasining audit o‘tkazish jarayoni bilan o‘zaro aloqasi haqida tegishli tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Auditorlik tashkiloti (firma)ning bunday ta’lim beruvchi va boshqa jarayonlaridan, masalan, auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspertlar ishining ko‘lamini belgilovchi protokollardan
foydalanish auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspert ishining muvofiqligini baholash bo‘yicha auditorlik tartib-taomillari xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lamiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
- Qonunchilik va me’yoriy hujjatlarning talablariga qat’iy rioya etilishini monitoring jarayonlari vositasida ta’minlash
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert bilan masalalarni kelishish.
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishining natijalariga bunday tayanish imkoniyati auditorning ushbu AXS talablarini bajarish uchun mas’uliyatini pasaytirmaydi
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kompetentligi, qobiliyatlari va ob’ektivligi.
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kompetentligi, qobiliyatlari va ob’ektivligi – bu auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishi auditorning maqsadlari bilan qay darajada mos kelishi to‘g‘risidagi masalaga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadigan omillardir. Kompetentlik auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kasbiy bilimlari va tajribasi xususiyati va darajasini aks ettiradi. Qobiliyatlar auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kelishuv vaziyatlarida o‘z kompetentligini qo‘llash ko‘nikmasini aks ettiradi. Qobiliyatlarga ta’sir ko‘rsatadigan omillarga, masalan, geografik o‘rin, vaqt va resurslarning mavjudligi kiradi. Xolislik noxolislik, manfaatlar to‘qnashuvi singari omillar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni yoki auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning professional yoki amaliy mulohazasiga boshqa omillar ta’sirini aks ettiradi.
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kompetentligi, qobiliyatlari va ob’ektivligiga doir ma’lumotlar ko‘p sonli manbalardan olinishi mumkin
bo‘lib, ular orasida quyidagilar bor:
- Ekspertning oldingi ishi bilan bog‘liq shaxsiy tajriba.
- Ekspert bilan muhokama qilish.
- Ekspertning ishi bilan tanish bo‘lgan boshqa auditorlar yoki shaxslar bilan muhokama qilish.
- Ekspert ega bo‘lgan malakalar, uning kasbiy tashkilot yoki sohaviy uyushmaga a’zoligi, ekspertda faoliyat olib borish huquqini beradigan litsenziya mavjudligi yoki sirtda e’tirof etishning boshqa shakllari to‘g‘risida bilim.
- Ekspert tomonidan yozilgan kitoblar yoki uning e’lon qilingan ishlari.
- Auditorlik tashkiloti (firmasi)ning sifatni nazorat qilish borasidagi siyosati va tartib-taomillari.
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kompetentligi, qobiliyatlari va ob’ektivligini baholashda ko‘rib chiqilishi o‘rinli bo‘lgan masalalar orasida
quyidagilarni aytib o‘tish mumkin: bunday ekspertning ishiga texnik standartlar yoki boshqa professional talablar yoinki mazkur sohadagi talablar, masalan, axloqiy standartlar va kasbiy tashkilot yoki sohaviy uyushma a’zolariga qo‘yiladigan boshqa talablar, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan akkreditatsiya standartlari yoki qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda belgilangan boshqa talablar tatbiq etiladimi.
Ko‘rib chiqish o‘rinli bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa masalalar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert kompetentligining mazkur ekspert ishidan foydalaniladigan masala uchun dolzarbligi, shu jumladan ekspert bilimlari sohasi doirasida har qanday ixtisoslashuv sohalari. Masalan, muayyan aktuariy mol-mulk va javobgarlikni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan bo‘lishi, biroq pensiya hisob-kitobi sohasida uning kasbiy bilimlari va tajribasi cheklangan bo‘lishi mumkin.
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning tegishli buxgalteriya va auditorlik talablari borasidagi kompetentligi, masalan, taxminlar va usullarni, shu jumladan, zarur holda, moliyaviy hisobotlar taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asos bilan mos keladigan modellarni bilish.
- Kutilmagan hodisa, sharoitlardagi o‘zgarishlar yoki auditorlik tartibtaomillari natijasida olingan auditorlik dalillari auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kompetentligi, qobiliyatlari va ob’ektivligiga berilgan dastlabki bahoni audit bajarilishiga qarab qayta ko‘rish zarurligini ko‘rsatadimi.
Xolislikka ko‘p sonli vaziyatlar tahdid solishi mumkin, masalan, shaxsiy
manfaatdorlik bilan bog‘liq tahdidlar, yon bosuvchilik bilan bog‘liq tahdidlar, tanish-bilishchilik bilan bog‘liq tahdidlar, o‘z-o‘zini tekshirish tahdidlari va qo‘rqitish bilan bog‘liq tahdidlar. Ehtiyot choralari ko‘rilishi bunday tahdidlarni bartaraf etishi yoki kamaytirishi mumkin, ayni vaqtda ehtiyot choralari yo tashqi tuzilmalar (masalan, auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning kasbiy uyushmasi, qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar) tomonidan yoki auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishlaydigan muhit (masalan, nazoratni sifat qilish siyosati va bu boradagi tartib-taomillar) tomonidan belgilanishi mumkin. SHuningdek muayyan audit kelishuviga xos bo‘lgan ehtiyot choralari ham ko‘rilishi mumkin.
Xolislikka tahdid solayotgan omillarning ahamiyatlilik darajasini baholash va ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning roliga va audit o‘tkazish nuqtai nazaridan ekspert ishining muhimlik darajasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ba’zan shunday vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinki, bunda ehtiyot choralari tahdidlarni maqbul darajagacha pasaytira olmasligi mumkin, masalan, agar auditor tomonidan jalb qilingan taklif etilayotgan ekspert audit qilinayotgan ma’lumotlarni tayyorlashda ahamiyatli rol o‘ynagan jismoniy shaxs hisoblansa, ya’ni, agar auditor tomonidan jalb qilingan ekspert tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan jalb qilingan ekspert bo‘lsa.
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert bilan masalalarni kelishish.Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishining xususiyati, ko‘lami va maqsadlari vaziyatga qarab sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin, xuddi shuningdek auditor bilan auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning tegishli vazifalari va majburiyatlari, auditor va jalb qilingan ekspert o‘rtasidagi munosabatlar xususiyati, muddatlari va ko‘lami ham o‘zgarishi mumkin. Binobarin, auditor tomonidan jalb qilingan ekspert tashqi yoki ekspert ekanidan qat’i nazar, bu holatlarni auditor va jalb qilingan ekspert o‘rtasida kelishish talab etiladi.
620-son AXSda qayd etilgan jihatlar auditor bilan auditor tomonidan jalb qilingan ekspert o‘rtasidagi kelishuvning mufassallik darajasi va uni rasmiylashtirishga, shu jumladan kelishuvni yozma shaklda rasmiylashtirish zarurligi to‘g‘risidagi qarorga ta’sir ko‘rsatishi mumkin16. Masalan, quyidagi omillar kelishuvni boshqa hollarda talab etilganidan ko‘proq darajada mufassallashtirishni yoki kelishuvni yozma shaklda rasmiylashtirishni talab qilishi mumkin:
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert alohida delikat muomalani talab qiladigan ma’lumotlar yoki tadbirkorlik sub’ektining maxfiy ma’lumotlari bilan ishlaydi.
- Auditor va auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning tegishli vazifalari yoki majburiyatlari odatda kutiladigan vazifalar yoki majburiyatlardan farq qiladi.
- Ko‘pgina yurisdiksiyalarda foydalaniladigan qonunchilik yoki tartibga soluvchi organlarning talablari qo‘llaniladi.
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishi taalluqli bo‘lgan masala o‘ta murakkab masala hisoblanadi.
- Auditor mazkur ekspert tomonidan bajarilgan ishdan ilgari foydalanmagan.
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishining ko‘lami va o‘tkazilayotgan audit nuqtai nazaridan uning ahamiyati juda katta
Auditor bilan auditor tomonidan jalb qilingan ekspert o‘rtasidagi ahdlashuv
ko‘pincha xat-bitim shaklida tuziladi. Ilovada auditor fikriga ko‘ra bunday xat-bitimga yoki auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspert bilan tuziladigan boshqa har qanday shakldagi bitimga kiritilishi mumkin bo‘lgan masalalar sanab o‘tiladi
Auditor bilan auditor tomonidan jalb qilingan ekspert o‘rtasida yozma ahdlashuv mavjud bo‘lmagan holda, mazkur ahdlashuvning mavjudligini tasdiqlovchi dalillar qatoriga, masalan, quyidagilar kirishi mumkin :
- Rejalashtirish bo‘yicha memorandum yoki tegishli ish hujjatlari, xususan audit o‘tkazish dasturi.
- Auditorlik tashkiloti (firmasi)ning siyosati va tartib-taomillari.
Auditor tomonidan jalb qilingan ichki ekspert bilan bog‘liq holda, belgilab qo‘yilgan va mazkur ekspertga nisbatan tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan siyosat va tartib-taomillar siyosatning shu ekspert ishiga taalluqli bo‘lgan qoidalari hamda tartib-taomillarni o‘z ichiga olishi mumkin. Auditorning ish hujjatlari tarkibida tegishli hujjatlar hajmi bunday siyosat va tartib-taomillar xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar auditorlik tashkiloti (firmasi) mazkur ekspertning ishidan foydalaniladigan vaziyatlarni tavsiflovchi protokollarni mufassallashtirgan bo‘lsa, auditorning ish hujjatlarida tegishli
hujjatlar talab etilmasligi mumkin.
Tegishli vazifalar va majburiyatlar.Auditor va auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning tegishli vazifalari va majburiyatlarini kelishish, masalan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Auditor yoki auditor tomonidan jalb qilingan ekspert boshlang‘ich ma’lumotlarni mufassal testlashni amalga oshirishi yoki amalga oshirmasligi to‘g‘risidagi masala.
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishining natijalarini yoki mazkur ekspert chiqargan xulosalarni tadbirkorlik sub’ekti va boshqa tomonlar bilan muhokama qilishga auditorning roziligi va ushbu ekspert ishi natijalarining tafsilotlari yoki u chiqargan xulosalardan zarur holda auditorlik hisoboti (xulosasi)da modifikatsiyalangan fikrni ifodalash uchun asos sifatida foydalanish.
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertni auditor mazkur ekspertning ishi xususida chiqargan xulosalar to‘g‘risida xabar qilish haqidagi har qanday ahdlashuvi
Auditor va auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning tegishli vazifalari va majburiyatlarini kelishish, masalan, bir-birining ish hujjatlari bilan tanishish va ularni saqlash shartlarini kelishishni ham o‘z ichiga oladi. Agar auditor tomonidan jalb qilingan ekspert kelishuv jamoasi tarkibiga kirsa, mazkur ekspertning ish hujjatlari auditorlik hujjatlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Agar buning aksi to‘g‘risida biron-bir ahdlashuv mavjud bo‘lmasa, auditor
tomonidan jalb qilingan tashqi ekspertlarning ish hujjatlari ularning o‘ziga tegishli bo‘ladi va auditorlik hujjatlarining tarkibiy qismi hisoblanmaydi.
Axborot almashinuvi. Ikki tomonlama axborot almashinuvi auditor tomonidan jalb qilingan ekspert tartib-taomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lamini audit o‘tkazish bo‘yicha boshqa ish bilan tegishli ravishda birlashtirish va auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning maqsadlariga audit o‘tkazish jarayonida tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ko‘maklashadi. Masalan, auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishi auditorning ahamiyatli risk to‘g‘risidagi xulosalari bilan bog‘liq bo‘lsa, ham mazkur ekspertning ishi yakunlanganidan so‘ng taqdim etiladigan rasmiy hisobot, ham ishni bajarishga qarab beriladigan og‘zaki hisobotlar maqbul bo‘lishi mumkin. Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert bilan axborot almashinuvini amalga oshirish uchun muayyan partnyorlar yoki xodimlarni tayinlash, shuningdek mazkur ekspert va tadbirkorlik sub’ekti o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash uchun bajariladigan tartib-taomillarni belgilash, ayniqsa yirik kelishuvlarda, axborot almashinuvini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish imkonini beradi.
Maxfiylik -tegishli axloqiy talablarda nazarda tutialgan, auditorga nisbatan qo‘llaniladigan maxfiylikka rioya qilish to‘g‘risidagi qoidalar auditor tomonidan jalb qilingan ekspertga nisbatan ham qo‘llanilishi lozim.Qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda qo‘shimcha talablar belgilanishi
mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti ham auditor tomonidan jalb qilingan tashqi ekspertlar bilan maxfiylikka rioya qilish to‘g‘risidagi maxsus qoidalarni
kelishishi talab etilishi mumkin.
Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishining natijalari va u chiqargan xulosalar.Auditor tomonidan jalb qilingan ekspert ishining auditor maqsadlariga muvofiqligini baholash bo‘yicha maxsus tartib-taomillar, masalan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertga rasmiy so‘rovlar yuborish.
- Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ish hujjatlari va hisobotlarini ko‘rib chiqish.

  • Tasdiqlovchi tartib-taomillar, xususan:

  • Auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishini kuzatish;

  • E’lon qilingan ma’lumotlarni, masalan, obro‘li, hurmatga loyiq manbalardan olingan statistik hisobotlarni o‘rganish;

  • Uchinchi shaxslar tomonidan berilgan tegishli savollarni tasdiqlash;

  • Mufassal tahliliy tartib-taomillarni bajarish;

  • Hisob-kitoblarni takroran o‘tkazish

Taxminlar, usullar va boshlang‘ich ma’lumotlar.
Agar auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishi taxminlar va usullarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan hisoblab chiqilgan baholar zamirida yotuvchi modellarni (agar ularni qo‘llash mumkin bo‘lsa) baholashdan iborat bo‘lsa, auditorlik tartib-taomillari, eng avvalo, auditor tomonidan jalb qilingan ekspert mazkur taxminlar va usullarni tegishli ravishda ko‘rib chiqqanini baholashga qaratilishi mumkin.
Agar auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishi tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan tanlangan qat’iy baho bilan solishtirish uchun auditorning qat’iy bahosi yoki baholar diapazonini shakllantirishdan iborat bo‘lsa, auditorlik tartib-taomillari, eng avvalo, taxminlar va usullarni, shu jumladan auditor tomonidan jalb qilingan ekspert qo‘llayotgan modellarni
(agar ularni qo‘llash mumkin bo‘lsa) baholashga qaratilishi mumkin.
AXS 540 da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati hisoblab chiqilgan baholarni
hisoblash maqsadida foydalanadigan taxminlar va usullar, shu jumladan ayrim hollarda tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ishlab chiqilgan maxsus modellardan foydalanish hollari ko‘rib chiqiladi.17 Garchi mazkur masala auditor tomonidan tadbirkorlik sub’ektining taxminlari va usullari xususida olingan etarlicha tegishli auditorlik dalillari nuqtai nazaridan muhokama qilinsa-da, u auditorga auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning taxminlari va usullarini baholashda ham yordam berishi mumkin.
Agar auditor tomonidan jalb qilingan ekspertning ishi mazkur ekspertning ishi uchun ahamiyatga molik bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlardan foydalanishni nazarda tutsa, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni testlash uchun quyidagi tartib-taomillardan foydalanilishi mumkin:


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin