2-rasm. Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining klassifikatsiyasi .5 O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagidagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-677-son Qonunining 35-moddasida quyidagi tashkilotlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim :
• aksiyadorlik jamiyatlari;
• banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
• sug‘urta tashkilotlari;
• investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlovchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari;
• manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo‘lgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar;
• ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari;
• fond va tovar birjalari;
• hisobot yili yakunlariga ko‘ra quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik soni yuz nafardan ortiq bo‘lsa majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishlari kerak.
Tashabbuskorlik auditi korxonaning egasi yoki yuqori rahbariyatining iltimosiga binoan qoida tariqasida, soliq tekshiruvining muqarrarligini his qilganda yoki korxonaning moliyaviy holati to'g'risida obyektiv tasavvurga ega bo'lishni xohlasa amalga oshiriladi.
Dastlabki audit auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu korxonani birinchi marta tekshirishni anglatadi.
Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir korxona bitta auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi
3-rasm. Obyektiga ko’ra audit turlari .6
Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat bozori quyidagi xizmatlarni o’z ichiga oladi:
Rahbariyat jarayonlar va aloqalarni nazorat qiladi. Rahbariyat auditorlar tekshiradigan korxonalarning buxgalteriya tizimini nazorat qiladi. Rahbariyat nafaqat investorlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar uchun mas‘uldir, balki ushbu hisobotlarga kiradigan ma‘lumotlarning xususiyatlarini aniq bo’lishiga ham vakolatlidir. Shu bilan birga, rahbariyatdan bu jarayonga xolisona qarashini kutish ham qiyin masaladir.
Manfaatdor tomonlar bilan aloqa. Moliyaviy hisobotlar. Moliyaviy hisobot bu korxona faoliyatini bugungi darajasini belgilab beruvchi hisobot turi bo`lib, u nafaqat rahbariyatga balki undan foydalanuvchilarga ham u tuzilgan davri bo`yicha yetarli, aniq, ishonchli, o`rinli hamda kerakli ma`lumotlarni bera olishi lozim.
Kreditlashning ishonchliligi nazariyasi. Auditorlik xizmatlariga bo‘lgan talab bir necha xil nazariyalar bilan izohlanishi mumkin. Ruhlantirilgan ishonch va Agentlik munosabatlari nazariyasi kabi ba’zi nazariyalar yaxshi o‘rganilib, keng ommaga e’lon qilingan.
Ruhlantiruvchi ishonch nazariyasi. Ushbu nazariya 1920-yillar oxirida gollandiyalik professor Teodor Limperg tomonidan ishlab chiqilgan. Ilgarigi nazariyadan farqli o‘laroq, Limperg nazariyasi audit xizmatlariga ham talab, ham taklifni ko‘rib chiqadi.
Agentlik munosabatlari nazariyasi. Uott vassimmerman tomonidan taklif etilgan agentlik munosabatlari nazariyasida - nufuzli auditor (Hurmatga ega bo‘lgan auditorlar) – kutilgan natijalarga olib keladigan auditor nafaqat uchinchi tomon manfaatlari, balki rahbariyat manfaatlari uchun ham tayinlanadi.
Auditni tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Jamoatchilik nazorati kengashi. Buxgalteriya nazorati bo‘yicha kengashlar - hukumat yoki kasbiy komissiyalar so‘nggi yillarda auditorlarning ishini qayta ko‘rib chiqish va standartlarni o‘rnatish va joriy etishda faol ishtirok etishni boshladi.
Qonuniy javobgarlik. Umumiy umumiy huquq, yuridik qonunchilik bo‘yicha fuqarolik javobgarligi, qonunga muvofiq jinoiy javobgarlik va professional buxgalteriya tashkilotlari a’zosi sifatida javobgarlik.
Umumiy yuridik javobgarlik. Auditorlar uchun umumiy yuridik javobgarlik odatda ikkita toifaga bo‘linadi: mijozlar oldidagi majburiyatlar va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik.
Mijozlar oldidagi javobgarlik. Auditor tomonidan auditorlik tekshiruvida ehtiyotsizlik qilinganligi sababli, mijoz tomonidan taqdim etilgan odatiy fuqaroviy da’vo, auditor tomonidan moliyaviy hisobotdagi soxtalik yoki ishchilarning firibgarligini aniqlamaganligi to‘g‘risidagi da’vo.
Uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari. Uchinchi shaxslar audit mijozidan tashqari auditdan barcha manfaatdor tomonlarni o‘z ichiga oladi. Auditorlik firmasi uchinchi shaxslarga, masalan, soxta moliyaviy hisobotlarga tayanib, zarar ko‘rgan banklarga nisbatan javobgar bo‘lishi mumkin.