teatr, kino, badiiy adabiyot fojiaviylik bilan yonma-yon turadi: estetikaning
bu ikki mezoniy
tushunchasi o‘rtasida o‘ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo‘lib,
ular milliylik va
umuminsoniylik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadilar. Masalan, Shekspir va Shayxzoda asarlari bir
vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni ham fojiaviylikni namoyon etadi. Farq, Ulug‘bekning o‘limi
bilan Otteloning qismatida, xolos... San’atdagi ulug‘vorlik badiiy mazmun va shaklning barcha
imkoniyatlari
vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi.
Muhim
ahamiyatli g‘oya yuksak ruhlangan, muukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san’at asari
darajasining yuksakligi belgilab beradi. Bu holat hayotiy haqiqatdan qochishga emas, unga xizmat
qilishga da’vat etadi.
Tubanlik
-
insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir.
Nafosatshunoslik kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuyg‘u
paydo
qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan
aynanlashtirib bo‘lmaydi. Chunki,
xunuklik kishilarda
engil noxushlik tuyg‘usini paydo qilsa,
tubanlik esa
kuchli nafratlanish hissini uyg‘otadi.
Tabiat, hayvonot olamidagi xunuklik
tu-
banlikka aylanmaydi.
Dostları ilə paylaş: