Darsning borishi (reja): I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish III.Yangi mavzu bayoni: Topshiriq. Gaplarni o‘qing, morfologik vositalarning uslubiy o‘ziga xosligiga e’tibor bering.
1. Siz unda haqiqiy onalarni ko‘rajaksiz. (Cho‘lpon) 2. Safar hozirlig‘ini ko‘rgaysizlar! (O. Yoqubov) 3. O‘zingizni bosing! – dedim quruqqina qilib. (O‘. Hoshimov) 4. Do‘ppidakkina osh qilib qo‘yaman, aylanib ketay... (O. Yoqubov) 5. So‘rang, do‘ndiqchaning oti nima ekan? (Oybek) 6. O‘zlari-chi? O‘zlari shu darajaga yeta oladilarmi? (Isajon Sulton) 7. Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. (Hamid Olimjon)Siz bilasizki, grammatik qoidalar to‘g‘ri nutq tuzishning asosidir. Ammo aniq va ta’sirli nutq tuzish uchun grammatik vositalarning uslublarga xoslanishi, ma’no nozikliklari va ulardagi uslubiy o‘ziga xoslik, uslubiy bo‘yoqni ham hisobga olish zarur. Xususan, morfologik shakllarning barchasi hamma uslublarda aynan bir xil qo‘llanmaydi, ularning qo‘llanishida uslubiy o‘ziga xosliklar mavjud. Ularda emotsional-ekspressiv bo‘yoq nisbatan kam, funksional bo‘yoq – uslubga xoslanish esa anchayin sezilarli bo‘ladi. Masalan, kelasi zamon fe’lining -ajak qo‘shimchasi ko‘proq publitsistik uslubga xos, unda tantanvorlik ta’kidi yorqin aks etadi.
42-mashq. Uslubiy xoslangan morfologik vositalarni toping. Qanday subyektiv munosabat ifodalanayotganini ayting.
1. Ko‘zlarimga buncha tikilding, ayt-chi, jon qiz, ne sirni bilding? (E. Ne’matov) 2. Og‘a, sog‘ borsangiz, avval dadamlarga salom ayting. Yugurib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting (Hamza) 3. Mansur haydovchi bilan ishchisini ochiq yuz-la qarshi olib va ularning «Qorda qolgan izlariga qaraganda, to‘y bo‘pti» degan gaplariga kamtarona jilmayib, mehmonxonaga taklif etdi. (Sh. Xolmirzayev) 4. Nechuk jamolingni mendin yashirasen! (O. Yoqubov) 5. Ko‘zlar meni ettilar xumor, Tabassumlar yoqib qoldilar. (B. Boyqobilov) 6. Yo‘qsa, tarix bir kun bizdan Olajakdir alqasos, Nasibamiz bo‘lgay mudom: Eski hammom, eski tos. (E. Vohidov) 7. Usta qarigina, burni cho‘tirroq, ammo juda so‘zamol, mahmadona kishi edi. (Oybek) 8. Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim peshonasidan.(E. Vohidov)