1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


-Mavzu: Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə75/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Folklor mavzular

10-Mavzu: Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi
Reja:
1.Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi.
2.Lofning ijro xususiyati, unda satira va yumorning o’rni.
3.Loflarning kompozitsion-badiiy xususiyatlari. Dialog va mubolag’a — lof kompozitsiyasining asosi.
Lof — o’zbek xalq og’zaki ijodining o’ziga xos, alohida mustaqil janrlaridan biridir. Uning tabiatida epiklik va dramatiklik o’zaro uyg’unlashib ketganligi tufayli lof epizodik og’zaki drama namunasi sifatida ko’zga tashlanadi. Loflar sahnaga mo’ljallangan, satira va yumorga asoslangan, tomoshabinlar guruhining mavjud bo’lishini taqozo etadigan asarlar bo’lib, ular o’ziga xos ijro usuliga ega. Loflar askiyalar kabi so’zga chechanlik va hozirjavoblikni talab etadi. Harakatning kontrast asosida qurilganligi-yu, kuchli mubolag’aga asoslanishi bilan alohida ajralib turadi.
Loflar kishida bir lahzalik kulgu uyg’otib, unga cheksiz zavq-shavq bag’ishlashi bilan diqqatga sazovordir. Ularning sujeti dialog asosida quriladi. Lof aytish mubolag’ali savol-(epizod)ga undan kuchliroq mubolag’aviy mantiqiy javob qaytarishdan iborat so’zga chechanlik musobaqasi shaklida namoyon bo’ladi. Lofchilarning so’zamollik bobidagi tortishuvi bevosita lofni yuzaga keltiradi. Loflar hech qanday kirishlarsiz boshlanadi. Sujet yechimi esa latifalarnikidek favqulodda yuz beradi.
Loflar odatda ikki qismdan tashkil topadi: Birinchi qismida biror voqea yo hodisa boshlovchi tomonidan bo ‘rttirilgan holda bayon etilsa, ikkinchi qismida esa ikkinchi lofchining undan-da oshirib-topilgan javobi keltiriladi. Shu tariqa loflar sujeti birikib, yaxlit kompozitsiyali asarni tashkil etadi.
Loflarda badiiy shartlilik asar sujetining epizodik shaklda bo’lishi, voqealarning kechish vaqti, personajlarning xatti-harakati, nuqtalarning yagona maqsadga yo’nalganligi, yagona g’oyani ifodalashga bo’ysundirilganligida namoyon bo’ladi. Lof janri, asosan, qiziqchi va askiyabozlar, shuningdek, talantli, hayotiy tajribaga boy kishilar orasida shakllangan va ijro etilgan. Loflarda ko’pincha notabiiy voqealar, salbiy belgilar kulgi ostiga olinadi. Lofchilik, lof urish, lof aytish, lofbozlik o’z sajiyasiga binoan xalq og’zaki san’atining askiya, qiziqchilik masxarabozlik, latifago’ylik turlariga juda yaqin turadi.
Lofchilar ustoz-shogirdlik munosabati orqali maxsus tayyorgarlikdan keyin yetishib chiqqan. Hozir so’zga chechan kishilar tomonidan u keng ijro etilaveradi. Lof kishilarning o’zaro suhbatida ham tez-tez ishlatiladi. Bu esa loflarning kelib chiqish tarixi ijtimoiy zaruriyat bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Masalan, sovchilar nutqida lof ko’p uchraydi. Ular kelin va kuyovning maqtovini keltirishda lofdan obdon foydalanishadi.
Loflarning mavzu ko’lami keng qamrovlidir. Ular mazmunan ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Loflarda insonlarga xos go’zal fazilatlar ulug’lansa, ayrim shaxslarga xos yaramas xatti-harakatlar hajv ostiga olinadi. Jamiyatda uchraydigan illatlar ham loflarda satira tig’i bilan fosh etiladi.Loflar tuzilishiga ko’ra sodda va murakkab bo’ladi. Sodda tuzilishdagi loflarda sujet qisqa va favqulodda yechim topish xarakterida bo’ladi. Personajlar ikkitadan oshmaydi. Bayon qilinayotgan voqealar bir joyda yuz beradi. Masalan:
« - Yangi yilni oyda kutmoqchiman! - *debdi lofchi maqtanib.
- Oyga borsangiz, - debdi dehqon lofchi bo’sh kelmay, - men
ekib kelgan qovun-tarvuzlardan mazza qilib eng-u, o’zimga ham
ikkatasini ola keling».
Bu lof sodda tuzilishga ega bo’lib, unda faqat ikkita lofchining mubolag’ah dialogi keltirilgan, xolos. Murakkab tuzilishdagi loflarda ikkitadan ortiq lofchi ishtirok etadi. Shu bilan murakkab loflar sodda loflardan farq qiladi.
« - Qo’shnim xotinining zulmiga chiday olmay, o’zini 6-qavatdan tashladi, - debdi zo’r gap topganday maqtanchoq Ali lofchi. -Lekin bechora qo’shnim norasida bolalarini o’ylab, 4-qavatga yetganda yana ortiga qaytdi.
He, bu gap hech narsa emas. Xotinini ko’rsa dag’illaydigan bir qo’shnim o’zini 30-qavatdan tashladi-yu, yarmiga yetganida parashyut esiga tushib, qaytib chiqdi, —debdi Vali lofchi.
Shu ham gap bo’ldi-yu, - deb gapni ilib ketibdi Soli lofchi. -Xotinidan o’lguday qo’rqadigan bir tanishim o’zini endi 7-qavatdan yerga otaman deb turganida, xotini ko’rib qolib: —«Hoy, ortingga qayt!» — degan ekan, u 2-qavatga yetganida, yana bir sakrab, 7-qavatga, xotinining oldiga chiqib ohbdi».
Ana shunda loflami eshitib turgan Mamarayim: « O’sha sen ko’rgan odaming men edim»,— degan ekan.Ko’rinib turibdiki, har bir lofchi o’ziga xos mubolag’a yo’lini tanlab, bir-birini yengishga, gapda g’olib chiqishga harakat qiladi. Shu holat lofning asosiy mohiyatini tashkil etadi.
Murakkab loflar sodda loflarga qaraganda juda kam uchraydi.
Loflami mavzu yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’lib o’rganish mumkin:
1.Siyosiy loflar.
2.Ijtimoiy-maishiy loflar.
Siyosiy loflarlarda xalq vakillaridan tanlab olingan Boqi-Soqi yoki Esboy-Bekboy obrazlari orqali siyosiy tus olgan voqealar mubolag’alashtirilib keltiriladi. Ularda siyosiy ruh, siyosiy kayfiyat, voqelikka siyosiy munosabat ustunlik qiladi:«Amerikalik» sug’urtachi lofchilar bilan toshkentlik lofchi sug’urtachilar uchrashib qolishibdi:
- Ishni hal etishda hech kim bizga teng kelolmasa kerak, - debdi toshkentlik lofchi. - Bizda dushanba kuni vafot etgan mijozning merosxo’ri seshanba kuni ertalab sug’urta pulini sanab olaveradi.
— Namuncha imillamasalaring, — debdi xorijlik lofchi. — Idoramiz
osmono’par binoning 45-qavatida joylashgan. O’tgan hafta bir
mijozimiz 70-qavatdan o’zini tashladi. Biz esa unga derazamiz oldidan
uchib o’tayotganida aqcha chekini qo’liga tutqizib yubordik».Bu lofda jamiyat qusurlari-sansolarlik, buyruqbozlik, qog’ozbozlik kabi illatlar ustidan kulinmoqda.Ijtimoiy-maishiy loflar uyda, ko’cha-ko’yda, o’zaro qo’ni-qo’shnichilikda, ma’lum qishloq aholisi o’rtasida do’st-birodarlar orasida bo’ladigan mubolag’ali hangomalardan tashkil topadi.
Lofning kompozitsion asosini dialog tashkil etadi.
Lof uzoq — yillar davomida o’zbek folklorshunosligida epik tur tarkibiga kiruvchi mustaqil janr sifatida e’tirof qilindi. Lekin bu talqin asossizdir. Chunki lofda askiya va latifaga o’xshash hozirjavoblik, zukkolik yetakchilik qilishini, umumjanrmiqyosida hajv va yumoming hukmronligini e’tiborga olsak, uning xalq qiziqchilik san’ati tarkibida rivoj topganligini, aniqrog’i, dramatik turga mansub bo’lganligini kuzatish mumkin. Qolaversa, lof kompozitsiyasining dialog shaklida qurilganligi, ijro jarayonida ijrochi va tomoshabin — tinglovchilarning mavjudligi kabi xususiyatlar ham uning dramatik turga mansubligini tasdiqlab turadi.
Loflarning badiiyati o’ziga xosdir. Unda mubolag’aning har uchala turi — g’uluv, tablig’, ig’roq, o’xshatish, litota, jonlantirish, qarshilantirish behad serob. Ayniqsa, mubolag’a loflarda alohida o’rin tutadi. Lofdagi mubolag’alash usuli ertak va dostonlarda ham uchrab turadi.
Loflarda aksariyat hollarda qahramonlarning ismi o’zaro qofiyalangan bo’ladi. Ali, Vali, Soli kabi. Tovushlarning bunday uyg’unligi zamirida ham yumonstik kulgi yotadi. Xullas, lof — xalq qiziqchilik san’atining nodir namunasi bo’lib, hozirgi davrda ham faol yaratilmoqda.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin