1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə76/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Folklor mavzular

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Askiya. O’XI. Т.: G’ACN, 1970.
2.Askiyalar // O’zbek folklori ocherklari. 2-tom. Т.: «FAN», 1989, 163-176-b. lmomov K., Mirzayev Т., Sarimsoqov В., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Darslik. Т.: «O’qituvchi», 1990.
3.Imomov K. O’zbek xalq prozasi. Т., 1981.
4.Loflar / Askiya. O’XI. Ko’p tomlik. »T.: G’ASN, 1970, 111-122-b.
5.Mirzayev Т., Safarov O., O’rayeva D. O’zbek xalq og’zaki ijodi xrestomatiyasi. O’quv qo’llanma. — Т.: «Aloqachi», 2008.

11-Mavzu: Qo’g’irchoq teatrining shakllanish tarixi va tasnifi: chodir jamol, chodir xayol va fonus xayol teatrining asosiy belgilari, repertuarlari va personajlari

Qo’g’irchoq qadimiy turkiy so’Z sifatida Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida «Oxshanchik, oxshog’u, kuzurchik, qoborchuq» shakllarida qo’llangan bo’lsa, sug’diylarda «zocha va zochak» shaklida, A.Navoiy davri adabiyotlarida esa «lo’bat, lo’batak» shakllarida istifoda etilgan. «Zochak» hozir ham buxoroliklar lafzida qo’g’irchoqni anglatadi.


Qo’g’irchoq o’yini shunchaki qiz bolalar ermagi bo’lmay, xalqimizning qadimiy og’zaki teatri sifatida qaror topgan an’anaviy san’at hamdir. Uning qadimiyligini Umar Xayyom (1048-1123)ning tubandagi ruboiysi ham tasdiqlaydi:
Mo lo’batakonem-u falak lo’batboz,
Az ro’yi haqiqat, na ki az ro’yi majoz;
Bozicha hamekunem bar nati vujud,
Aftem ba sanduqi adam yak-yak boz.
Bu ruboiy Sh.Shomuhammedov tarjimasida shunday jaranglaydi:
Bizlar qo’g’irchog’-u, falak qo’g’irchoqboz,
Bu so’zim chin so’zdir, emasdir majoz.
Yo’qlik sandig’iga bir-bir tushamiz,
Vujud palosida o’ynagach bir oz.
Shuningdek, ruboiynavislikda uning an’analarini davom ettirgan Pahlavon Mahmud (1247-1326) ruboiysidagi tubandagi satrlarda ham shu fikrning rivojlantirilganligini kuzatish mumkin:
Quyosh charog’ bo’lsa, jahon bir fonus,
Qo’g’irchoqdek tunda biz sargardonmiz.
M.Qodirov garchi qo’g’irchoq teatrini «qo’g’irchoq o’yini» deb ta’riflab, uni dorboz, nayrangboz, chavandoz, ayiq, ilon, maymun o’ynatish va yog’och o’yini kabilar bilan bir qatorda qo’ysa-da, aslida jonli so’zlashuvda «Qo’g’irchoq o’yini» ifodasi bolalarning qo’g’irchoq o’ynashini anglatishini, binobarin, u nisbiy ma’nodagina qo’g’irchoq teatri hodisasini ifodalashi mumkinligiga u qadar ahamiyat bermaydi. Qolaversa, qo’g’irchoq o’ynayotgan qizaloq qo’g’irchoq­boz ham emas. Qo’g’irchoq vositasida biror hayotiy voqelikni ko’rsatish nfyatida qo’g’irchoqlarni o’ynatuvchi, ya’ni boshqarib turuvchi kishilar qo’g’irchoqborfar yoki korfarmonlar deb yuritiladi. Ular sahna oldida, yo sahna ortida turib, qo’g’irchoqlarning o’zaro munosabatiga aralashadilar, aniqrog’i, ularni harakatga solib, o’zaro munosabatga kirishuvlarini ta’minlaydilar. Наг bir qo’g’irchoqning ruhiyatiga, ko’rinishiga moslab ovoz beradilar, bunda ovozni turlantirish uchun tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka moslama) qo’yib oladilar. Binobarin, qo’g’irchoqlarni jonlantirib, voqelik mantiqiga mutanosib harakatga omuxta ovozda so’zlash uchun korfarmon (qo’g’irchoqboz)larda alohida aktyorlik iste’dodi shakllangan bo’lmog’i zarur. Qolaversa, ularning o’z leksikasi mavjuddir. So’z ularning asosiy quroli hisoblanadi. Ular jonli xalq tilidan ustalik bilan foydalanib, qo’g’irchoq ijro etayotgan personajning individualligini ta’minlaydilar.
Qo’g’irchoqbozlik san’ati sirlari esa o’tmishda avloddan-avlodga o’tishi uchun korfarmonlar o’z hunarlarini bolalariga o’tkazish asosida an’anaviylik kasb etgan. Buning uchun esa o’tmishda yurtimizda qo’g’irchoqbozlar alohida mahallalarda yashagan, hatto chetdan qiz ham olmagan va chetga qiz ham chiqarmay, o’z kasblarini farzandlariga o’rgatishgan. Faqat ko’rsatgan tomoshalaridan tushgan daromad evaziga ro’zg’or tebratishgan. Buxoroda o’g’lon darvozasi mahallasida qo’g’irchoqboz va sozandalarning yuzga yaqin oilasi yashagani ma’lum. Toshkentda ham Ko’kcha, Sebzor, Beshyog’och va Shayxontohur dahalarida qo’g’irchoqbozlar oilalari istiqomat qilishgaa
Qo’g’irchoq teatri o’ziga xos o’yin-kulgi vositasi bo’lib, xalqning ijtimoiy-maishiy turmush tarzi, axloq normalari, turli munosabatlarini satira va yumor orqali namoyish etish san’ati sanaladi. Qo’g’irchoq teatrining tarixiy-genetik ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Uning ilk ildizlari ajdodlarimizning o’tmishdagi urf-odatlari va marosimlariga bog’liq bo’lib, ibtidoiy insonning tabiat hodisalari oldida o’zini ojiz sezib, turli ma’budlarga sig’inishi, tabiiy ko’ringan hodisalarni ta’riflash maqsadida yasalgan ramziy shakllarga, totem sanalgan hayvonlar qiyofasini aks ettiruvchi niqoblarni kiyib, ritual raqsga tushishi hodisalari pirovardida qo’g’irchoq teatri yuzaga kela boshlagan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, qo’g’irchoq teatrining paydo bo’lishi dunyodan o’tgan ajdodlami teatrlashtirilgan holda yodga olish marosimi asosida yuz bergan. Bu marosim qoidasiga ko’ra, marhumning eng yaqin kishisi uning niqobini kiyib, xuddi o’sha marhumga o’xshab va o’xshatib gapirgan, harakat qilgan. Keyinchalik esa, bu marosim o’zidagi urfiy belgilarini yo’qotib, oddiy tomoshaga aylana borgan, ibtidoiy-mifologik ishonchlarning kuchsizlanishi va yo’qola borishi natijasida mazkur ramziy shakllar qo’g’irchoqbozlar qo’liga o’tib, tanqidiy vazifani ado eta boshlashi tufayli qo’g’irchoq teatri shakllangan. Qo’g’irchoq teatrining mavzulari kengaya boshlashi oqibatida niqoblar arsenali ham turfalashib ko’paya borgan. XI-X1I asrlarda O’rta Osiyoda qo’g’irchoq teatri juda tez rivojlangan. Temuriylar davriga keUb qo’g’irchoq teatri yanada gullab-yashnaganki, buni Alisher Navoiyning «Xamsa» asarida odamlar hayotini qo’g’irchoq teatriga o’xshatib ta’riflagani ham yaqqol tasdiqlaydi. Qolaversa, XY asrda yashagan Husayn voiz Koshifiy «Futuvvatnomayi sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati» asarining to’rtinchi fasli ikkinchi qismini maxsus «Qo’g’irchoqbozlar bayonida»gi sarlavha bilan xalq qo’g’irchoq teatrining tabiati va turlarini tavsiflashga bag’ishlagani bejiz emas. Jumladan, u yozadi: «Agar qo’g’hchoqbozlikning shartlari nimadan iborat, deb so’rasalar, aytgil: asosiy sharti shuki, qo’g’irchoq o’ynatuvchi dono bo’lsin va haqiqatdan bahra topsin. Qo’g’irchoq o’ynatuvchilarga xos narsalar nima deganda, chodir va peshband (peshtaxta), deb aytgil. Chodirda kunduzi, peshbandda esa kechasi o’yin ko’rsatiladi. Peshband deb sandiqni aytadilar. Sandiq ustida qo’g’irchoqlarni o’ynatadilar. Kunduzgi o’yinlarda qo’g’irchoqni qo’l bilan o’ynatadilar. Kechki o’yinlarda esa sandiq ustida bir necha iplar orqali qo’g’irchoqlarni harakatga keltiradilar».79 Bu mulohazalardan shu narsa ayonlashayotirki, XY asrdayoq qo’g’irchoq teatrining ikki turi keng rivoj topgan. Ayni zamonda esa uning uch ichki turi keng taraqqiy etayotir:
1. «Chodir jamol» qo’g’irchoq teatri. Bunda qo’g’irchoqlar qo’lga kiyihb, barmoqlar vositasida harakatga keltirilgan. Bu teatrda, asosan, uch ko’rinishli «Kachal Polvon sarguzashtlari» xalq komediyasi o’ynalgan. O’z-o’zidan ayonlashayotirki, bu teatming (komediyaning ham) bosh qahramoni Kachal Polvon bo’lib hisoblanadi. «Kachal» so’zining lug’aviy ma’nosi kal bo’lib, ko’chma holda «maymoq, qaltiroq, qo’rqoq» degan ma’nolarda qo’llanilib, istehzo va pichingni ifodalaydi. Shu ma’noda Kachal Polvonni maymoq Polvon, qaltiroq Polvon, qursoq Polvon deya kesatish, unga istehzo qilish va piching urish mumkin. Shu asosda Kachal uning laqabiga aylanib, bu bilan xalq unga hazil qilgan, uning ustidan tabassum etgan, muloyimgina jilmaygan. Aslida bunga uning bug’doy rang, qirg’iy burun, qayrilma mo’ylov, qora munchoqdan qilingan va yiltirab turuvchi qop-qora ko’zlari, yashil va ko’k rangli qalpog’i tagidan chiqib turgan qora sochlari, to’q qizil yoki sariq ko’ylagi, hamisha xushchaqchaq va sho’x qiyofasi hamda ziddiyatli va murakkab xarakteri muhim rol o’ynagan. Chindan-da, u bir tomondan, ozgina yengiltak, maishatparast, urishqoq, hovliqma, yalqov, boqibeg’am, maqtanchoq, kamuquv, ikkinchi tomondan, sodda. sho’x. beg’ubor. qo’rqmas, jasur, to’g’rilik va haqiqat yo’lida tolmas kurashchi. U xarakteridagi ana shu ikkinchi qutb tufayli hamisha g’olib chiqib, maqsadiga yetishadi, qolaversa, xuddi shu fazilatlari tufayli inglizlardagi Ponch, fransuzlardagi Polishinel, ruslardagi Petrushka, nemislardagi Gonivurt yoki Gansvurt, chexlardagi Kashparon yoki Kashparak, italyanlardagi Pulchinello, turklardagi Qorago’z yoxud Qora qiz va eroniylardagi Pahlavon Kachalga safdoshdir. M.Gorkiy to’g’ri ta’kidlaganidek, «u har kimni va hamma narsani, politsiya, poplar, hatto shayton va o’limni yengib chiqadi, o’zi esa o’lmay qolaveradi. Mehnatkash xalq bu qo’pol va sodda obrazda o’z xususiyatlarini, oqibat-pirovardida hamma narsani va barcha dushmanni yengib chiqishga bo’lgan ishonchini mujassamlashtirgan».
O’xshatmasa uchratmas deganlaridek, uning xotini Bichaxon ham o’ziga mostushgan, tabiatan ular bir-birini to’ldirib tursa-da, Bichaxon ham (ba’zan Oyimchaxon, Buvichaxon yoki Oyxonim nomlari bilan harakat qiladi) mazkur xalq komediyasining ikkinchi bosh qahramoni. U goh Kachal Polvonning xotini, goho esa*ma’shuqasi qiyofalarida harakat qiladi. U shahloko’z, bodomqovoq, qayrilmaqosh, oq badan. Yosh va suluv juvon. Yuzida bir dona xoli bor. Ikki yuzi qip-qizil. Egnida odmigina guldor ko’ylak (ba’zida rangdor, adras-shoyidan), boshida shoyi ro’mol va peshonabog’, bo’ynida bir shoda marjon. Tabiatan sho’x va o’ziga yetar darajada tannozligi ham bor. Xuddi shu xususiyatlari tufayli tomoshabinni o’ziga jalb eta oladi.
«Chodir jamol»da o’ynovchi qo’g’irchoqbozning kamida 20 ta qo’g’irchog’i bo’lgan. Spektakljarayonida shulardan 8-12 tasini qo’lga kiyib, 4-6 epizodni namoyish qilgan. U, asosan, kunduzi o’ynalganligi sababli «ro’z bozi» deb ham atalgan.
Professor M.Qodirov «Chodir jamol»da lOOdan ortiq qo’g’irchoq qatnashganini ta’kidlab, ularni tubandagicha to’rt guruhga taqsimlab tasvirlaydi:Satirik personajlar. rais, yasovul, sudxo’r, hoji kampir, tergovchi, ko’knori, dalla-sovchi...
Xalq tiplari: o’zbek, rus, qozoq, yahudiy, turkman, Abram mujik va Oyqiz Shura.
San’at ahli: sozanda, yallachi, masxaraboz, raqqosa, dorboz, maymunboz, tosboz...
Hayvonlar va afsonaviy maxluqlar. yalmog’iz kampir, ajdaho, shayton, qoravoy it va boshqalar.Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida o’zigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning g’oyaviy-badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq berishgan.
II. «Chodirxayol» qo’g’irchoq teatri. Bunihozir zamonaviylashtirib marionetka teatri deyiladi. «Chodir xayol» teatrida qo’g’irchoqlar harakati iplar yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga bog’langan qo’g’irchoqlar kechasi qora parda fonida harakatlantirilgani uchun iplari ko’zga tashlanmaydi va qo’g’irchoqlar go’yo o’zi harakatlanayotganday ko’ringani uchun tomoshabinlarda katta qiziqish hamda estetik zavq uyg’otgan. Bu teatrda, asosan, «Sarkardalar» xalq komediyasi o’ynalgan. Hozirgacha bu teatr repertuaridan bizga ma’lum bo’lgan yagona asar shu komediya bo’lib, uni 1927-yilda M.F.Gavrilov yozib olgan.
«Chodir xayol»da ham 100 ta qo’g’irchoq — personaj mavjud. P.A.Kamarov kolleksiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa hanuzgacha noma’lum. «Chodir xayol» spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. Shu vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qo’g’irchoq — personajlar ko’p. Chunonchi yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni Yo’ldosh yasovul shu silsilaga kiradi.Yo’ldosh yasovul boshida qora popugi osilib turgan qizil qalpoq kiyib olgan, ikki beti ham anordek qip-qizil, qirrador burni dumaloq yuzi ustida savlat to’kib turibdi. Yashil shalvor va havorang mundir kiyib olib, belini oq-qizil yo’1-yo’l tasma bilan mahkam bog’lagan, oyog’ida qora etik, chap qo’lida qamchi. Yuzlarida qo’rquv va dahshat ifodasi bor. Hayronlikdan og’zi ochilib qolgan, g’oyat siqilgannamo, birmuncha sodda, zahmatkash va dilkash qiyofadagi kishi sifatida harakat qilsa, boshqa personaj — qo’g’irchoqlar uning shu xatti-harakatini to’ldiradi. Bularni uch guruhga bo’lish mumkin:
San’at ahli. Bular aslida mehnatkash xalq vakillari bo’lib, Toshpo’lat dorboz, Parda karnaychi, raqqosalar — Lazokat poshsha, Saodat poshsha, Ernazar maymunchi, Orif jarchi ko’zaboz, Oysha xotin olmaboz, erkak-ayol parangi muallaqchilar, Shodmon botir qilg’izlardan iborat.
Satirik personajlar. Bular asli real tarixiy shaxslar bo’lib, Xudoyorxon, Puchuq oftobachi (ba’zan Abdurahmon oftobachi), O’ratepa begi Abdug’afforbek, Saydulla yuzboshi, Iso avliyo, Haraid qiyshiq o’g’ri, Said Botir qalandar, Qo’ng’irboy ko’mirchi singari personaj- qo’g’irchoqlar harakat qiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, «Chodir xayol» spektaklida kamida 50 tacha qo’g’irchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish zaruriyatga aylangan. Bu tomosha, asosan, kechqurun o’ynalganligi tufayli «Shab bozi» deb ham yuritilgan. III. «Fonus xayol yoki soya» qo’g’irchoq teatri. Bu teatrda tomoshalar qo’g’irchoq yoki qo’l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan.Ana shu uch turdan tashqari qo’g’irchoq teatrining yana bir shakli ham borki, unda ijrochi hamda qo’g’irchoq teng turishib tomosha ko’rsatishadi. Tomosha ularning dialogidan tashkil topadi. Har qalay bu hodisani qo’g’irchoq teatrining to’rtinchi turi sifatida e’tirof etish oyinga aylanib bormoqda.
Biroq mazkurto’rt turning faoli va keng tarqalgani hamda qadimiysi «Chodir jamol»va «Chodir xayol» bo’lib, ulardagi chodir va peshtaxta (sandiq) mohiyatini Husayn voiz Koshifiy snunday ta’riflaydi: «Agar chodir (xayma) nimaga ishora qiladi, deb so’rasalar, bu inson badaniga ishora, deb javob bergil. Chunki inson ichidan har lahzada yuz xil qo’g’irchoqlar bosh ko’taradi va tilga kiradi. Bu xayma, ya’ni badan ichida turli fe’1-ravishlar bo’lsa-da, biroq bularning hammasi yagona qudratning san’ati, ijodidan boshqa narsa emas.
Agar peshtaxta (sandiq) nimaga ishora etadi, deb so’rasalar, odamizod qalbiga ishoradir, deb aytgil. Zero, qalb ajoyib sandiq bo’lib, odamning ahvoli, xislatlaridan nishona berib turadi».81 Demak, chodir va peshtaxta (sandiq) inson tashqi va ichki olamini ifodalovchi ramziy vositalar sifatida qo’g’irchoq teatrining falsafiy-estetik mohiyatining zuhuroti sanaladi.
Qo’g’irchoqbozlarning repertuari rang-barang. Ularda, asosan, zulm va zo’rlik, hukmron tabaqa vakillarining noxush kirdikorlari, tovlamachi, ikkiyuzlamachi va munofiq kishilar hajv qilinadi. Shu bilan birga, qo’g’irchoqbozlar repertuarida xalq orasida ba’zan ertak, hajviya, hikoya va latifalar sujeti, qolaversa, mavjud hayot voqeligini aks ettiruvchi zamonaviy yangi pyesalar ham uchrab turadi. Ular yuksak g’oyaviyligi, o’tkir hajviy vazifani o’tashi bilan e’tiborni o’ziga tortib turadi. Yangi pyesalarda ham an’anaviy Kachal Polvon va uning xotini Bichaxonlar bosh obraz sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu esa, xalq komediyasining yozma adabiyotga ko’rsatayotgan samarali ta’siri natijasidir. Sh.Sa’dullaning «Kachal Polvon yoxud yog’och qo’g’irchoqning sarguzashtlari» ertak-qissasi va shu asosda yaratilgan multfilm buning yorqin dalili sanalishi mumkin.
Qo’g’irchoq teatri jahon xalqlarining barchasida mavjud umumfolkloriy hodisadir. Har bir xalqning o’z milliy ruhiyatini ifodalovchi milliy qahramoni bor. Endilikda xalqona qo’g’irchoq teatrlari ham professional teatrlarga aylana bormoqda. Ular qo’g’irchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (UNIMA) atrofiga uyushganlar. UNIMAning esa hozirgacha XII kongressi va qator festivallari bo’lib o’tdi. Ularda qo’g’irchoq teatrlari taraqqiyotining o’ziga xos tamoyillari belgilanib, ijro mahoratini tobora takomillashtirish va tajriba almashtirishga qaratilgan tanlov — ko’riklar ijobiy natijalar bermoqda.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin