1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə74/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Folklor mavzular

8-Mavzu: Askiya-so‘z san’ati turi.
Reja:
1. Og`zaki drama- xalq ijodining mustaqil janri.
2. “Askiya” atamasining mohiyati, janr tabiati va o`ziga xos ijro xususiyati, ichki turlari.
Xalq orasida og`zaki tarzda yaratilgan va xalq san’atkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan asarlar og`zaki drama deb ataladi. Og`zaki drama –xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan.
Askiya. Askiya istilohi arabcha «zakiy» so`zidan olingan bo`lib, «so`zamol zakovatli, o`tkir zehnli» degan ma’nolarni anglatadi. Askiya istilohi «zakiy» so`zini ko`plik shaklida «azkiyo» deb qo`llashdan va keyinchalik talaffuzda “z” tovushining jarangsizlanishi oqibatida kelib chiqqan.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Og`zaki drama nima? Uning janriy tabiatiga xos belgilar haqida so`zlang?
2.Og`zaki drama qanaqa ijro xususiyatlariga ega?
3.«Askiya» istilohining mohiyatini nima tashkil qiladi?
4.Askiya qanday ijro etiladi?
5.Askiyaning qanaqa ichki turlari bor?
6.Askiya badiiyati haqida nimalarni bilasiz?
9-Mavzu: Tomosha san’ati janrlari tahlili
Reja:
1. “Xalq tomosha san'ati” tushunchasi va uning mazmun mohiyati
2. Raqs san'ati
3. Turfa o‘yinlar
4. O’zbek qiziqchilik san’ati
5. Ot o‘yin
Boshqacha qilib aytganda, folklorshunoslik fan sifatida xalqning badiiy so‘z ijodigina (maqol, latifa, ertak, doston, afsona, topishmoq kabi) emas, balki muzika ijodi (qo‘shiq, kuy, yalla, ashula, yor-yor, alla, xalq cholg‘ulari va xakozo) bilan xalq tomosha san'ati (xalq teatri, raqsi, sirki singari) ni ham o‘rganishi. V.M. Belyaev, V.A.Uspenskiy, N.N.Mironov, ye.ye.Romanovskaya, Yu.Rajabiy, Il.Akbarov, F.M.Karomatov, K.A.Ahmedova kabi muzikashunoslar. Tomosha san'atini o‘rganishdagi ikkinchi davr etnografik-folkloristik davrdir. Shu to‘g‘rida so‘z borarkan, A.K.Borovkovning “Dorboz” M.F.Gavrilovning “O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatri” nomli risolalari, A.L.Troitskayaning “O‘zbekistonda xalq teatri”, ye.B.Baxtaning “Katta o‘yin” nomli yirik qo‘lyozma-tadqiqotlarini ta'kidlamasdan o‘tib bo‘lmasligi. M.Rahmonovning “O‘zbek teatri”, “O‘zbek teatri tarixi”, M.X.Qodirovning “O‘zbek teatri an'analari”, “Xalq qo‘g‘irchoq teatri”, T.X.Obidovning “Dorbozlar qissasi”, “O‘zbek sirk ustalari”, T.Tursunovning “Karim qiziq”, L.A.Avdeevaning “O‘zbekistonda raqs san'ati”, “Tamaraxonim”, “Mukarama Turg‘unboeva”, R.Karimovaning “Farg‘ona raqsi”, “Xorazm raqsi”, “Buxoro raqsi” kabi qator monografiya, broshyura, ocherk va qo‘llanmalarini eslab o‘tish o‘rinlidir.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin