asimmetrik joylashishidir. Jumladan periferik va integral oq sillar o'zaro
asimmetrik joylashgan. Plazmatik membrananing ichki yu zasid a asosan
fermentlar joylashgan b o ‘lsa, m em brana sirtida hujayraning boshqa
hujayralar bilan aloqasini ta’m iniovchi, tashqi signallam i qabul qiluvchi
oqsillar joylashgan, faqat oqsillar em as balki fosfolipidlar m olekulasi
ham asim m etrik jo y la sh g a n . M em branalarning u c h in c h i m uh im
xususiyati - moddalami tanlab o ‘tkazishidir.
M od dalarning m e m b r a n a la r orq ali o ‘tk a z ilish i
Membranalar orqali m oddalar o ‘tish ining uchta u su li - od d iy
d iffuziya, yengillashgan d iffu ziya va faol transport usullari tafovut
qilinadi.
A
B
47-rasm . Yengillashgan diffuziya
175
O d d iy diffuziya. H ,0 , C O ,, O , tipidagi kichik neytral molekulalar,
shuningdek past m olekulali gidrofob organik moddalar konsentratsiyasi
k o ‘p tom ondan konsenratsiyasi past tom onga o'tadi. O ddiy diffuziya
y o ‘ li b ila n o ‘ta d i, o d d iy d if f u z iy a u s u li d eb sh u n g a a y tila d i.
Y e n g illa sh g a n dijfu ziyada ham m oddalar konsentratsiya gradiyenti
tu fa y li, am m o m axsus m em brana tashuvchi oqsillari (translokaza,
p erm eaza) yordam ida membranalardan o'tadi. Bu oq sillam in g om i
g id rofil m oddalam i membrananing gidrofob qatlami orqali o'tkazib
berishidan iborat. Bu jarayonning m exanizm i 3-rasmda ko'rsatilgan.
A k tiv tra n sp o rt. Bu jarayonda oddiy va yengillashgan diffuziyadan
fa r q li r a v is h d a m o d d a la r k o n s e n tr a ts iy a s i p a st to m o n d a n
k onsentratsiyasi yuqori tom onga ATF energiyasi sarflanishi hisobiga
tashib o ‘tiladi. Masalan: k o 'p g in a m ineral m oddalar hujayralararo
suyuqlikdan hujayragayoki teskari tomonga o'tishi, aminokislotalaming
ichak b o ‘sh lig ‘idan ichak hujayralariga o'tishi, glyukozaning birlamchi
siydikdan buyrak kanalchalari hujayralari orqali qonga o ‘tishi. A ktiv
transportning ikki xili tafovut qilinadi. Moddaning tashilishida energiya
manbai ATF gidrolizida ajralgan energiya bo'lsa, birlamchi faol transport
d e y ila d i; o ‘z k o n se n tra tsiy a si g rad iyen ti b o 'y ic h a harakatlanib
borayotgan m odda y o ‘l-y o ‘lakay (bir y o ‘la) boshqa bir m oddaning
konsentratsiya gradiyentiga qarshi tom onga olib o ‘tishi - ikkilamchi
faol transport deyiladi (48-rasm ).
B a ’z i m ineral ionlam ing faol transporti transport A IF-azalar yoki
ion nasoslari ishtirokida ATF energiyasi hisobiga yuzaga chiqadi. Ion
n asoslari olib o'tilayotganda ionni tanlab turib biriktirib oladi; ATF
g id r o li z i e n e r g iy a s i m em b r a n a n in g ik k a la to m o n id a g i io n la r
konsentratsiyasi farqining energiyasiga aylanadi.
A TF-azaga 3 ta N a+ionlari birikishi fermentai faollashtiradi va u
A TFning parchalanishini katalizlaydi. Shu bilan birga fosfat qoldig'i
A TF-azaga birikadi. Natijada ferment konformatsiyasi o'zgaradi: ion
kanali membrananing ichki tomonidan yopilib tashqi tomondan ochiladi.
Shu bilan birga biriktirish markazlarining N a+ ionlariga yaqinligi 10
marta kam ayadi; N a+ ionlari fermentni tashlab chiqadi, termentga esa
K+ ionlari birikadi, K+ ionlari fermentni shu tariqa o'zgartiradiki, fosfat
q o ld ig ‘i g id ro litik y o ‘l bilan ferm entdan ajralib ketadi. N atijada
k onform atsiyasi yana o ‘zgarib qoladi, ion kanali tashqi tomonidan
yop ilib , ichki tomondan ochiladi. K+ionlariga yaqinlik kamayib, ular
s ito z o lg a ajralib chiqadi. N asosn in g to ‘la bir siklidagi ishi tufayli
hujayralar orasidagi moddaga uchta N a+ioni, teskari tomonga ikkita K
io n i o 'ta d i. N atriy-k aliy n a so si o rg a n iz m d a g i barcha h u ja y ra la r
sitoplazm atik membranasida m avjud. Shu nasosning ishi tufayli sito z o l
bilan hùjayralararo suyuqlik o'rtasida ionlar konsentratsiyalarining farqi
y u za g a k ela d i. N a +, K+ ion lari o d d iy d iffu z iy a y o ‘li b ila n h a m
membrariadan birmuncha o‘ta ola d i. B u konsentratsiyalar farq ining
k am ayishiga olib keladi. Natriy n a so si nerv impulsini o'tkazish u ch un
zarur b o ‘lgan ionlar konsentratsiyasi gradiyentini yuzaga k eltirish i
hamda N a + va K+ ionlaridan tashqari yana boshqa m oddalam i ham
membrana orqali o'tkazishda ishtirok etadi (simport, atiport y o 'li bilan).
Ca-ATF-aza - ko'p g in a hujayralaminig membranalarida Ca+
ionlami ATF energiyasi hisobiga konsentratsiya gradiyenti qarshisiga
olib o‘tadigan Ca-ATF-aza mavjud. Sarko'plazmatik retikulumda Ca-
ATF-aza m^b ran an in g barcha oqsillarining yarmidan ko'ra ko‘prog‘ini
taghlfíl etadi, u muskul tolasi qisqarishi - bo‘shashuvi siklini idora etib
turadigan mexanizmining bir qismidir. H'-ATF-azalar, vodorod ionlarini
membrana orqali haydab o ‘tkazib beradi. Ayni vaqtda protonlar
konsentratsiyalari farqi (Ph - farqi) ham, eleklr potensiallari farqi ham
yuzaga keladi. Ular jam b o iib proton elektrokimyoviy potensialini hosil
qiladi. H+-ATF-aza ishi hisobiga hujayraning ba’zi bo'limlarida kislotali
muhit yuzaga keladi (masalan: lizosomalarda, buyrak usti bezlari miya
qismida xromofin hujayralaming sekretor granulalarida).
Simport va antiport. Moddalar boshqa modda konsentratsiyasi
gradiyentining energiyasi hisobiga membrana orqali faol ravishda o‘tib
turishi mumkin. Bu holda ulaming tashuvchisi shu ikkala moddani
biriktirib oladigan maxsus markazlarga ega bo'ladi. Agar «X» modda
konsentratsiyasi tashqarida ichkaridagidan ko‘ra katta bo'lsa, bu modda
yengillashgan difluziya yo ‘li bilan o‘tib borishi mumkin. Tashuvchida
bir yo'la «X» modda bilan o‘tib boradigan «Y» modda uchun ham
biriktirish markazi bo'ladi («simport»), shu bilan birga «Y» modda o‘z
konsentratsiyasi gradiyentining teskarisiga qarab tashilishi ham mumkin.
Moddalaming o‘z konsentratsiyasi gradiyentiga qarshi, boshqa moddani
nning o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo‘ylab qilayotgan harakatiga
teskari yo'nalishida o ‘tib borishi - antiport ham xuddi shunga o‘xshash
tarzda yuzaga keladi.
Simport va antiport Na+ ionlari konsentratsiyasi gradiyenti energiyasi
hisobiga bo‘lib turishi mumkin. Masalan: aminokislotalarning ichakdan
va glyukozaning birlamchi siydikdan so‘rilishi shu yo‘l bilan boradi.
Demak, bunday hollarda birlamchi energiyasi manbai bo'lib ATF xizmat
qiladi: ATF energiyasi avval transmembrana Na+ konsentratsiyasi
gradiyenti energiyasiga aylanadi, keyin esa shu gradiyenti energiyasi
aminokislotalar yoki glyukozaning so‘rilib o'tishi uchun sarflanadi
(ikklamchi faol transport).
Buyrak usti bezlari miya moddasining xromoffm hujayralarida,
maxsus sekretor granulalarida adrenalin va noradrenalin gormonlari
to'planib boradi. Granulalar membranasida protonlarni sitozoldan
granula ichiga olib o'tkazadigan N+-ATF-aza bo‘ladi. Uning ta’sirida
proton elektrokim yoviy potensialini yuzaga keltiradi. So'ngra
elektrokimyoviy potensial energiyasi hisobiga gormonlar o'tib oladi:
granuladan o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo'yicha chiqib keladigan
ikkita protonga sitozoldan granula ichiga bitta gormon molekulasi o z
konsentratsiyasi gradiyentining qarshisiga o‘tib oladi (antiport).
Endotsitoz
Endotsitoz hujayralamingjuda keng tarqalgan funksiyasi bo‘lib, ular
membrana pufakchalari hosil qilish yo‘li bilan hujayraga muhitdan
piaymarik membrana qismi bilan birga moddalarm olib o‘tkazishdan
iborat. Erigan m»ddalar ham (erituvchining tomchilari bilan birga),
erimaydigan moddalar (zarrachalar) ham hujayralarga ana shu yo 1 bilan
o‘tadi (49-rasm).
49-rasm. Endotsitoz mexanizmi.
Erigan moddalami hujayralarga, o'tishi pinositoz, erimaydigan
moddalaming o‘tishi fagositoz deb ataladi. Leykotsitlar, makrofaglar
kapillyarlar endoteliysining hujayralari shu jihatdan ayniqsa, faol
bo‘ladilar, masalan, gepatotsitlar plazmatik membranasida joylashgan
retseptorlar qon plazmasining talaygina glikoproteoidlarini ushlab oladi.
Keyin esa bu oqsillar Endotsitozlanadi. Endotsitoz jarayonida bir necha
xil maxsus oqsillar ishtirok etadi. Bunda ATF energiyasi sarflanadi.
Endotsitoz natijasida hujayra o‘zini talaygina plazmatik membranasini
yutadi.
H ujayra membranasidagi retseptorlar
Hujayra tashqi membranasining asosiy vazifasi hujayra ichki
muhitini saqlash, hujayralararo kontaktiii ta’minlash. Hujayra sirtining
qurilishi va uning boshqa qo'shni hujayralami topib ular bilan kontakti,
hujayra faoliyatiga ta’sir etuvchi turli taassurotlami qabul qilinishi,
aw alo, tashqi membrana tarkibiga kiradigan glikoproteidlar bilan
bogiiq. Ular oqsil va D-glyukoza, D-galaktoza, D-mannoza, L-fruktoza,
N-atsetil-D-galaktazamin, N-atsetil-D-glyukozamin, L-arabinoza, D-
ksiloza, N-atsetil neyramin kislotalardan tarkib topgan. Hujayra
membranasiga xos funksiyalami bajaruvchi glikoproteidlar o'zaro
uglevod qism ining tarkibi va tuzilishi jihatidan farq qiladi.
M em brananing barcha funksiyalari, shuningdek, ABO guruh
spetsifikligi, organizmgayot bo‘lgan hujayralami tanib oluvchi to'qima
antigenlari, organizmga tushgan turli ksenobiotiklar yoki organizmning
o'ziga mansub turli gormonlar va boshqa birikmalami ushlab oluvchi
maxsus retseptorlar hammasi uglevod kompanentining tarkibi va
tuzilishi jihatidan farq qiluvchi maxsus glikoproteinlar guruhiga
mansubdir. Ulaming tarkibiga kiruvchi monosaxarid komponentlari
ma’lum tartibda joylashgan va bunday qurilish Goldji apparatidagi
glikozil-transferaza faoliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun glikozil-
transferazalar sintezini boshqaruvchi genlarning birontasida sodir
bo‘ladigan mutatsiya membrana fimksiyasining tug‘ma buzilishi bilan
b o g ‘liq b o ‘lgan turli xastaliklar kuzatiladi. Masalan: tungi
gem oglobinuriya kasalligi biologik m em branalar tug‘ma
patologiyasining bir ko'rinishidir. Membrananing orttirilgan kasalliklari
ham ko‘p va xilma-xil. Hujayra membranasini jarohatlovchi eng kuchli
omillardan biri erkin radikallar bo‘lib, ular organizmda ko'proq
ionlashtiruvchi yoki ultrafiolet nurlar hamda sun’iy polimerlar ta’sirida
ko‘p hosil b o iad i. Erkin radikallar patogen ta’siri ularning atomi
qurilishi bilan bogiiq. Odatda kimyoviy moddalar orbitasida juft
elektronlar mavjud, erkin radikallar tashqi orbitasida birgina elektron
joylashgan. Erkin radikallar bo'lmish OH%, H% va HOO* nurlanish
ta’sirida suvdan hosil bo‘ladilar. Bu radikallarning asosiy manba’laridan
biri kislorod bo‘lib, u odatdagi 0 = 0 o ‘miga 0 %-0 % shakliga o ‘tadi va
membrana patologiyasiga ko'proq uning suvda eruvchanligi sabab
bo‘ladi. Hujayra membranasi qutbsiz muhitni tashkil etadi va bunday
muhitda kislorod 7-8 marta qutbli muhitga qaraganda yaxshiroq eriydi.
Shuning uchun bam aromatik aminokislotalar, o‘ta to'yinmagan, yog‘
kislotalaming oksidlanib jarohatlanishi membranalarda kuzatiladi. Bu
birikm alar o ‘zidan vodorodni erkin radikalga beradi va o ‘zi
deformatsiyalanadi.
To‘yinmagan yog* kislotalari molekulasidagi qo‘shbog‘ yaqinida
joylashgan vodorod uglerod atomi bilan bo‘sh darajada bog'langan
bo‘lib, uni «allel» vodorod, u birikkan uglerod esa a-metilenli uglerod,
deb nomlanadi. «Allel» vodorodlar nisbatan faol atomlar bo‘lib, muhitda
oz miqdorda bolsada, oksidant mavjud bo‘lsa bu vodorod osongina
uning molekulasiga o‘tadi, natijada a-metilen uglerodini tutuvchi
radikallar markazi hosil b o ‘ladi, u o ‘ta faol b o‘lib o so n g in a
«pergidroksi» radikalga o‘tadi.
Shu tarzda «gidroperoksi» guruhlar yog‘ kislotalari molekulasidagi
a-metilen uglerodlariga birikadi, natijada membranalar strukturasi va
ftmksiyasining buzilishiga sababchi bo‘lgan reaksiyalar zanjiri sodir
bo‘ladi. Lipidlarning perekis oksidlanishi, deb ana shunga aytiladi.
Vitamin E, ubixinon, sulfgidril guruh tutuvchi oqsillar erkin radikallami
o‘ziga biriktiruvchi va perekis birikmalami zararsizlanishi tufayli ular
antioksidantlar deb yuritiladilar. Negaki, ular organizmda erkin
radikallar miqdorini kamaytiradi.
Masalan: alkogol intoksikatsiyasi natijasida yuzaga keladigan jigar
xastaligining antioksidantlar: tokoferol, askorbin kislota, pirozollar
yordamida oldini olish mumkin. Chunki bu kasallik gepatotsitlar
membranasida alkogol ta’sirida perekis oksidlanishining kuchayishi
oqibatida yuzaga keladi. Turli xil stress chaqiruvchi om illar,
ksenobiotiklar, infeksion omillar, zaharli moddalar ta’sirida kelib
chiqadigan va boshqa turli patologik holatlarda organizmda perekis
oksidlanish jarayoni kuchayishi va qonda malondialdegidlarning
ko‘payib ketishi kuzatiladi. Ulami klinikalarda davolash jarayonida
asosiy davolovchi omillar bilan birga turli xil antioksidantlardan
foydalanish yaxshi natijalar beradi. Ammo uning o'rni Golji apparatida
sintezlangan membrana hisobiga tiklanib turadi.
Lizosomalar membrana pufakchalaridan iborat bo‘lgan hujayra
organellalari bo'lib, ularda juda ko‘p xilma xil gidrolitik fennentlar
bo'ladi. Lizosoma suyuqligi kislotali muhitga (pH 5) ega. Kislotalik
H+-ATF-aza ta’sirida yuzaga keladi. Lizosomalar ham plazmatik
membranalar kabi Golji apparatida hosil bo'ladi. Lizosomalar vazifasi
Endotsitozlangan moddalami ham, hujayralanung o‘z tarkibiy qismrni
ham «hazm qilish», ya’ni depolimerlashdan iboratdir. Endotsitozlangan
moddalami «hazm qilish» geterofagiya deb atalsa, hujayranmg о z
tarkibiy qismlarini «hazm qilish» autofagiya, deb ataladi.
IX B O B
BIOLOGIK OKSIDLANISH
Biologik oksidlanish to ‘g‘risida tushuncha
Biologik oqsidlanish yoki to‘qima nafas olishi deb to'qimalarda
organik moddalami kislorod ishtirokida parchalanishi va karbonat
angidridining ajralishiga aytiladi. Bunday oksidlanish jarayonida
energiya ajralib chiqadi va o‘z tabiatiga k o‘ra ekzergonik jarayon
hisoblanadir
0 ‘z mohiyatiga ko‘ra biologik oksidlanish va yonish bir xil
jarayondir, chunki 1 molekula glyukozani yonishida ham, oksidlanishi
ham karbonat angidridi, suv va 686 kkal energiya ajralib chiqadi:
Ammo yonish jarayonidan farqli o ‘laroq, biologik oksidlanish past
haroratda, alangasiz va suv ishtirokida yuz beradi. Shuni aytish joizki,
O, inert gaz bo‘lib reaksiyaga to‘g‘ridan-to‘g ‘ri kirishmaydi. Bu jarayon
mexanizmini yoritib berishda bir necha nazariyalar yaratilgan:
1. Baxning perekisli nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra yengil
oksidlanuvchi moddalar ta’sirida kislorod molekulasining ikkala bog'i
emas, balki bitta bog‘i uziladi, so'ngra kislorod molekulasi o‘sha modda
bilan birikib, oraliq mahsulot sifatida peroksid hosil bo‘ladi. Bu esa
peroksidaza fermenti ta’sirida parchalanadi, ajralib chiqqan kislorod
oksidlanuvchi substrat bilan birikadi va oksidlangan modda hosil
boiadi.
2. V odorodning faollashuv n a z a riy a s i Palladin va V iland
tomonidan yaratilgandir. Bu nazariyaga k o ‘ra metabolitlar oksidlanishi
shu moddadan spetsifik degidrogenazalar ta’sirida H, ajralishi bilan
yuz beradi. Palladinning fikriga ko'ra ajralgan H, xromogenlar bilan
C6H60 I2 + 60, = 6CO,+ 6 H ,0 + 686kkal
biriksa, Vilandning fikricha esa O, bilan birikadi. Bu bir vaqtnmg o zida
substratning oksidlanishi va pigmentning qaytarilishi bilan kechadi.
Shuning uchun bu jarayon oksidlaming qaytanlish jarayoni hisoblanadi.
C H O , + 6 H ,0 +12R = 6C0, + 12 RH, (anaerob bosqich)
6 ‘ ' \ 2RH,2 + 6 0 2 = 12R + 6H20 (aerob bosqich)
3.
Varburgning elektrolitik nazariyasi. Elektron tashuvchi omillar
vositasida oksidlanuvchi metabolit elektroni hisobiga kislorodning
faollashuvi asoslangan nazariyadir. Bunda substraída elektronm
kislorodga tashib beruvchi omil vazifasini, biologik oksidlamshda
ishtirok etuvchi gemni fermentlarining tarkibidagi uch valentli temir
elementi bajaradi. Aktivlangan kislorod H+ ioni bilan birikib suv hosil
qiladi:
H
2H‘ (2 e )
g
/
+
2 F e w ________ _
S
+
2 F e ~
+
2H*
2
Fe '
+
» 0 3 --------►
2
Fe“ ‘
+
O
O '
+
2 H*
"
H ,0
4. Biologik oksidlanishni zamonaviy nazariyasi yuqorida qayd
etilgan uchala nazariyalami o‘z ichiga oladi va Sent-Derdvi nazanyasi
deyiladi. Bu nazariyaga asosan to'qimada metabolitning oksidlanishi
bir yo‘la proton va eiektronlarni ajralishi va ularning kislorod
molekulasiga birikishi bilan boradi. Ammo elektron va protonlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kislorod bilan birikmay, balki spetsifik fermentlar va
kofermentlar ishtirokida sodir bo'ladi.
B i o l o g i k
o k sid la n ish ferm en tiari. Proton va eiektronlarni
oksidlanayotgan metabolitdan kislorodga o'tkazilishi quyidagi 4 guruh
fermentlar ishtirokida yuz beradi:
1. Piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar;
2. Flavinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar;
3. Ubixinon;
4. Sitoxromlar.
Piridinga bog‘liq bo'lgan degidrogenazalar. NAD va NADr
ularning kofermenti hisoblanadi. Bu kofermentlar tarkibiga vitamin PP
hosilasi - nikotinamid kiradi. Tuzilishi jihatdan NAD va NADF
dinukleotid hisoblanadi. Ular nikotianamid va adenilat kislotadan tashkil
topgan. NADF, NADdan farqli ravishda adeninnukleotid ribozasining
uchinchi uglerod atomida qo‘shimcha fosfat kislota qoldig‘ini oladi.
Bu kofermentlar ko‘pchilik oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda
ishtirok etadi. Bunda substratdan ajralib chiqayotgan 2 ta vodorod
atomining bittasi to iiq nikotinamid tarkibiga kirib, ikkinchisi esa
vodorod ioni sifatida muhitga o‘tadi.
Hujayrada NAD miqdori NADFga nisbatan ko'pdir. Lining taxminan
60% mitoxondriyada, 40% esa sitoplazmadadir. NADga bogiiq boigan
degidrogenazalar asosan mitoxondriyalardagi nafas olish zanjirida
proton va elektronlar tashilishida ish tiro k etadi va aerob
degidrogenazalar hisoblanadi. NADF ko‘proq sitoplazmadadir va unga
bogiiq boigan degidrogenazalar proton va elektronlami biosintetik
reaksiyalarda tashiydi hamda anaerob degidrogenazalar hisoblanadi.
Ko‘pchilik piridinga bogiiq boigan degidrogenazalar ikki valentli
metall ionlari bilan kuchli bogian g and irlar. Ular kofermentni
apoferment bilan bogianishini ta’minlaydilar.
Flavinga bog'liq bo ‘Igan degidrogenazalar prostetik gruppa sifatida
FAD yoki FMN tutishadi. Ulaming asosiy tarkibiy qismi boiib vitamin
B, - riboflavin hisoblanadi. P irid in g a b o g iiq b o ig a n
degidrogenazalardan farqli o ia ro q , flav ing a b o g iiq b o ig a n
degidrogenazalar bir va undan ko‘p FAD va FMN tutadilar, oqsil qismi
bilan kuchli bogiangandir va murakkab oqsil - flavoproteidni hosil
qiladi.
Vbixinon yoki koenzim Q mitoxondriyalarning lipid qismidan ajratib
olingan b o iib xinon halqasi va uzun izoprenoid zanjiridan iborat. FAD
va FMNdan proton va elektronlar oldin semixinon radikalini hosil qiladi,
so‘ng esa ikkinchi elektronni qo'shib olib to iiq qaytarilgan shaklga
o‘tadi. Ubixinondan elektronlar sitoxromlarga o ‘tkaziladi, protonlar esa
tashqi muhitga o‘tadi.
Sitoxromlar. Hayvonlar va o‘simliklar mitoxondriyalarining ichki
membranasida 5 xil sitoxromlar bor: b, c, c,,. a, va a3, tashqi
membranasida - b5, endoplazmatik to‘rda esa bs va P450. Barcha
sitoxromlar gemoglobin va mioglobinga o'xshash temir-porfirin
prostetik gruppasini tutadi. Ammo ulardan farqli sitoxromlarning
funksional faol holati, ternir valentligining qaytar o ‘zgarishi bilan
bogiiqdir. Shu asosda ular nafas olish zanjirida elektronlar tashiydilar.
Boshqa sitoxromlardan farqli ravishda sitoxrom C mitoxondriyalar ichki
membranasining tashqi tomonida joylashgan. Sitoxromoksidaza 2
molekula sitoxrom a l, 4 molekula sitoxrom a3 va 2 atom mis tutadi.
Sitoxrom oksidaza yog* tutuvchi gem oproteid hisoblanadi va
elektronlami kislorodga uzatadi hamda o‘z-o‘zini oksidlash xususiyatiga
egadir.
Nafas olish zanjiri. Varburg, Keylin, Grin, Mitchell, Skulachev
izlanishlari nafas olish zanjiri komponentlarini mitoxondriyalaming
ichki membranasida joylashishini aniq ko'rsatib berdi. Nafas olish zanjiri
quydagicha tuzilishga ega (50-rasm).
50-rasm. Mitoxondriya nafes olish zanjirining tuzilishi.
Nafas zanjirida H+ kislorodga tashilishi sitoxrom tizimisiz, KoQ dan
to‘g‘ri kislorodga o'tadi. ElektronJar esa - butun zanjir bo‘ylab harakat
qiladi. Bunda NAD dan K.oQ ga qadar ikkita elektronli tashilish bo'lsa,
sitoxromlarda - bir elektronlidir. Proton va elektron tashuvchilar
nadmolekulyar strukturaga birlashib mitoxondriyalarning ichki
membranasida nafas ansamblini hosil qiladilar. Bunda ulaming prostetik
guruhlari chayqalish va aylanma harakatlar natijasida bir-birlari bilan
bogianishlari mumkin. Ulaming oqsil qismlari esa tashqi tomonda
joylashadi.
Mitoxondriyalarda joylashgan nafas olish zanjiri to‘liq, qisqartirilgan
va qisqa bo‘lishi mumkin. To‘liq nafas zanjiri quyidagilardan tuzilgan:
S H 2— > N A D — » F R — > K o Q — >b— >
0
(
0
, ) ^ a ( a 3) - + 1 / 2 0 2^ H 2Q
NADga bogiiq bo‘lgan substratlarga a-ketoglutarat, izotsitrat, malat,
piruvat, glutamat va boshqalar kiradi. Ular o ‘zining proton va
elektronlarini NADga beradi. Toiiq nafas zanjirida 3 molekula ATF
sintezlanadi. P/0=3.
Qisqartirilgan nafas zanjirida substratlar o ‘zlarining proton va
elektronlarini FPga beradi. Bulaming asosiv substratlari bo‘lib suksinat.
glitserin, yog* kislotalari va boshqalar hisoblanadi. Bu substrantlaming
nafas zanjirida oksidlanishi natijasida 2 molekula ATF hosil boiadi. P/
0
=
2
.
SH2—*FP—*KoQ—»b—»c(c.,) ->a(a3) ->1/202^ H 20
Qisqa nafas zanjirida FPdan proton va elektronlar molekulyar
kislorodga beriladi va vodorod peroksidi hosil boiadi. Ammo bu modda
hujayralar uchun zaharlidir, shuning uchun u peroksidaza yoki katalaza
fermentlari ta’sirida tezda parchalanib suv hosil qiladi. Bunda barchà
ATF sintezlanadigan uchastkalar tushib qoladi, ATF sintezlanmaydi.
(P/0=0).
SH2->FP-^02^ H 20 2^ H 20+1/202.
ATF sintezi bilan sarflangan kislorod o itasida miqdoriy bogiiqlik
bor. Ular P/O deb belgilanadi va forsforillanish koeffitsiyenti deyiladi.
Bu har bir atom O, sarflanishi natijasida qancha miqdorda anorganik
fosfor atomi ATF holatga o'tishini ko‘rsatadi. Bu ko'rsatkich toiiq nafas
olish zanjirida 3 ga teng, qisqartirilganda - 2 ga, qisqada esa - 0 ga
teng.
Mitoxondriyalarda elektronlar tashilish tezligi va ATF sintezi asosan
ATF, ADF va Fn miqdoriga bogiiqdir. Substratlar konsentratsiyasi
yetarli boigan vaqtda kislorodning ishlatilish maksimal tezligi ADF
miqdori yuqori, ATF'miqdori esa past boiganda kuzatiladi. Ajratib
olingan mitoxondriyalarga inkubatsion eritmada substraf va Fn yetarli
boigan vaqtda oz miqdorda ADF qo‘shilishi, nafas olishini tezlashishiga
olib keladi. Bu ADF miqdori tugaguncha va undan ATF to iiq hosil
boiguncha davom etib susayadi. Chunki ATF oksidlanish ingibitori
hisoblanadi. Bu holat, ya’ni nafas olish tezligining ADF miqdoriga
bogiiqligi nafas nazorati deyiladi. Bu holat to'qimalarda ham kuzatiladi.
Masalan: muskullarda tinch holatda ATF miqdori yuqori, ADF esa kam
boiadi. Mushaklaming qisqarishi ATF miqdorini kamayishiga, ADFni
esa oshishiga olib keladi. Natijada to‘qimaning nafas olishi tezlashadi.
Mitoxondriyalaming ichki membranasida joylashgan nafas olish
zanjiri hujayrada asosiy energiya generatori hisoblanadi va turli
metabolitlarning kimyoviy energiyasini fosfat b o g i energiyasiga
aylantiradi. Proton va elektronlarai nafas olish zanjiri orqali o'tishida
uning har bir komponenti erkin energiyasining o ‘zgarishi kuzatiladi.
Jumladan, bir juft proton va elektronlar NAD dan O, o'tishida ulaming
erkin energiyasi -0,32V dan to +0,82V gacha o'zgaradi. Natijada 52,7
kkal energiyani ajralishi kuzatiladi. Bu energiya birdaniga emas, balki
bosqichma-bosqich ajraladi: NAD+ - 0,32; FAD+ - 0,05; KoQ+ - 0;
sitoxromlar b— +0,04, c - +0,21, c ,- +0,26, a — +0,29, a, - +0,55, O, -
+0,82V. ATF sintezi uchun 0,22V yoki 7,3 kkal energiya sarflanadi.
Bunday energiya to'liq nafas olish zanjirining 3 qismida ro‘y beradi:
NAD+ bilan FAD+; sitoxromlar b va c; sitoxromoksidaza va O,
o'rtalarida hosil bo'lib, 3 molekula ATF sintezlanadi. Qisqargan nafas
zanjirida birinchi bo‘lim tushib qoladi va 2 molekula ATF sintezlanadi.
Qisqa nafas zanjirida esa ATF sintezlanmaydi.
ADFning fosforillanishi (substratli va oksidlanishli fosforillanishi)
M oddalarning oksidlanishi kislorodli (aerob) va kislorodsiz
(anaerob) sharoitda kechishi mumkin. Bulaming barchasida energiya
ajralib chiqadi. Bu energiya ATF yoki issiqlik sifatida ajraladi. ATF
sintezi fosforillanish bilan borib, bunda ADFga makroergik bog'lar
tutuvchi moddalardan yoki kislorodni oksidlanishi natijasida anorganik
fosfomi birikishi kuzatiladi. Shuning uchun ADFning fosforillanishi 2
xil y o ‘l bilan boradi: oksidlanishli fosforillanish va substratli
fosforillanish.
Oksidlanishli fosforillanish asosiy energiya generatori hisoblanadi.
Oksidlanishli fosforillanish mitoxondriyalaming ichki membranasida
joylashgan nafas zanjirida kechadi. Bir juft proton va elektronlami nafas
zanjiri orqali o'tishi natijasida ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi.
Awal aytilganidek NADga bog'liq bo'lgan substratlaming oksidlanishi
natijasida 52,7 kkal energiya ajralib chiqqanligi ko'rsatilgan. Shunday
21,3 kkal 3 ta ATF sinteziga sarflanadi. Qolgan energiya esa issiqlik
sifatida tarqaladi. Shuni aytish kerakki, 1 molekula ATFni sintezlash
uchun 7,3 kkal energiya talab qilinadi, glyukozani to‘liq aerob sharoitda
oksidlanishida esa 686 kkal energiya ajralib chiqadi va 38 molekula
ATF sintezlanadi. 38 molekula ATF sinteziga esa 277,4 kkal energiya
talab qilinadi. Bu 686 kkal energiyani atigi 40% ini tashkil etadi. Qolgan
60% energiya esa issiqlik shaklida chiqadi va organizmning
temperaturasini muvozanatda ushlashga safarbar etiladi. Hosil bo‘lgan
ATF energiya quyidagi jarayonlarga sarflanadi: kimyoviy, mexanik,
plastik, faol transport, transdegidrogenaza reaksiyalariga.
Substratli fosforillanish esa membranagabog‘liq bo'lmay sitozolda
kechadi. Bunda makroergik bog'lar tutuvchi metabolitlar energiya
m an b ai
h is o b la n a d i. B ularga asosan 1 ,3 -d ifo sfo g litse rat,
fosfoyenolpiruvat, kreatinfosfat, argininfosfat va boshqalar kiradi.
Substratli fosforillanishda kam miqdorda ATF sintezlanadi. Ular
yordamchi energetik mexanizmlardir. Jumdalan, glyukozani anaerob
oksidlanishi natijasida 2 molekula sut kislotasi va 4 molekula ATF
sintezlanadi, ya ni atigi 29,2 kkal energiya ajralib chiqadi. Filogenetik
jihatdan substratli fosforillanish ustun turadi. Ular kislorodsiz sharoitda
oddiy hayvonlaming asosiy energetik manbai hisoblangan. Ammo
energetik qiymati kam bo‘lsada, u katta ahamiyatga ega, chunki yadrosi,
mitoxondriyasi bo'lmagan eritrotsitlarda, shuningdek, ko‘pchilik
kasalliklarda kuzatiladigan gipoksiya sharoitida hujayraning asosiy
energiya manbai bo‘lib qoladi.
Oksidlanishli fosforillanish mexanizmi
Ko pchilik olimiami qanday qilib oksidlanish bilan bir vaqtning
o‘zida fosforillanish mumkinligi qiziqtirgan. Shu sababli bir necha xil
nazariyalar ishlab chiqilgan: kimyoviy, konformatsion va xemiosmotik
nazariyalar shular jumlasiga kiradi.
1. Kimyoviy nazariyaga ko‘ra nafas zanjirida elektronlaming
tashilishi natijasida ajralib chiqayotgan energiya avval qandaydir
makroergik moddada to'planadi, so‘ng ular fermentlarga o‘tadi va
oxirida o‘z energiyasini ATFga beradi. Ammo shu vaqtgacha oraliq
modda topilmagan.
2. 1964-yili Boyyer konformatsion nazariyani yaratdi. Uning
fikricha mitoxondriyalarda oksidlanish va fosforillanish elektronlarni
tashishda ishtirok etuvchi fermentlaming konformatsion o‘zgarishlari
bilan kechadi. 1970-yilda Grin energiyalangan initoxondriyalar
kristalarining shaklini keskin o ‘zgarishini aniqlab, yuqorida aytilgan
fikmi tasdiqlaydi.
3. 1961-yilda xemiosmotik nazariyani Mitchel taklif etdi, 1972-
yilda bu nazariyani V.P. Skulachev eksperimental isbotlab berdi. Bu
nazariyaga ko ra nafas olish va fosforillanish bir-biri bilan mitoxondrial
membranada H+ elektrokimyoviy potensiallari bilan bog‘liqdir
(51-rasm).
Mitoxondrial membrana bo'yicha elektronlarni tashilish jarayonida
H gradiyenti hosil bo'ladi. Bu mitoxondrial membrana yuzasiga
nisbatan perpendikulyar yo‘nalgan bo‘ladi. Bu mitoxondriyaning ichki
yuzasidan ichki va tashqi membranalar orasida vodorod ionlarining
to planishi natijasida hosil bo‘ladi. Buning natijasida membrananing
ichki yuzasi manfiy, tashqi yuzasi esa m usbat zaryadlanadi.
Membrananing tashqi yuzasini musbat zaryadlanini kristallarda
joylashgan H-ATF-azani faollanishiga va proton kanallari orqali H +ni
ichkariga kirishi natijasida ADF va Fn dan ATF sintezlanadi.
|