Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


-bob METROPOLITENNING QAYTA TIKLASh VA YoNG‘INGA QARShI VOSITALARI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə10/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

4-bob
METROPOLITENNING QAYTA TIKLASh VA YoNG‘INGA QARShI VOSITALARI



  1. Harakat tarkibi, yo‘l, tonnel inshootlari, elektromexanika, elektr ta’minoti, eskalator, signallashtirish va aloqa xizmatlarini qayta tiklash ishlarini amalga oshiruvchi tuzilmalar mavjud bo‘lib, bu tuzilmalarning joylashuv manzili metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

  2. Qayta tiklash tuzilmalari doimo ishlarni bajarishga tayyor turishi, hamda maxsus avtotransport, harakat tarkibi, aloqa vositalari va tegishli asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

Qayta tiklash tuzilmalari xodimlari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi uchun metropolitenda o‘quv-mashg‘ulot poligoni bo‘lishi kerak.
Qayta tiklash tuzilmalari ishini tashkil etish va tiklash vositalaridan foydalanish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi.

  1. Metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilangan punktlarda yong‘in havfini oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini bajarilishini va birlamchi o‘t o‘chirish vositalari tayyorligini nazorat qiliuvchi o‘t o‘chirish bo‘linmalari bo‘lishi lozim.

Qurilayotgan tarmoqlar bino va inshootlari tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq avtomatik o‘t o‘chirish vositalari va avtomatik yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
Harakat tarkibining aylanish va saqlanish yo‘llari o‘t o‘chirish vositalari, yangi qurilayotgan yo‘llar tutunni tortish vositalari bilan jihozlanishi lozim.


5-bob
BEKAT XO‘JALIGI INShOOTLARI VA QURILMALARI


UMUMIY TALABLAR



  1. Bekat xo‘jaligining texnikaviy jihozlanishi, yo‘llarni rivojlantirilishi, tarmoqning belgilangan o‘tkazish qobiliyati, poyezdlar harakati xavfsizligi va manyovrlarni amalga oshirilishini ta’minlashi lozim.

Elektrpoyezdlar tarkiblari aylanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lning uzunligi, bu yo‘ldan chiqish joyidagi svetofordan yo‘lning berk boshidagi tirgak yaqinidagi ajratuvchi tutashish joyigacha bo‘lgan foydali uzunligi poyezdning hisoblangan uzunligidan istiqboldagi rivojlanishini inobatga olgan holda, kamida 40 metrdan ortiq bo‘lishi kerak.

  1. Bekatlarning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan inshootlari va qurilmalari zarur zahirani hisobga olgan holda, istiqboldagi rivojlanishini hisoblab aniqlangan eng katta 15 daqiqali yo‘lovchilar oqimiga mos keluvchi o‘tkazish qobiliyatiga, shuningdek yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq jarayonning tez, qulay va xavfsiz amalga oshirilishini taminlashi lozim.

  2. Bekatlarning yo‘lovchilarni vagonlarga chiqishi va tushishi uchun mo‘ljallangan tonnelli yoki yopiq yer usti uchastkalarining platformalari uzunligi, poyezdning kelajakdagi rivojlanishini inobatga olib hisoblangan uzunligidan kamida 6 metrga, ochiq yer usti uchastkalari va ularga tenglashtirilgan uchastkalarda (ochiq yer usti uchastkasidan 300 m gacha uzoqlikdagi) - kamida 10 metrga uzun bo‘lishi kerak. 1981 yilgacha ishlab chiqilgan loyihalar asosida qurilgan bekatlarda yo‘lovchilar platformalarining uzunligi ularning rekonstruktsiya qilinishiga qadar poyezdning hisoblangan uzunligidan kamida 4 metrga uzun bo‘lishi kerak.

Yo‘lovchilar platformasi, rels golovkalari sathidan 1100 mm balandlikda joylashgan bo‘lishi lozim.

  1. Vestibyullarning ichki rejalashtirilishi kirayotgan va chiqayotgan yo‘lovchilarning alohida harakatlanishini ta’minlashi, hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vositalarini joylashtirish imkoniyatini berishi zarur.

Vestibyullar kirish eshiklaridan platformagacha va platformalardan chiqish eshiklarigacha bo‘lgan yo‘lovchilar harakati yo‘nalishi qoida bo‘yicha o‘ng tomonlama bo‘lishi lozim.

  1. Bekatlar va vestibyularda joylashgan xizmat xonalari foydalanish uchun talab etiladigan barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lib, ishlash uchun qulay va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.

Qurilayotgan tarmoqlarda markazlashtirish postlari platformalar sathida yo‘lning rivojlangan tomonida joylashishi lozim. Markazlashtirish postlari xonalari shovqindan himoyalangan bo‘lishi lozim.
Ayrim bekatlarda, metropoliten boshlig‘i bilan kelishilgan holda, lokomotiv brigadalari va tarmoqning boshqa xodimlari uchun bufetlar bo‘lishi lozim.

  1. Ikki bekat oralig‘i (peregonlarning) va bekat yo‘llaridagi ishchi va avariya yoritgichlarini yoqish va o‘chirish bekat navbatchisi kabinasidan yoki markazlashtirish posti xonasidan, metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilangan tartibda, amalga oshirilishi lozim.

  2. Bekatlar, tonnellar, yo‘llar, shu jumladan yer usti yo‘llarining yoritilishi belgilangan me’yorlarga binoan bo‘lib, poyezdlar harakati va manyovr harakatlanishlar xavfsizligini, yo‘lovchilar xavfsizligini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlashi, bekatlarning me’morchilik bezaklariga mos tushishi lozim.

Yoritgichlar, signal chiroqlarining aniq va ravshan ko‘rinishiga xalaqit bermasligi lozim.

  1. Metropolitendan foydalanish qoidalari, metropoliten tarmoqlarining chizmalari, boshqa yo‘lga o‘tish bekatlarning joylashishi, poyezdlar harakati yo‘nalishlari va boshqa zarur ko‘rsatkichlarni vestibyul, bekat va poyezdlarga o‘rnatish tartibi metropoliten Boshqarmasi tomonidan belgilanadi.

Metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilangan tartibda bekatlar va poyezd vagonlarida reklama axborotlari o‘rnatilishi mumkin.

  1. Yopiq turdagi bekatlarda o‘rnatilgan avtomatik eshiklar yo‘lovchilarning qulay va xavfsiz chiqish va tushishlarini ta’minlashlari lozim.

Mazkur bekatlar poyezd bilan yo‘lovchilar zali devori oralig‘idagi maydon bo‘shlig‘ini nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Yopiq turdagi bekatlarda o‘rnatilgan avtomatik eshiklarga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

  1. Bekat boshliqlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishini doimiy ravishda shaxsan tekshirib turishlari, xodimlardan yo‘lovchilarga e’tiborli bo‘lishlarini va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini talab qilishlari, bekat va xizmat xonalarining tozaligi va sanitariya holatini nazorat qilishlari shart.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin