Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
shaytanat

ZOHID




1980 yil, 10 iyun.

Ular to‘rt kishi edilar. Aka-uka ularga bas kelolmasdi. Qochdilar. Ko‘cha uzun, go‘yo adoqsiz edi. Hammasi xuddi tushdagiday kechdi: jonholatda tez yuguramiz deydilaru yugurolmaydilar — qochoqlar bilan quvloqlar orasidagi masofa tobora qisqaradi. Ana, uch qadam qoldi... ikki qadam... Orqadagilarning hansirashlari yaqqol eshitiladi. So‘ng o‘ng chakkasiga orqa tomondan musht tushdi. Oyoqlari chalishib, muvozanatni ushlolmay qoldi — munkib borib deraza tokchasining qirrasiga kallasi bilan urildi. Ko‘zlari tinib, a’zoyi badani bo‘shashdi. Shu ahvolda ekanida akasining ihraganini eshitdi. Keyin akasi joni boricha baqirdi:



  • Zohid, qoch!!!

U ham «aka, qoching!» deb baqirmoqchi edi, ovozi chiqmadi. Faqat lablarini arang qimirlata oldi.
Kasalxonada o‘ziga kelib, bo‘lgan voqealarni esladi: shanba oqshomida aka-uka darsdan chiqib, qishloqqa qaytdilar. Onasi tandirga g‘o‘zapoya qalab, non yopishga hozirlanardi. Sovchilar ishni pishirishgan, ertaga qizning uyida non sindiriladi. Qarabsizki, yozgi imtihonlar oyoqlashi bilan to‘y boshlanib turibdi-da. Aka-uka ertaga bo‘ladi- gan shodlikni bilishsa ham bilmaganga olishadi. Faqat uka ayyorlik bilan ko‘z qisib, akasiga qarab qo‘yadi.

  • O‘rtoqlaring kelib ketishdi. Afzaling harbiydan qaytibdi. O‘sha yerda o‘tirisharkan, — dedi ona bo‘lajak kuyovga mehr bilan boqib.

Aka o‘sha yoqqa otlandi.

  • Hay, o‘rtoqlaringga qo‘shilib ichmagin-a! — onasi shunday deb uni ham akasiga qo‘shib mehmondorchilikka yubordi.

Jo‘ralar quchoqlashib ko‘rishdilar. Bir ko‘chani changitib ulg‘aygan yigitlar fotiha to‘yidan darak topishgan, ular uchun Afzalning harbiydan qaytgani bir shodlik bo‘lsa, ulfatlaridan birining bo‘ydoqlik qo‘rg‘onini buzib uylanayotgani o‘n shodlik edi. Chin shodlik shishalar bo‘shatilguncha ekan. Bir-birovlariga bitta gap kam, ikkitasi ortiqcha darajaga yetishgach, barchasi unutildi. Akasining qaysi gapi jo‘raboshiga yoqmadi — u eslolmadi. Ziyofat tugab, ko‘chaga chiqishdi. Ana shunda jo‘raboshi:

  • Hali nima devding, quruq! — deb yoqasiga yopishdi.

Akasi ham hayron. Nima degani esida yo‘q. Ularni ajratib qo‘yishdi. Aka-uka tinchgina ketishayotgan edi. Yo‘l yarimlaganda orqadan to‘rttalasi quvib keldi...
...Fotiha to‘yiga atab yopilgan non janozaga kelganlar uchun yozilgan dasturxonga qo‘yildi. Murda yuviladigan uyga gullar sochildi. Chimildiq tutildi...
Bu paytda u kasalxonada xushsiz yotardi.
To‘rtta edi ular. Qora kursida esa yolg‘iz jo‘raboshi o‘tiribdi. U aka-uka bilan mushtlashib, «bexos urib o‘ldirib qo‘yibdi». Jinoyat qasddan qilinmagan. Davlat qoralovchisi ham, oqlovchisi ham shu fikrda.
Sudxonaga akasining suratini olib kirishdi. Jo‘raboshi yig‘lab turib, suratni olib qo‘yishni iltimos qildi. Guvohlar ham o‘tinib so‘rashdi. «Ha, bularda insof bor ekan-ku», deb o‘yladi. Lekin jo‘ralarning barchasi yolg‘on gapirishdi. Marhum xotirasi ham bulg‘anib tashlandi. To‘rtovlon akasini urayotganda mard edi. Endi, javob berishga kelganda nomard kimsaga aylanishdi. Jon shirin ekan. Shu shirin jon uchun xoinlik qilish oson ekan, juda oson ekan.

* * *


Bayon qilganim — uch voqea ularning hayotidagi alg‘ov-dalg‘ovning boshlanishi xolos. Shu voqealardan so‘ng ularning ahvollari ne kechdi, boshlariga yana ne savdolar tushdi?.. Ana endi muqaddimani yakunlab, asosiy muddaoga o‘tsak bo‘lar.
Asarni so‘nggi nuqtasigacha o‘qib chiqishingizda Yaratgandan Sizga sabr tilayman. Assalomu alaykum va rahmatulillohu va barakotuh.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin