Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
— Nimadan qo‘rqdingiz? 
— Tug‘ishdan... 
— Qiynaldimi? 
— Qiynalish ham gapmi, — dedi Zaynab, — o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaganingiz uchun 
ishonmaysiz. 
— Oyim mundog‘ demagan edi-ku? 
— Sizdan yashirg‘anlar. 
Otabekning yuragi juda uyushib ketdi. Hatto kundashini parishoni xotir qilg‘an bu gap 
Otabekka qandog‘ ta’sir qilishi ko‘b tafsilga muhtoj emas. Bu to‘g‘rida Zaynabka yana 
savol tashlab tafsilot olishdan qo‘rqdi, ham uzoq o‘lturolmadi. Choyini naridan-beri ichib, 
o‘runini to‘shatib yotdi. Zaynab sham’ni o‘chirdi. Hali yotmoqqa vaqt erta edi — Zaynab 
Kumushlik uyga — xotinlar oldig‘a chiqib ketdi. 
Otabek uxlash uchun yotqan bo‘lsa ham haligi gap uni ko‘z yumdirmay qo‘ydi, o‘ng, 
so‘l, chalqancha yotib boqar edi. Lekin Zaynabning «qiynalish ham gapmi?» jumlasi 
qulog‘i ostidan ketmas edi... Kumushning uyidan keti uzilmay kelib turg‘an xotinlarning 
g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘iri ham uning uyqusig‘a xalal berar va ora-chora go‘dakning yig‘lag‘an 
tovshi ham eshitilar edi. Bu ma’sum tovushqa qarshi unda bir xil yaqinliq — otaliq hissi 
qo‘zg‘alg‘andek bo‘lsa ham, ammo boshqa qora xayollar ichida tez yo‘qolur edi. Shu 
yo‘sun ivir-jivir, achchig‘ va chuchuk holat ichida uxlab ketdi. Bir-ikki kun mi-yonasidagi 
kechinmalar turlik rang bilan uning uyquliq dimog‘ida akslana boshladilar... Cho‘chib 
uyg‘ondi... Yonida Kumush... Zaynab yo‘q edi. Uyquliq ko‘zi bilan narigi uyga quloq 
soldi, hanuz boyag‘i tovushni eshitdi va o‘ng yonini bosib ko‘rpaga burkandi, mundan 
keyin tinch uxlab ketdi... 
Tush ko‘rar edi: «Chamanda gullar ochilg‘an emish... Bu gulshan uning o‘ziniki 
emish... Ul rango-rang chechaklardan ko‘zini ololmas emish. Tevarakka kelgan yovdan 
xavf bor emish... Xanjarini ushlab yovg‘a qarshi chiqg‘an emish... Yov qochqan emish... 
Yov orasida onasi ham bor, otasi ham ko‘rinar emish... Qaytib chamanga kirsa bir sigir 
gulni bosib, yanchib o‘tlab yurg‘an emish... Bu holdan o‘zini unutkan va qo‘lidag‘i xanjari 
bilan sigirga yugirgan emish... Sigir emas — sariq sochlik albasti emish... 
Darmonsizlang‘an va xanjari qo‘lidan tushkan emish... Dunyoni qorong‘uliq bosqan 
emish...» Cho‘chib uyg‘ondi va o‘z yonida uxlab yotqan Zaynabni ko‘rdi. Haligi 
bosinqirashdan yuragi gup-gup urar va vujudini ter bosqan edi. Sekingina o‘ng yonig‘a 
ag‘darilib havli tomong‘a qarab yotdi. Uning ag‘darilishi bilan Zaynabning ko‘zi 
ohistag‘ina ochilib yana yopildi. 
Vaqt saharga yaqin, tevarakdagi xo‘rozlar ketma-ket qichqirar edilar. Yaqin oradag‘i 
objuvoz poyko‘pining zarbi yerni silkitib-silkitib to‘lqin berar edi. Narigi uyda yonib 
yotqan sham’ nuri daricha tirqishidan milt-milt ko‘zga ilinur, ammo ship etkan tovush 
eshitilmas edi. Ul qaytib uxlayolmadi. Kumushning kechagi qiynalishi to‘g‘risida 
xayollanib ketdi. Subh azoni aytilib, sekin-sekin tong yorib bordi, mahalla masjididan 
ham azon tovshi kelgach, ul tahorat olmoq uchun qo‘zg‘aldi. 
Kumushning yonig‘a kirish qulay bo‘lsin, deb no-nishtani Zaynabning uyida qildi. 
O‘zbek oyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi. Choydan keyin doyacha Kumush 
yonidan bir oz vaqtg‘a chiqib turdi. To‘rga Kumush yotqizilg‘an, uning oyog‘ tomonida 
O‘zbek oyim chaqaloqni ko‘tarib o‘lturgan edi. Otabek kirganda o‘zining siniqg‘an yuzi, 
ichkariga botinqirag‘an ko‘zi bilan Kumush iljayib unga qaradi. Otabek tutilinqirab, 
«muborak bo‘lsin!» dedi. Kumush javob o‘rniga uyalib yuzini ko‘rpaga yashirdi. O‘zbek 
oyim: 
— Berganga qulliq bo‘lsin, o‘ltur, — dedi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin