Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
ro‘baro‘ qiladir. Shu daqiqadan boshlab bekda u afifaga qarshi bir ishq, ham chin bir ishq 
tug‘uladir... 
Ziyo shohichi o‘z tomonidan ham yana bir muncha gaplarni qo‘shib chatib, so‘zini 
tugatdi. Qutidor yaxshig‘ina o‘ng‘aysizlangan edi. Qutidorgina emas, sovchilar ham 
o‘ng‘aysizlangan edilar. Masalaning noziklig‘iga uchavlari ham tushunarlar va shuning 
uchun ittifoq qilgandek chuqur bir sukutka ketgan edilar. 
Garchi muddao kun kabi oshkora bo‘lgan bo‘lsa ham nima uchundir qutidor yana 
o‘zini tag‘ofilga solib so‘radi: 
— U kimning qizi emish? 
Ziyo shohichi qutidor tarafidan o‘ziga beriladirgan shu savolni kutib turg‘an edi. 
— Sizning karimangiz, — dedi. 
Qutidor o‘zining joysiz savolidan o‘kinib yerga qaradi. O‘rtada tag‘in so‘zsizlik, 
o‘ngg‘aysizlik boshlandi. Bir necha fursat shu yo‘sun jimgina o‘lturishkandan keyin yana 
Ziyo shohichining o‘ziga gapirishka to‘g‘ri keldi: 
— Biz, o‘zimizning bu kelishimizda sizning uchun dunyoga orzug‘uliq bir o‘g‘ul hadiya 
etkanimizdek, inshoolloh, qaytishimizda ham Otabek uchun mujassamai iffat bo‘lg‘an bir 
rafiqa tuhfa qilarmiz. 
Bu so‘zdan keyin Hasanalining yuragi bezillay boshladi. Chunki shu daqiqada qutidor 
og‘zidan yo rad va yo qabul javobi eshitar edi. Ikkinchi tomonda, kutilmagan bu 
sovchiliqqa ishonishnida, ishonmasnida bilmay shoshib o‘lturgan qutidor ham o‘zining 
og‘zig‘a tikilib turg‘uchi ikki kishiga qanday javob aytish uchun garangsigan edi. 
— Otabek kabi bir yigitni o‘g‘ul qilish sharafiga noil bo‘la olsam o‘zimni eng baxtlik 
otalardan sanar edim, — dedi nihoyat qutidor, — ammo bu to‘g‘ridagi hamma ix-tiyor 
o‘z qo‘limda bo‘lmay orada ko‘krak suti berib o‘sdirg‘an xotin ham bor... Bu ish uchun 
yolg‘iz o‘zim qabul javobi bersam-da, onasi bir chekkada qoldirilsa, ehtimol, puxta ish 
qilmag‘an bo‘larmiz. Agar maslahat ko‘rsalaringiz bu to‘g‘rida uning bilan kengashib 
ko‘rar edim... 
Qutidorning javobidan samimiyat va ixlos ma’nolari tomib turar edi. Javobni eshitkan 
sovchilarning tomiriga umid qonlari yugurib ketdi. 
— Bu ot savdosi emas, umr savdosi, birodar, — dedi Ziyo aka, — yangamiz bilan 
kengashingiz, Otabek va otasi to‘g‘rilarida bilganlaringizni so‘zlangiz, shundan keyin xo‘b 
o‘ylashib bizga javob beringiz. 
Shu gapdan keyin qutidor mehmonlarni qoldirib ichkariga kirdi. Kumushbibi uxlashqa 
yotqan edi. To‘ybeka bo‘lsa o‘zining o‘choq boshi yonidag‘i uychasini titratib hurrak otar 
edi. Qutidor uy eshigini ochar ekan ayvonda o‘zini kutib o‘lturgan Oftob oyimg‘a dedi: 
— Sham’ni olib kir-chi oldimga. 
Uy jihozga g‘oyatda boy, go‘yo muzaxona tusini berar edi. Taxmonda turlik rangda 
atlas va shohilardan qoplang‘an ko‘rpalar, taxmon toqchalarig‘a uyilgan par yostiqlar, 
qator-qator xitoyi jononlar: kosalar, ko‘zalar, chinni choydishlar, laganlar, kumush qinlik 
xanjar va qilichlar, qalqon va siparlar, dorga soling‘an turlik-turlik er va xotin kiyimlari: 
po‘stin, chakmon va boshqalar, qip-qizil gilam va shohi ko‘rpachalar kishi ko‘zini 
qamashdirar darajada edilar. 
Oshiqib og‘zini poylag‘an Oftob oyimg‘a qutidor bir iljayib qo‘ydi-da: 
— Xotin, sen hali eshikdagi sovchilardan xabarsizdirsan? — dedi. 
Oftob oyim erining «sovchi» xabarini oddiygina qarshiladi, chunki endi ikki-uch yildan 
beri uylariga kun sayin sovchilar jamoasi yog‘ilib yotqanliqdan bu sovchilar ham 
o‘shalarning birisidir, deb o‘ylag‘an edi: 
— Xayrlik bo‘lsin, kimlar sovchi? 
Qutidor yana bir kulib qo‘ydi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin