Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
 
11. KUTILMAGAN BAXT 
 
Kumushbibidan vakolat olish ham juda qiyin bo‘ldi. Domlaning: Sizkim Kumushbibi 
Mirzakarim qizi, o‘zingizni toshkandlik, musulmon Otabek Yusufbek hoji o‘g‘liga 
bag‘ishlamoq vakolatini amakingiz Muham-madrahim Yo‘ldosh o‘g‘liga topshirdingizmi? 
degan so‘rog‘i olti, yetti qaytarilg‘andan keyin, shunda ham yangalar qistog‘i ostida 
arang uning rizolig‘i olindi. 
Kechki soat beshlarda qutidorning havlisi to‘rt ko‘z bilan kuyav kelishini kutadir. 
Kuyav uchun palovlar, quyuq-suyuq oshlar, necha turlik ne’matlar hozirlanib, bular ham 
kuyavning intizorida turadirlar. Nihoyat, soat besh yarimlarda kuyav keldi. Yigirma-o‘ttiz 
chog‘liq yosh yigitlar — Rahmatning o‘rtoqlari, ular orasida Otabek — kuyav ko‘rindi: 
boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zi-ning 
Shamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali, 
belida Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘... Yuzlar qizil, og‘iz irpaygan, 
ko‘zlar o‘ynab allakimni qidiradir. Oshlarini yeb bo‘lsalar ham jo‘rttaga kuyav ko‘rish 
uchun o‘lturg‘an mahalla kishilari bir-birlarini turtishib: «Tuzuk-tuzuk, kuyavlikka 
arzigundek, chakki chakkiga tushmapti, olmayu-anor» deyishdilar. Tomda kuyav kutib 
o‘lturg‘an xotinlar ichidan Oftob oyimning egachisi oshiqib singlisi yonig‘a tushdi-da: 
«Oftob, darrav isiriq hozirla, kuyavingni yomon ko‘zdan o‘zi asrasin!» dedi. Qutidor eshik 
ostida qo‘l qovishtirib mehmonlarni kutib oladir, yer ostidan kuyaviga ko‘z qirini tashlab, 
kishiga sezdirmay o‘zicha kulimsirab qo‘yadir. Mehmonxona ayvonida oq soqolliq, 
ko‘rkam siymo va og‘ir tabi’atlik domla bilan Ziyo shohichi, Hasanali, qiz vakili va tag‘in 
bir necha kishilar o‘ltu-radilar. Yigitlar kuyavni domlalar qarshisig‘a kelturib 
to‘xtatqandan keyin Otabek vakili bo‘lg‘an Ziyo shohichi  bilan Kumush qiz vakili 
Muhammadrahim oralarida mahr masalasi ochiladir. Ko‘b tortishqandan so‘ng quyidag‘i 
mablag‘lar mahr qilib belgulanadirlar: uch yuz oltin pul, mundan keyin olib berish va’dasi 
bilan Marg‘ilondan o‘radek bir havli, sog‘ish uchun sigir, as-bobi ro‘zgor... Bunga Otabek 
ham o‘z rizolig‘ini bildiradir. Domla xutba boshlaydir. Forsiycha o‘qulg‘an hamd, salovot 
va boshqalardan so‘ng xutba eng nozik bir o‘ringa kelib to‘xtaydir: «Sizkim Otabek 
Yusufbek hoji o‘g‘li Kumushbibi Mirzakarim qizini o‘zingizga shar’iy xotinliqqa qabul 
qilasizmi?» — fors tilida so‘ralg‘an bu savol Otabeknnig kulgusini qistatib, ko‘nglidan 
kechi-radir: 
— Qabul qilasizmi-ya? 
Ul birinchi so‘roqdayoq — «uchib, qo‘nib qabul qi-lamiz» deb javob bermakchi bo‘lsa 
ham biroq xalq-ning— «o‘lib turg‘an ekan» deb qiladigan ta’nasidan cho‘chib, javob 
bermaydir. Yana bir qayta yuqoridagi «siz kim falonchi...» jumlasi domla tarafidan 
takrorlanadir. Kuyavlarga uchunchi so‘roqda javob berish odat hukmida bo‘lsa ham, 
Otabek bu takallufka chidalmaydir. Go‘yo uchinchi so‘roq o‘rnig‘a «Endi olmas ekansiz 
Kumushbibini...» deb majlis buziladirg‘andek seziladir-da, hamma tovshini qo‘yib, 
barchag‘a eshitdirib «Qabul qildik!» deb yuboradir. 
Domla alhamdulilloh, alhamdulilloh... bilan  nikoh-ni tugatib majlis tomonidan kelin 
bilan kuyavning haqlarig‘a duo boshlanadir, hamma duog‘a qo‘l ko‘tarib, hatto tomdag‘i 
tomoshachi xotinlarg‘acha «omin»ga ko‘maklashadirlar va shundan keyin nikoh majlisi 
yopiladir. Yigitlar kuyavni mehmonxonag‘a olib kiradirlar, ziyofat boshlanadir. 
Otabekda bir daqiqag‘a bo‘lsin to‘zim bo‘lmag‘an bir vaqtda bir necha soatlarga qarab 
cho‘zilg‘an bu tomoq majlisi bilan albatta ul yaxshi chiqisha olmaydir. Xuftanga yaqin 
bana’ji bir ishtiho bilan yeyilib bo‘shatilg‘an lagan, tovoqlar olinib dasturxonlar yig‘ildi. 
Bizningcha bir yarim soat, Otabekcha allaqancha yil hisoblangan bir fursat o‘tib, nihoyat, 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin