Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy      www.ziyouz.com



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
10. TO‘Y, QIZLAR MAJLISI 
Qutidorning tashqarisig‘a er mehmonlar, ichkarisiga xotin mehmonlar to‘lg‘anlar, ular 
quyuq, suyuq oshlar, holva, nisholdalar bilan izzatlanadirlar. Tashqarida bir qo‘sha 
sozandalar dutor, tanbur, g‘ijjak, rubob, nay va amsoli sozlar bilan dunyoga jon suvi 
sepib shaharning mashhur hofizlari ashula aytadirlar. To‘y juda ham ruhlik... 
Ichkarida xotinlar majlisi: onalarcha aytkanda, ular qum-tuproqdek ko‘b, biroq 
majlisning borishida tartib yo‘q, havli yuzi va uylar xotinlar bilan to‘lg‘an, qaysi havli 
yuzida bir tovoq oshni yeb o‘lturadir, kim yig‘lag‘an bolasini ovitish bilan ovora, birav 
yor-yor o‘qub, tag‘in bittasining quvonchi ichiga sig‘may xaxolab dunyoni buzadi, xullas 
bag‘-bug‘ yetti qat ko‘kdan oshadir... 
Oftob oyim qayg‘uliroq, tusi bir oz siniqqansumon... Mehmon kutib 
charchag‘anidanmi, nimadan bo‘lsa ham juda kalavlagan, ba’zan qiladirg‘an ishidan ham 
yanglishib ketkani, masalan, uyga kirmakchi bo‘lib tavanxo-naga kirib qolg‘ani ko‘riladir. 
To‘yga kelgan xotinlarning «To‘ylar muborak, kuyav o‘g‘ul muborak!» deb so‘rashlarig‘a 
ham ishonchsiz bir ohangda «Qutlug‘ bo‘lsin», deydir. 
Oftob oyim donxonaning eshigidan turib xotinlar orasidan kimnidir o‘z yonig‘a 
chaqirdi. Yoshi ellidan oshqan, kulgusi ichiga to‘lib toshqan bir xotinni duvurdanchiqib
o‘ziga qarab yurganini ko‘rgandan keyin donxonag‘a kirdi. Xotin ham ichkariga kirgach, 
Oftob oyim eshikni qiya bekladi-da, qayg‘uliq bir boqish bilan xoting‘a qaradi. 
— Nega qayg‘uliq ko‘rinasan, Oftob? 
Oftob oyim uzoq tin olib eshikka qaradi va yarim tovush bilan: 
— Shu choqda ichimga charog‘ yoqsalar ham yorimaydirda, egachi, — dedi va ko‘ziga 
jiq yosh oldi. 
— Nega? 
— Qizim to‘g‘risidan... 
— Qizingga nima bo‘ldi? 
— Unashilg‘anig‘a bu kun yettinchi kun, — dedi Oftob oyim, — shundan beri 
Kumushingiz tun ham yig‘laydi, kun ham, sababini so‘rasam sira javob bermaydir-da, 
do‘lonadek ko‘z yoshisini oqiza beradir. Bu kun tag‘in yig‘isi oshib tushdi. Haytovur 
yalinib, yalpog‘lanib arang hammomga yubordiq. 
Xotin Oftob oyimning bu gapidan hayron bo‘ldi va o‘ylab so‘radi: 
— Nimabalo, kuyaving ko‘rksizmi? 
— O‘zim ko‘rmadim, — dedi Oftob oyim, — ammo ko‘rguchilarning so‘zlariga 
qarag‘anda o‘xshashsiz ko‘rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish... Otasining o‘zi yigitni 
yaxshi ko‘rib kuyav qilg‘an edi. 
— Kumushning o‘zi yigit to‘g‘risidan hech narsa bilmaydirmi? 
— Biladir, — dedi oyim, uning oldida biz jo‘rttaga kuyavni maxtashamiz, lekin bu 
maxtovlarni eshitgusi kelmay, qaytag‘a yig‘isinig‘ina ortdiradir. 
Xotinning ham bu gapdan hayrati ortdi va bundan qanday sir borlig‘iga aqli yetmadi. 
Oftob oyimni yupatish uchun o‘tkan-ketkandan va boshda yig‘lab erga tekkan qizlarning 
chimildiqda yigit bilan apoq-chapoq bo‘li-shib ketkanlaridan hikoya qildi: 
— Qayg‘irma, Oftob, — dedi, — kuyaving bunchalik suluv bo‘lsa, gap-so‘zda tenggi 
bo‘lmasa, hali chimildiqda qizingning pechak guldek bo‘lib eriga chirmashqanini 
ko‘rarmiz. 
— Oh, opajon, — dedi umidsizcha oyim, — manim bunga ko‘nglim chopmaydir. 
— Chopsin, Oftob. Men bunday yig‘loq qizlarning ko‘pini ko‘rdim, shunday qizlarning 
uyalmay-suyalmay chimildiqda hatto yigitdan ham ortdirib harakat qilganlarini ham 
ko‘rdim, sening qizing ham shularning bittasi, qayg‘irma Oftob. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin