Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
 
12. CHAQIMCHILIQ 
 
— Bu kun yetti kun... Otabek qutidorning qizig‘a uylandi. 
Ul bu xabarni Qo‘qondan qaytishda eshitkan edi. O‘zining qiyofasiga yarasha 
qo‘rqunch yo‘llar izlar ekan, quloqlari tegida «...qizig‘a uylandi» jumlasi takrorlanib 
turg‘andek bo‘lar edi. 
Uning Qo‘qondan qaytishi ikkala xotini uchun ham ulug‘ bir falokat bo‘ldi. Chunki 
arzimagan bir sabab bilan ikkalasi ham yaxshig‘ina tayoq yeb oldi. Shuning uchun ikki 
kundash uning oldig‘a kirishdan qo‘rqib, yana to‘g‘risi — uning sovuq aftini ko‘rishdan 
jirkanib havlining chet-chetida yurarlar, ikki kundash bilittifoq unga o‘lim so‘rarlar: 
«Qo‘qonda o‘lsa, o‘ligini itlar yesa biz achinarmi edi», deyarlar edi
Ul o‘lturgan ko‘yi nima to‘g‘risida bo‘lsa ham juda bosh og‘ritib o‘ylar edi. Shu choqda 
uning tusidan yirtqichliq, bir gunohsizning ustiga hujumga hozirlang‘an vahshiylik 
belgulari ko‘rilur edi. Har holda ul yaxshiliqqa emas, qandog‘ ham bo‘lsa bir vahshiylikka 
yo‘llar, rejalar izlar edi. Oxiri uning yuzida istehzolik bir iljayish ko‘rildi-da, bir narsaga 
qaror qo‘yg‘andek bir harakat yasadi va o‘rnidan sakrab turib qoziqdag‘i kirlab ketkan 
sallasini qo‘lig‘a oldi va havliga chiqdi. Tashqarisida besh do‘konlab ish to‘qib turg‘an 
xalfa shogirdlariga ba’zi ta’limotlarni bergach, bir ulug‘ darboza orqaliq ko‘chaga yurdi. 
O‘ralib bitmagan sallasini tuzata-tuzata tor, kirdi-chiqdilik ko‘chalar bilan shaharning 
kunbotar tomonig‘a, beklar mahallasiga qarab ketdi. 
Beklar mahallasining boshlanishida, janubga qaratib qurilg‘an ulug‘ bir darbozaning 
yonida ikki nafar miltiq va qilichlik yigit so‘zlashib turar edilar. Bularning yonig‘a bizga 
ma’lum kishi kelib to‘xtadi va ulardan so‘radi: 
— Bek uydamilar? 
 So‘zning beliga tepkani uchun yigitning birisi o‘shshayib so‘rag‘uchig‘a qaradi, 
ikkinchisi qo‘llari ora-sidag‘i miltig‘i bilan ichkariga ishorat qilib javob berdi: 
— Bor! 
Darbozadan ichkariga kirilgach, saroy kabi bir havli, ayvonda o‘n beshka yaqin 
yarog‘liq yigitlar to‘nkalardan gulxan solib, isinib o‘lturmakda edilar. Ul to‘rdagi ayvon 
orqaliq yuriladirgan uyning eshigida turg‘uchi yigit og‘asining yonig‘a bordi va qo‘rboshi 
bilan uchrashmak orzusida bo‘lg‘anlig‘ini aytib undan kirishka ijozat so‘radi. Yigit 
og‘asining rahbarligi bilan ichkariga kirdi: boshig‘a ko‘k salla chulg‘ag‘an, egniga 
O‘ratepaning bosmasidan chakman, beliga kumush kamar bog‘lab kumush qinlik qilichini 
tizasiga bosqan, qora tanlik bo‘lsa ham ko‘knorimi, taryakmi iste’molidan yuzi 
sarg‘ayg‘an qirq-elli yoshlar chamaliq bir kishi yorliqsumon bir yozuvni o‘qub 
o‘lturmoqda edi. Qo‘rboshi kelguchining salomiga e’tiborsizg‘ina javoblang‘an bo‘ldi-da, 
ruhsiz bir tovush bilan: 
— Nima qilib yuribsiz? — deb so‘radi. 
— Taqsir, sizga arz bor. 
Yigit og‘asi kelguchini qoldirib chiqdi. Kelguchi eshik yonida oyog‘ ustida qo‘l bog‘lab 
turar edi. 
— Qanday arzing bor? 
— Taqsir... ijozat bersangiz o‘ltursam... 
— Xo‘b, o‘ltur. 
Kelguchi ko‘p tutulib tusi o‘ngg‘an gilam ustidan yurib borib, qo‘rboshi qarshisig‘a 
tavozi’ bilan o‘lturdi. Qo‘rboshi qo‘lidag‘i yozuvni buklab qo‘ynig‘a tiqdi-da, kelguchini yer 
ostidan kuzatdi: 
— Qayerliksan? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin