Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
— Bunda zo‘r tuhmat bor, taqsir, — dedi, — otamni qipchoq dushmani va meni 
Marg‘ilon og‘aynilarini isyonga hozirlash uchun kelgan, deb o‘ylaysizmi? 
— O‘ylamaymiz, ammo yaxshi bilamiz. Qutidorning sizga nima uchun qizini berib, 
kuyav qilg‘anig‘a ham yaxshi tushunamiz. 
Qutidor suratdek qotib qoldi, Otabek bo‘lsa o‘zidagi hayajonni kuch hol bilan 
tarqatishg‘a tirishar edi. Qushbegi bilan qo‘rboshi bu ikki gunohkorni ta’qib etar, ulardagi 
har bir harakatni o‘zlaricha bir narsaga yo‘yar edilar. 
Uch-to‘rt daqiqalik sukutdan keyin Otabek tilga keldi: 
— Biz bu daqiqada sizning fikringizcha go‘yo bir ig‘vogar, go‘yo bir isyonchi bo‘lib 
tanilib turibmiz, — dedi bek, — chindan ham shundog‘ kishilarmizmi, yo‘qmi, buni 
albatta sizning tekshirishlaringiz, haqiqat-laringiz ko‘rsatar. Men sizning qilichingiz ostida 
o‘lim-dan qo‘rqib yoki sizga xushomad uchun so‘zlamay hukumat kishilarimiz orasida 
tushunadirg‘an bir odam bo‘lg‘anlig‘ingiz vajidan otamning ham o‘zimning qanday fikr va 
maslak kishisi ekanligimizni aytib o‘tmakchi bo‘laman: biz na qipchoqlarg‘a tarafdor bir 
kishi va na shaharlik og‘aynilarg‘a. Bu ikki firqa bizning nazari-mizda bir-birisidan 
mumtoz, idora ishida biri-biridan ortiqroq xalqlar emasdir. Shunga binoan Turkiston 
xalqlarining istiqbollarini bu ikki firqaning bittasiga havola qilish baayni qo‘yni bo‘riga 
topshirish qabilida bo‘ladir. Nega desangiz, har ikki tomonning ish boshig‘a intilgan 
kishilarining ko‘kragiga qo‘l solib ko‘rsangiz, birisining faqat el talamoq, boyliq 
ortdirmoqqag‘ina bo‘lg‘an g‘arazini, ikkinchisining ko‘rkli xotinlar, yuqori turmishlar 
uchun bo‘lg‘an maqsadinig‘ina ko‘rib, ikki oradan «elni tinchitay, el ham rohat-tirikchilik 
qilsin» degan uchunchi bir oliy maqsadni charog‘ yoqib axtarsangiz ham topolmassiz. 
Mana biz, taqsir, shu keyingi ishda ko‘rilmasa ham faqat shirin xayollardagina yurgan 
oliy firqag‘a o‘zimizda tarafdorlik his etamiz. Otamning Azizbekka yaqin turishi qipchoq 
dushmani, qora chopon tarafdori bo‘lg‘anidan emas, balki boyag‘i maslakka bir xizmat 
qilmoq uchundir. Taassufki, otam-ning Azizbekdan bo‘lg‘an umidi bo‘shka ketdi: bu kun 
ul o‘zining yaramas xayoli yo‘lida xondan yuz o‘girdi va bu orada qancha gunohsizning 
qoni to‘kilishiga sabab bo‘lmoqdadir. Manim bu so‘zlarimga ishoning-ishonmang, ixtiyor 
albatta sizdadir. Ammo bundog‘ eng jo‘n bo‘hton bilan qoralanishimg‘a vijdonim 
qarshisida so‘ng daraja muazzabman, taqsir! 
Qushbegi Otabekning bu gaplaridan yaxshig‘ina taraddudga tushkan edi, ammo — 
«Azizbekning otalig‘i va kengashchisi» bo‘lg‘an Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lishi uning 
miyasini qotirg‘an, balki, bu gaplar shunday ehtimollarga qarshi dastur qilib berilgan 
bo‘lmasin, degan fikrga kelgan edi. Otabekning yuqoridag‘i gapla-ridan so‘ng bo‘lg‘an 
undagi o‘zgarish ham faqat bu ishni yaxshilab tekshirish va hozirdan bir hukm 
bermaslikkina bo‘ldi. 
— Har holda sizning yaxshi niyatlik kishilar bo‘lmag‘anlig‘ingiz ko‘zimiz o‘ngidadir, — 
dedi qushbegi,— shuning uchun to haqiqat oshkor bo‘lg‘unchalik har ikkingiz zindonda 
qolarsiz. 
Otabek bir so‘z aytmay sukut qildi. Qutidor «chora yo‘qmi?» degandek qilib kuyaviga 
qaradi. Qushbegining ishorati bilan yigitlar hozir bo‘lib, gunohkorlar zindonga 
jo‘natildilar. Qushbegining — «Ertaga uyida majlis qurilg‘anlarni va bu majlisda ishtirok 
qilg‘an boshqalarni ham qo‘lg‘a olib, huzurimga keltiringiz!» degan amridan so‘ng 
qo‘rboshi ham ruxsat olib chiqdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin