Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
ko‘rinib, shu yo‘sunda o‘rdaning to‘rt burjini aylanib chiqilsa bir ming olti yuz adim 
bosilg‘an bo‘lib o‘rda-ning g‘arb tomonidan biz tanishqan o‘rda darbozasig‘a kelinadir. 
Hozir qorong‘i ham o‘bdan tushkanliqdan kishi-kishini tanimasliq darajada edi. Boyag‘i 
darboza ustida ko‘ringan qorovullar hamon qora haykal kabi qotib turar edilar. 
Shahar ichidan o‘rda darbozasig‘a qarab kelmakda bo‘lg‘an bir necha ot oyog‘larini 
eshitib qorovullardan bittasi — «tuyoq tovshimi?» deb, ikkinchisiga savol tashlab qo‘ydi. 
Ikkinchi qorovul mo‘ralab-mo‘ralab yo‘lg‘a qaradi: 
— Uch otliq ko‘rinadir. 
— Vaqtsiz kelguchi kim ekan? 
— Bunday vaqtda qo‘rboshidan boshqa kishi kelmas edi, ehtimol, o‘shadir. 
Darvoqi’, qo‘rboshi o‘zining ikki yigiti bilan yetib keldi va otidan qo‘nib jilovini 
yigitining qo‘lig‘a berar ekan, qorovullarg‘a buyurdi: 
— Darbozani ochsinlar! 
Qorovullar ichkariga xabar bergandan so‘ng darboza ochilib qo‘rboshi ichkariga kirdi. 
O‘rdaning tevarak masohatini biz chamalab ko‘rgan edik, shuning uchun o‘rdaning qay 
daraja keng bo‘lishi ham bizga qiyosan ma’lum. Ammo o‘rdaning ko‘proq qismi darboza 
tomonida qoldirilib, janubka tortilg‘an xatti mustaqim bir devor bilan bo‘lingan edi. 
Narigi tomon o‘rdaning ichkari qismini tashkil etib, unda bek — hokim oilasi turar edi. 
O‘rdaning tashqarig‘i qismining uch tarafi (janub, sharq, g‘arb) binosiz, faqat qo‘rg‘on 
devorlari-ning zinalari edi. Ammo imorat qismi darboza bilan bir qatorda bo‘lib, so‘l 
biqinida devonxona, uning qatorida bo‘yiga qirq, eniga yigirma olchin joy olg‘an o‘n besh 
darichalik kattakon chorzari uy, ichida elli chog‘liq bek yigitlari gulxan solib o‘lturar 
edilar. Bu uyning qatori oshxona, otxona va shuningdek, hojat uylarini tashkil etar 
edilar. 
Qo‘rboshi darbozabon yonida to‘xtab, undan so‘radi: 
— Bek ichkaridamilar? 
Darbozabon darbozani kuchanib yopar ekan, javob berdi: 
— Bilmadim, taqsir. 
O‘rdaning charog‘chisi darboza yaqinidag‘i mash’ala yog‘ochig‘a o‘t berib, butun o‘rda 
ichi yorib ketdi. Qo‘rboshi darbozaning o‘ng tarafiga qarab yurdi. Bu tomonda nihoyatda 
ziynatlanib bino qiling‘an oliy imoratlar bo‘lib, shahar ustalarining hamma san’at va 
mahoratlari shu binolarda gavdalanur edi. Qo‘rboshi bi-rinchi eshik yonida turg‘an 
yarog‘liq qorovuldan o‘tib, kichikrak, naqshliq bir uyga kirdi. Ikkinchi eshikdan o‘tib, 
ulug‘ bir zolga chiqdi. Zol juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham’larning 
nuri bilan munaq-qash devorlarning oltin, kumush, ko‘k-qizil, oq-pushti, sariq-qora 
gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir xa-yoliylik berar edilar. Uyning ostig‘a to‘shalgan 
qizil lola gullik gilam kishini go‘yo bir chamanda his etdirar edi. Zolning to‘rida, kichkina 
haldor bir eshikcha yonida, atlas ko‘rpacha ustida o‘n besh yoshlar chamaliq, qizil 
duxobadan kiyingan ko‘rkam bir o‘g‘lon palov yeb turar edi. 
Qo‘rboshi eshikdan kirar ekan, o‘g‘long‘a qarab kulimsiradi: 
— Ha, Ahmadxon, siz shu yerda ekansiz, — dedi. 
Ahmadxon joyidan qo‘zg‘almadi: 
— Men hamisha shu yerda, qani, oshg‘a. 
— Rahmat. Qushbegi ichkaridadirlar? 
— Ichkaridalar, — dedi Ahmadxon, — men to‘yib qoldim, kelsangiz-chi. 
— Bo‘lmasa, tabarruk qo‘lingiz bilan bitta oshatsangiz. 
Ahmadxon qo‘lig‘a siqquncha osh olib qo‘rboshig‘a tutti, qo‘rboshi ixlos bilan 
Ahmadxonning qo‘lidan oshadi. Ul oshnig‘ina emas, hatto Ahmadxonning qo‘lini ham 
oshaydirg‘an edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin