Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Zamoning zamon bo‘lsin — yor, 
Aziz beging omon bo‘lsin — yor. 
 
Dardiga davo topmay — do‘st, 
Normating yonib o‘lsin — yor! 
Biz endi shu o‘liklar yoni bilan qo‘rg‘on bo‘ylab bir oz ilgariga yursak olti gaz 
yuksaklikda, besh gaz kenglikda, ikki yoni sakkiz gazlik qo‘rg‘on devori bilan o‘ralg‘an, 
kunbotarg‘a qaratib qurilg‘an Samarqand darbozasi yonida to‘xtarmiz. Tevaragimizdan 
dushmanning hujum qilish qo‘rqunchi bo‘lg‘anliqdan biz ortiqcha chidamsizlik bilan 
darbozani qoqa boshlarmiz: 
Ochingiz bek aka, tezroq ochingiz! 
Darboza beklari bizga iltifot qilmay o‘ltura beradirlar. Bizning o‘n besh daqiqaliq jon 
achchig‘ida qaxshag‘animizdan keyin darbozabonlardan bittasi zerikib sekingina qo‘rg‘on 
devoriga chiqadir-da, mo‘ralab bizga qaraydir. Ul bizni aniq toshkandlik bo‘lg‘animizga 
ishonsa darbozaga solingan nortuyaning boshidek qulfni ming mashaqqat bilan ochib, 
zanji-rini tushuradir. Biz o‘zimizni ichkariga olg‘ach, darbozabon o‘zining hazmi ko‘targan 
qadar bizga po‘ng‘illaydilar-da, darbozani berklash harakatiga tushadir. Endi biz 
darbozaning hay’atiga qaraymiz: oshlangan qo‘y po‘stagidan po‘stun kiyib, beliga butun 
bir bo‘zdan belbog‘ bog‘lag‘an va belbog‘ig‘a yarim gaz chamaliq kalid osqan, turkman 
popoqlik bir kishi. Shundan keyin biz darbozaning o‘ng tomoniga qarab yuruymiz. 
Darbozadan o‘n besh adimlar narida, shiyponga o‘xshash to‘rt tarafi ochiq bir binoda 
darboza beklari gulxan solib, chilim chakib o‘lturadirlar. Biz qo‘rg‘onning osti bilan 
ilgarilashda davom etamiz. Endi biz boyagi mudofi’larni ichkaridan ko‘ramiz: mudofi’lar 
qo‘rg‘onning eng yuqorig‘i pog‘onasida o‘zlari-ning turlik tus va bichiqdagi kiyimlari bilan 
qaysilari shashvar tutib, qaysilari miltiq ushlab, qo‘rg‘on kungirasiga suyanib, boshlarini 
quyoshg‘a berib o‘lturadirlar. Qo‘rg‘onning Kamolon darbozasigacha bo‘lg‘an qo‘ruq 
o‘rinlari shu-ningdek mudofi’lar bilan to‘lg‘an bo‘lib, o‘ziga bir turlik ko‘rinish tashkil 
etadir. 
Kamolon va Samarqand darbozalarining o‘rta bir yeri bo‘lg‘an qo‘rg‘on ostida kimxob 
to‘n kiyib, simobi salla o‘rag‘an, beliga kumush bog‘lab, qilich taqing‘an bir bek oldidagi 
bir uyum narsaga ishorat qilib yonidagi bir yigit-ka nimanidir uqdirmoqda edi. Biz yana 
elli-oltmish adim yurib haligi so‘zlashib turg‘an beklar yaqinig‘a borsaq, qo‘rg‘on 
tashqarisida ko‘rgan dahshatlarimizni o‘zining ko‘lagasida qoldiraturgan yana bir 
«dahshatlar tepasi»ga ko‘zimiz tushadir-da, qo‘rquvimizdan soatlab hushimizni yo‘qotib 
qo‘yishga majbur bo‘lamiz. 
Uch-to‘rt yuz inson boshidan turg‘uzilg‘an bir tepa. 
Qarichg‘a keladirgan uzun soqollar, boshdag‘i xun olud siyrak sochlar, bo‘zarg‘an 
yuzlar, qong‘a belanib, yarim ochiq holda qorachiq o‘rnini qo‘rqunch bir oqliq bosqan 
ko‘zlar dunyoga va shu hayotka la’nat uqug‘andek qaraydirlar. Ayniqsa bir bosh, 
ehtimolki, hali yigirma yilni ham o‘tmagandir, murti ham chiqmag‘an. Xun olud quyuq 
qoshlari ostidagi yarim ochiq ko‘zlari kimnidir izlagandek qaraydir... Yarim ochiq irinlari 
ichidagi oq tishlari bilan tilini g‘archcha tishlagan-da, go‘yo shu turmushda, shu besar 
xalq ichida tug‘ilg‘ani uchun «attang» o‘quydir. 
Bu boshlar uyumi ustida turg‘an qo‘rg‘on begisi yonidag‘i yigitka boshlar orasidan 
birini ko‘rsatib, o‘z tanishlaridan bir bekning boshi bo‘lganlig‘ini so‘zlaydir. Shu paytda 
Kamolon darbozasi tomonidan yarog‘lang‘an uchta otliqning ot choptirib kelganlari 
ko‘rilib, qo‘rg‘on ustida o‘lturgan mudo’filar ichida olag‘ovur qo‘pti: 
— Hudaychi, Sulaymon hudaychi! — deyishdilar. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin