Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

16. AZIZBEK 
Oradan uch-to‘rt daqiqa o‘tkandan keyin Kamolon tarafidan bir yuz chamaliq sarkarda 
va yigitlari bilan Azizbek ko‘rindi. Tilla jabduqli qizil ayg‘irg‘a mingan, quyosh yog‘dusi 
bilan turlik tuska kirib tovlanadirg‘an, yoqa va etaklariga oltin uqa tutilgan kimxob to‘n 
kiyib, belidagi oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osqan, boshig‘a oq shohidan salla 
o‘rab, oyoqlarini kumush uzangiga tiragan, siyrak qoshlik, cho‘qqi soqol, bug‘doy 
ranglik, qirq besh-elli yoshlar chamaliq bir kishi edi. Uning orqasidan qora otg‘a otlanib, 
zangori movutdan uqalik to‘n kiygan, kumush kamarning o‘ng tomonig‘a qilich, so‘lig‘a 
to‘fangcha qistirg‘an, boshig‘a barra popoq kiyib, jin yalag‘an deganlaridek qoshsiz, 
qoramtil yuzlik, ikki chakagining ustida bir oz, iyagida bir oz siyrak, ko‘rimsiz qora 
soqolliq, ko‘zlari ichiga botig‘roq, ammo qon quyilg‘ansumon bir kishi kelar edi. Bu kishi 
Azizbekning amri lashkari va o‘ng qo‘li bo‘lg‘an Rayimbek dodxoh edi. Uning qatoridag‘i 
ikkinchi kishi kichikroq saman otka otlanib, ustiga Buxoroning ola bayroq matasidan 
chopon kiyib, kamar o‘rniga choponini tugmalagan, boshig‘a katta salla o‘rab, qamchi 
sopi bilan egarning qoshig‘a takya qilg‘an; to‘la ko‘rkam yuzlik, katta malla ko‘zlik, uzun 
mosh-guruch soqollik mullanamo bir zot bo‘lib, bu kishi yaroqsiz edi. Azizbek orqasidan 
kelguchi bu ikki otliqdan so‘ng sipohlar turkumi boshlanib, zangor movutdan tizzagacha 
tushkan kalta kamzul, qizil movutdan shim, oyog‘ida sag‘ri etik, boshda Rayimbek 
dodxohning boshidag‘idek popoq, ammo ust tomoni qizil movutdan, oq  qayishdan 
kamar, so‘lig‘a qilich osilib, o‘ng tomoniga to‘fangcha qisti-rilg‘an har qatorda to‘rttadan 
otliq kelmakda edilar. Sipohlarning keksaliklari to‘g‘risidagi nuqsonni e’tiborga olinmasa, 
ko‘rinish muntazam edi. 
Qo‘rg‘on ustida yasov totqan qahramonlar qo‘l bog‘lab ikki bukilgansumon ta’zim bilan 
Azizbekni ilga-riga o‘tkaza boshladilar. Azizbek ularga qarshi oltin soplik qamchisini 
ko‘kragiga ko‘ndalang qo‘yib boshi bilan ham javob ishorasi berib oldinlar edi. Shu kezda 
boshlar uyumi yonida turg‘an qo‘rg‘on begisi otidan yerga tushib jilovini qovushtirilgan 
qo‘llari orasig‘a oldi. Boshlar uyumi bilan Azizbek orasi qirq-elli ot adimi qolg‘an edi. 
Azizbek qahramonlarning salomlariga javob qaytarishni ham unutib, ko‘zini kesik 
boshlarga tikdi. Azizbekning orqasidag‘i sarkarda va sipohlar ham bu dahshat uyumiga 
egarga qiyshiq o‘lturib tomosha qilib kelar edilar. Azizbek kishilari bilan boshlar yonig‘a 
kelib to‘xtadi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin