Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
yuvilur, so‘zning to‘g‘risini aytishka majbur bo‘lurlar va ish ham sizning ayblash, 
oqlashlaringiz ruhiga kelib to‘xtar. 
Homid yana ham o‘ngg‘aysizlanib tushdi, o‘zining ichki sirriga shu choqg‘acha tushuna 
olmag‘an qo‘rboshig‘a la’natlar o‘qur ekan: 
— Ayblash, oqlash so‘zlarimning ruhini siz bir yoqqa qo‘yabering-da, ishning ichki 
tomonini mulohaza qiling, qo‘rboshi aka, — dedi. 
Xoin ila sotilg‘an ko‘zlar to‘qnashdilarda, bir-birisidan ma’no olishdilar va oraga bir 
necha daqiqa so‘zsizlik, jimjitlik kirdi. Qo‘rboshi chindan ham bu o‘ringacha Homidning 
ichki sirriga muttali’ bo‘lmag‘an, qo‘lig‘a kirgan oltinlarni ham yolg‘iz uning 
qarindoshlarining qutilishlari yo‘lidagi choychaqalar, deb bilar edi. Ammo endi ilgari va 
hozirda kissaga tushkan oltinlarni Otabek ila qutidorning qon baholari ekanligini sezib 
vijdoni to‘lqinlanayozdi va mutaraddid bo‘ldi. Qo‘rboshi-ning bu holi Homidni ma’lum ikki 
yo‘l ustida qoldirgan edi. Bu ikki yo‘l ustida qolgan Homid sarosima edi. O‘zini 
jahannamga yuborish va najotka chiqa-rish ixtiyori qarshisidag‘i bekning qo‘lida edi. 
Unga tez-tez qarar va hol tili bilan unga yana ko‘b oltinlar va’da qilar edi. Bu va’dalarni 
Homidning yuzidan o‘qug‘an qo‘rboshi — «ikki kishining xun baholari!» qichqirmoqqa 
bo‘lgan vijdon sadosini eshitib o‘lturmadi: 
— Endi bunga qarshi qanday yo‘llar ko‘zlaysiz? 
Homid o‘zining najot tomonig‘a og‘ishqanini sezib entikdi: 
— Qushbegiga qilg‘an ayblash, oqlash yo‘llarimni pochcham ila jiyanimga tushundirish 
kerak, deb o‘ylay-man. 
— Tushundirsak, tag‘in yaxshi. 
— Rahmat, bek aka, undog‘ bo‘lsa vaqt qochirmasdan ularning yonlarig‘a tushib, to 
hukm vaqtig‘acha uqdira olasizmi? 
— Mumkin, o‘zingiz tushsangiz yana yaxshi. 
Homid boshini chayqadi: 
— Otabek ila qutidorlarninggina emas, hatto pochcham ila jiyanimning ham manim bu 
ishlarda ishtirokim borlig‘ini bilmasliklari kerakdir. 
— Ma’qul. Ammo bunda sizning maqsadingizg‘a qarshi bir gap borkim, hukm chog‘ida 
qushbegi sizni yo‘qlasa nima bo‘ladir? Bu taqdirda ular sizning bu ishni omili 
bo‘lg‘anlig‘ingizni bilmaslarmi? 
Masalaning bu tomoni ham Homid uchun yomon edi. Farishtadek sof holda qolmoqchi 
bo‘lg‘an Homidning bu hol sirrini ochar, yuzidagi niqobini olishg‘a, raqiblar ila yuzma-yuz 
kelishka majbur etar edi: 
— Hukm majlisida bo‘lmaslig‘imni uhdangizga ololmaysizmi? 
— Uhdaga olmoq qiyin, — deb bosh chayqadi qo‘rboshi, — ammo bu bir 
ehtimolginadir, chunki, qushbegining bir narsaga qaror bergach, ortiq tekshirib 
o‘lturadirgan odati yo‘qdir. 
Homid uzoq o‘ylab turmadi, yuzidagi sovuq bir o‘zgarish ichida: 
— Mayli, basharti yuzlashmoqqa to‘g‘ri kelganda ham men hozir, — dedi, shundan 
so‘ng ajralishdilar. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin