Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
qarab yurdilar. O‘rda darbozasiga yetkandan keyin kutib turg‘an o‘rda begi Azizbekning 
qo‘ltig‘idan olib otdan tushirdi. Azizbek o‘rda ichiga kirmakda ekan, Yusufbek hoji otdan 
qo‘nib so‘radi: 
Menga ruxsatmi, bek? 
Azizbek yo‘l ustidan hojiga qaradi: 
— Ruxsat, ertaga choyni o‘rdaga kelib iching. 
— Yaxshi, taqsir. 
Yusufbek hoji sipohlardan birining qo‘ltiqlashi bilan otig‘a minib, narida kutib turg‘an  
Hasanaliga qarab yurdi. Sipohlar ham o‘rda ichig‘a ot yetaklashib kira boshladilar. 
Yusufbek hoji Hasanalining vaqtsiz ham Otabekka qaytishidan tashvishlangan va 
qanday bo‘lsa ham bir falokat yuz berganiga ishongan edi: 
— Nega vaqtsiz kelding, Otabek sog‘mi? — deb so‘radi. 
Yusufbek hoji Hasanaliga yetmasdanoq bu savolni berdi, Hasanali eshitmadimi yoxud 
eshitsa ham eshit-maganga solindimi, har nuchuk javob bermadi. 
— Nega indamaysan? 
— Otabek salomat... 
— Bo‘lmasa, nega vaqtsiz kelding, Otabek qani? 
Otabekning qamalishidan xabar berish Hasanali uchun juda og‘ir tuyilgan edi. Nihoyat 
ko‘zidagi yoshini artdi-da: 
— Otabek Marg‘ilon hokimi tarafidan qamaldi, — dedi. 
— Nega, nega? — dedi hoji, otidan sachrab yiqilishga yetkan edi. — Sababi nima? 
— Sababi ma’lum emas. 
— Astag‘firulloh, — deb qo‘ydi hoji, o‘zini bir oz to‘xtatqan edi. 
Hasanali Otabekning Marg‘ilon borg‘anidan tortib, qamalishig‘acha bo‘lg‘an 
hikoyalarini so‘zlab ketdi. Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida 
eshitib o‘tkardi. 
— Marg‘ilonda turib bir ish chiqarishg‘a ko‘zim yetmagandan keyin Toshkand kelishka 
majbur bo‘ldim, — dedi Hasanali va shu gap bilan mojaroni so‘zlab tugatdi. Hoji vaqi’ani 
eshitib, chuqur bir mulohaza ichida borar edi. Uning qanday kishi bo‘lg‘anini 
Toshkandning yetti yosharidan yetmish yosharig‘acha bilganlikdan guzar va 
mahallalarda unga duch kelgan kishilar joylaridan turib salom berarlar, hoji bo‘lsa javob 
qaytarishni bilmas, go‘yo kishilarni ham ko‘rmas edi. Nihoyat shu holda ko‘b yurgach, 
orqasida kelmakda bo‘lg‘an Hasanaliga qarab otining boshini burdi va: 
— Otabek bilan birga qamalg‘anlarni necha kishi deding? — deb so‘radi. 
— Uch kishi: biri Mirzakarim qutidor, ikkinchi Ziyo shohichi, uchunchi Rahmat. 
— Yaxshi, sen bu to‘rtavining o‘lturishlarida bo‘lg‘anmiding? 
— Bo‘lg‘an edim. 
— Nima va qaysi to‘g‘rilarda so‘zlashdilar, Otabek qipchoqlarg‘a qarshi so‘zlamadimi? 
— So‘zlamadi. Boshqalarning ham bu to‘g‘rida so‘zlari bo‘lmadi. 
— Ularning majlislarida bo‘lmagan vaqting ham bo‘ldimi? 
— Har bir o‘lturishlarida men hozir  edim. 
— Yaxshi,  sen  ular  bilan qay yerlarda o‘lturish-ding? 
— Birinchi martaba Ziyo akanikida bo‘ldiq, ikkin-chi... 
— To‘xta, Ziyo akanikida mehmonlar necha kishi edilar? 
— Qutidor, Otabek, andijonlik Akram hoji, men, Ziyo akaning qaynisi — Homid degan 
birav. Ziyo aka va uning o‘g‘li... Hammasi yetti kishi. 
Yusufbek hoji otining yolini qamchisi bilan tarar ekan, uch-to‘rt daqiqa o‘ylab qolib, 
so‘ngra so‘radi: 
— Ikkinchi o‘lturish qayerda bo‘ldi? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin