Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
— O‘shanga hozir bo‘lmoq kerak. 
Davlatlari yori bersa, albatta bizning muddao ham shunda... 
Azizbek o‘z og‘zi bilan mudofi’larga «Men sizlardan rozi!» deb qichqirdi va 
mudofi’larning qiy-chuv duolari ostida sipohlari bilan Samarqand darbozasiga tomon 
harakat qildi. 
Bu kun Azizbek g‘olibiyat daldasida qo‘rg‘onlardan bir aylanib chiqmoqchi edi. 
Shuning uchun Samarqand darbozasidan o‘tib qo‘rg‘on osti bilan Chaqarg‘a qarab 
yurishdilar. Qo‘rg‘on Chaqarning chuqur jarlik arig‘ig‘a taqalib tugalar edi. Chaqar suvi 
ustiga qo‘rg‘on tiklash mumkin bo‘lmay, jarning usti qo‘rg‘ondan tabi’iy bo‘sh edi. Ammo 
jarning narigi tomoni bir tepadan iborat bo‘lib, janub biqini ma’lum Chaqar suvi bilan, 
g‘arbi Bo‘z suv va Ko‘kcha arig‘i bilan o‘ralg‘an burun kabi bu tepa qo‘rg‘onsiz ham 
dushmanning hujumiga o‘ngg‘aysiz edi. Tepa ustida sipoh turishi uchun bir necha binolar 
soling‘an, janubi-g‘arbig‘a qaratib bir, g‘arbg‘a qaratib bir va shimoli-g‘arbig‘a qaratib 
yana bir; barisi uchta to‘p qo‘yilg‘an edi. Bu tepa ustida doimiy to‘pchi va qorovullar 
turar edilar. 
Azizbek sipohlari ila jarga tushdi va suv kechib haligi tepaga yuzlandi. To‘pchi, 
qorovullar ko‘zdan kechi-rilib, ularga bir necha tangadan in’om berildi. Shundan keyin 
tepaning kun chiqishig‘a qarab qaytdilar. Chunki tepaning boshqa tomonlari yuqorida 
aytilgandek bir necha terak bo‘yi jarlik bo‘lg‘anliqdan Ko‘kcha darbozasiga o‘tish uchun 
Suzuk ota mozori yaqini bilan Ko‘kcha arig‘ig‘a tushilar va undan keyin Ko‘kcha 
qo‘rg‘onlarig‘a qaytib kelinur edi. 
Ko‘kcha qo‘rg‘onlari qo‘rug‘ida anovi qo‘rg‘onlarni-kidek mudofi’lar ko‘b bo‘lmasa 
ham, yo‘q ham emas edilar. Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qo‘riqchilarni ogohlantirib 
borar, miltiq, shashvar tutkan yosh va keksa muhofizlar uni salomlab qarshi olar edilar 
va Azizbekning «Rahmat fuqarolarim!» so‘zini eshitib yaxshig‘ina talta-yishib qolar 
edilar. Shu ravishda Ko‘kcha, Chig‘atoy, Sag‘bon, Qorasaroy, Taxtapul, Labzax 
darbozalarini o‘tib, eng keyin Qashqar darbozasiga yetdilar. Qashqar darbozasi o‘rdaga 
yaqin bo‘lg‘ani uchun munda muhofiz va sipohlar talayg‘ina bor edilar. Ularning 
salomlariga ko‘milib, Azizbek Qashqar darbozasining muyushiga yetkan ham edi, 
tashqaridan kimningdir darbozani oshig‘ich taq-taq urgani eshitilib, Azizbekning oti 
hurkibmi, qo‘rqibmi ketiga burulib to‘xtadi. Boshqalar ham to‘xtashg‘a majbur bo‘ldilar. 
Azizbek qarshisida qo‘l bog‘lab turg‘an darboza begig‘a baqirdi: 
— Nega qarab turasan, darboza ustiga chiq, kim ekan u it?! Darboza begi yugurib 
qo‘rg‘on devoriga chiqdi: 
— Taqsir, bir chol! 
— Darbozangni ochib, ichkariga ol! — dedi Azizbek. Darboza ochildi. Tashqaridan 
saman otini yetaklab Hasanali kirdida, kutilmagan ish ustidan chiqg‘ani uchun qo‘rqib, 
Azizbekka salom berdi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin